O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet488/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   484   485   486   487   488   489   490   491   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

Yozilishi  va  saqlanishi.  “Qutadg‘u  bilig”  asari  XIX  asr  boshlariga  qadar 
adabiyotshunoslikkka  ma’lum  bo‘lmagan,  Navoiy  va  Bobur  asarlarida  ham,  undan  keyin 
yaratilgan  o‘nlab  tazkiralarda  ham  tilga  olinmagan.  Uning  dastlabki  nusxasi  -  843/1439  yilda 
Hirotda Hasan Qora Sayil Shams tomonidan uyg‘ur yozuvidagi qo‘lyozmasi mavjud edi. Bu asar 
taxminan  ko‘chirilgan  zamonlarda  To‘g‘ot  shahriga  keltirilgan.  879/1474  sanada  qo‘lyozma 
Abdurazzoq  Shayxzoda  baxshi  talabi  bilan  Kadi  Ali  Fanari  o‘g‘li  tomonidan  Istanbulga  olib 
kelingan.  
«Qutadg‘u  bilig”  qo‘lyozmasining  arab  yozuvidagi  (sulis  xati  bilan)  uchinchi  nusxasi 
Namangandan  topilgan.  Kitobni  prof.  Fitrat  1924  yilda  Muhammadhoji  Lolareshdan  qo‘lga 
kiritgan  bo‘lib,  u  Namanganda  xususiy    bosmaxona  egasi  Ishoqxon  to‘ra  Ibrat  uyidan  tintuv 
vaqtida topilgan, qo‘lyozmani qo‘lga kiritgan tintuvchi kitobni sotib yuborgan edi. Fitrat domla 
asarni  Toshkentga  keltirib,  u  haqda  1925  yilda  maqola  e’lon  qilgan
90
,  “O‘zbek  adabiyoti 
namunalari.  1-jild”ida  undan  parchalar  nashr  qildirgan
91
.  Bir  qancha  sarguzashtlarni  boshdan 
kechirgan ushbu nusxa
92
 hozir O‘zRFA ShIda 1809 raqami bilan saqlanadi.       
O‘rganilish  tarixiga  doir.  “Qutadg‘u  bilig”  xorijiy  olimlar  J.Amadey,  A.Vamberi, 
U.Tomsen,  M.Xartman,  V.Radlov,  V.V.Bartold,  S.Ye.Malov,  Ye.E.Bertels,  A.Z.To‘g‘on, 
M.Fuod  Ko‘prulu,  R.R.Arat,  A.A.Valitova,  I.V.Stebleva,  A.N.Kononov,  A.Ivanov  tomonidan 
o‘rganilishi  va  nashr  etilishi  diqqatga  sazovor.  Biroq  ushbu  asarning  xalqimiz  orasida 
ommalashib,  o‘zbek  mumtoz  adabiyotining  xazinasidan  joy  olishida  o‘zbek  olimlari  A.Fitrat, 
S.Mutallibov, Q.Karimov, A.Rustamov, N.Mallaev, G‘.Abdurahmonov, N.Karimov, B.Nazarov, 
B.To‘xliev, Q.Sodiqov kabilarning benazir xizmatlarini unutib bo‘lmaydi. 
Dunyoga mashhur turkiy dostonning Rashid Rahmati Arat tarjimasidagi turkcha matni
93

N.Grebnev va A.Ivanov tarjimasidagi ruscha
94
, Q.Karimov tabdili va hozirgi o‘zbek tiliga tavsifi 
bilan  berilgan  o‘zbekcha
95
  va  B.To‘xliev  tomonidan  tayyorlangan  nasriy  bayonlari
96
  hozir  faol 
qo‘llanilishda.        
Asarning  tarkibi  va  janriy  sifati.  Kitob  nasr  bilan  yozilgan  muqaddima,  boblarni 
ko‘rsatuvchi  fihrist  (mundarijasi)  va  nazm  qismidan  tarkib  topgan.  Uning  11  fasli  she’riy 
debocha bo‘lib, qolganlari voqea bayonidan iborat. So‘nggi faslda kitobning yozilgan yili haqida 
ma’lumot berilgan. Tabiiyki, qo‘lyozma nusxalar o‘zaro farqlanadi. Akad. A.Kononov asarning 
Namangan nusxasini “mavjud nusxalar ichida nisbatan mukammali” deb hisoblagan
97
.  
Asarning hajmi 6,5 ming bayt deb aytilsa ham, Fitrat ma’lumotiga qaraganda, Namangan 
nusxasi 6329 baytdan iborat. Vena nusxasida esa 171 bayt yetishmaydi. Nasriy muqaddima asar 
muallifiga  tegishli  bo‘lmagani  tufayli  asarni  asosiy  she’riy  matndan  kelib  chiqib  tarkiblash 
lozim.  Debochada  Hamd,  sano,  na’t,  Qoraxon  madhi,  Kitob  avvali,  yetti  kavokib  va  o‘n  ikki 
burj, Odamning qadru qimmati, til ardami (fazilatlari), kitob egasining uzri, nasihat so‘zi, bilim 
va  uquv  ardami,  Kitobning  nomi  va  o‘z  (muallif)  qariligi  (yoshi)  kabilar  bayon  qilingan.  Asar 
voqealari 391-baytdan boshlanadi.  
Asarning janri nisbatan murakkab, uning tarkibida masnaviy, ruboiy, to‘rtlik kabi janrlar 
uchraydi.  Bizningcha,  asarni  ta’limiy  doston    deb  qabul  qilsak-da,  unga  syujet  va  kompozitsion 
jihati  murakkab  tarkibli  bo‘lganini  va  boshdan  oyoq  bir  vaznda  yaratilmaganligini  qo‘shib 
qo‘yish zarur. 
                                                 
90
 Фитрат. Қутадғу билиг // Маориф ва ўқитғучи. – 1925. – 2-сон. – Б. 68-73.  
91
 Фитрат. Ўзбек  адабиёти намуналари. 1-жилд. – Тошкент-Самарқанд, 1928. - Б.79-87.  
92
 Каримов Н. «Қутадғу билиг”нинг топилиши / Фан ва турмуш. – 1993. – 2-сон. – Б. 8-10. 
93
 Arat, Reşıd Rahmatı. Kutadğu Bılıg. 1-Metın. 2-Baskı. – Ankara: 1979.  
94
 Болосогунский Ю. Благодатное знание / Пер. Н.Гребнева и А.Иванова. Послесловие А.Н.Кононова.  – М.: 
Наука, 1983. 
95
 Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг / Нашрга тайёрловчи Қ.Каримов. – Т.: Фан, 1971.   
96
 Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг / Насрий баён муаллифи Б.Тўхлиев. – Т.: Юлдузча, 1990.  
97
 Болосогунский Ю. Благодатное знание / Послесловие А.Н.Кононова. – М.: Наука, 1983. – С. 495-517. 


 
331 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   484   485   486   487   488   489   490   491   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish