317
va shu yerda muqim qolib, xonaqoh qurdirib faoliyatini davom ettirgan. Shayxning
Buxorodagi xonaqohi Xuroson ka’basi nomini olgan va bizga qadar "Rutbatu-l-hayot" ("Hayot
martabasi") asosiy asari yetib kelgan.
Aytishlaricha, Shayx Xamadoniyning 4 xalifasi uning faoliyatini davom ettirgan. Ular:
Xoja Abdulloh Barraxiy, Xoja Hasan Andohiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abduxoliq
G‘ijduvoniy.
Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlarining vujudga kelishi Xoja Ahmad Yassaviy va
Abduxoliq G‘ijdivoniy faoliyati bilan bog‘liq. Yusuf Xamadoniy ta’limotida tariqatlanish keskin
aks etmaydi. Faqatgina Xoja Ahmad Yassaviy bilan Abdulxoliq G‘ijdivoniyning turli
hududlardagi faoliyati va mana shu hududlar sharoitidan kelib chiqib ish ko‘rishi natijasida
yassaviylik va xojagon tariqatlari shakllangan.
Yassaviylik tariqati Xoja Ahmad Yassaviy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, u jahriylik deb ham
yuritiladi. Chunki tariqatning asosida oshkora tantanali ibodat va jahr majlislari asosida tariqat
kengaygan. Bu tariqatning nazariy manbalari sifatida muallifi ma’lum bo‘lmagan "Faqrnoma" va
"Maslaku-l-orifin" kabi asarlar turadi yoki keltiriladi. Ularda yassaviylik yo‘li, tariqat odobi,
shakllanish maqomlari, pir-murid munosabati tariqat maskanlari kabi masalalar aks etgan.
Tariqat maskani sifatida xonaqoh va zoviya belgilangan va ma’lum bo‘lishicha Sultoni Orifin
tomonidan o‘z davrida xonaqoh qurdirgan. Keyinroq bu xonaqoh XIV asrda Amir Temurning
yassiya ziyorati tufayli kengaytirilib ta’minlangan.
Xoja Ahmad Yassaviy tariqat sohibi sifatida xorijdayam mashhur bo‘lgan yassaviylik
asosida,
keyinroq bektoshiylik, abdorlik kabi silsila va tariqatlar vujudga kelgan.
Yassaviylik tariqati XX asr boshlariga qadar Markaziy Osiyoda mavjud bo‘lgan, xorijda
esa Sharqiy Trukiston (hozirgi Turkiya) hududlarida shu kunda ham amalda ekanini tasdiqlovchi
manbalar bor. Yassaviylik nafaqat tariqat sifatida, balki adabiy maktab sifatida ham taraqqiy
etgan. Bu yo‘nalishda o‘nlab ijodkorlarni, hikmat mualliflarini keltirish mumkin: Hakim
Sulaymon ota, Qul Ubaydiy, Azim Xo‘ja Eshon devoni hikmat sohiblari sifatida adabiyotdan
o‘rin olgan.
Xoja Ahmad Yassaviy ijodi dastlab uning shogirdlari tomonidan davom ettirilgan bo‘lsa,
XVI asr boshlariga kelib Yassaviy maktabi shoirlari saroyga qadar ko‘tariladi.
XX asr boshlarida esa mustaqil adabiy maktab sohiblari sifatida o‘z faoliyatini davom
ettirmoqda edilar. Bu haqda bizga yassaviylikdan tarixiy manbalar bo‘lgan. "Maslaku-l-orifin",
"Javohiru-l-abror", "Samirotu-l-mashoiq" singari manbalarida xabar berilgan.
XX asr boshlarida Xoja Ahmad Yassaviy ijodi tariqat yo‘lini ilmiy jihatdan asoslanishga
qaratilgan. Fuod Ko‘prulu, Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy singari olimlardan tadqiqot va
maqolalari e’lon qilingan.
Fitrat
fikricha, 3 ta maktab yaratilgan:
5. Yassaviylik maktabi.
6. Navoiy maktabi.
7. Amir Umarxon maktabi.
Adabiyotlarda hikmat janrning paydo bo‘lishini Yassaviy nomi bilan bog‘lash mumkin.
Hikmatlar 4 baytli bo‘lgan. Ba’zilarda 1,2,3-misralari qofiyalangan, ba’zilarida 4 misra ham
qofiyalangan bo‘ladi. Yassaviy 4 misrani tanlagan, chunki xalqqa yetishi oson bo‘lgan. Yassaviy
ibodat adabiyoti yaratadi. "Maslaku-l-orifin" Yassaviy haqida ma’lumot beruvchi yagona manba.
"Devoni hikmat" muallifi Yassaviy ekanligi to‘liq ma’noda to‘g‘ri emas.
Fitratning "Yassaviy maktabi shoirlari to‘g‘risida tekshirishlar" nomli maqolasi bor.
Yassaviylik to‘g‘risida so‘nggi manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: