Qo'zg'alish, qo'zg'aluvchanlik,
ta'sirlanish tushunchalari.
Qo'zg'aluvchanlik barcha to'qimalarga xos xususiyatdir. To'qimaning qo'zg'alishi
uchun ma'lum ta'sirlovchi bo'lishi shart, shundagina to'qimada moddalar
almashinuvi sodir bo'lib, tirik organizm ta'sirga qo'zg'alish bilan javob beradi.
Muskul to'qimasi qo'zg'alganda qisqaradi, bez to'qimasi esa sekret yoki shira
ajratadi.
Ta'sirlovchilar fizik, kimyoviy, elektrik, biologik va boshqa turlarga
bo'linadi.
Ta'sirlovchi kelib chiqishiga ko'ra, organ yoki to'qimaga ta'siriga ko'ra
adekvat va noadekvat ta'sirlovchilarga bo'linadi.
Muayyan to'qima, hujayra, organ uchun xos bo'lgan ta'sirlovchi adekvat
ta'sirlovchi deyiladi. Masalan, ko'z uchun yorug'lik, muskul uchun nerv impulsi
adekvat ta'sirlovchi bo`la oladi.
Muayyan to'qima, organ uchun xos bo'lmagan ta'sirlovchi noadekvat
ta'sirlovchi deyiladi. Masalan, muskul elektr toki, kislota ta'sirida ham qisqarishi
mumkin.
Ta'sirlanish-tashqi, ichki muhit omillari ta'sirida tinch faoliyatdan faol
holatga o'tishdir. Bu omillar ta'sirlovchilar hisoblanadi tolalarin.
Do'stlaringiz bilan baham: |