O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligitoshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 68,23 Kb.
bet6/15
Sana23.04.2022
Hajmi68,23 Kb.
#575855
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ishi iqtisodiyot

quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini ta’minlash;
- o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi boiishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi,
qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi;
- bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy
himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlami amalga oshirish;
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillaming hammasi ham
muhim ahamiyatga egadir, lekin ulaming ichida bozor iqtisodiyotiga
bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda
bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan
kadrlami tayyorlash uchun vaqt kerak boiadi.
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, birinchi Prezidentimiz shunday ta’kidlaydi: “Jamiyatimizni isloh qilish borasidagi maqsad va vazifalarimizning ma’no-mohiyatini ana shunday tushunishdan kelib chiqib bayon etilgan “Islohotlar - islohot uchun emas, avvalo, inson uchun”, “Yangi uyni qurmasdan turib eskisini buzmang” degan mashhur shiorlar el-yurtimiz o‘rtasida keng yoyilib, qo‘llab-quvvatlanayotgani bejiz emas, albatta»
Biz tanlab olgan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot modelining naqadar to‘g‘ri ekani siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratlashtirish, umuman, mamlakatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning istiqlol yillaridagi jadal rivojlanishi misolida o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalami ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi.
Bulaming hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlaming har biri uchun aniq maqsadlami, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi:
- totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham
berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga
olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
Shu vazifalami hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
- o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;
- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash. Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash
uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.

Download 68,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish