171
(«Futuvvat qoidalari») nomli kitobda Pahlavon Mahmud ruboiysi deb yuritilgan mana bu
baytlarni Farididdin Attorga nisbat beriladi:
Ko‘ngil ko‘zi
futuvvat birla ravshan,
Va jon bog‘i futuvvat birla gulshan.
Agar
sen ushbu ilmni zabt etarsen,
Safo oftobiday balhib ketarsan...
33
Mutasavvifligi. Shayx Said Alouddinning zamondoshi Pahlavon ota yoki Puryoyivaliy
so‘fiy, futuvvat yo‘lining vakili sifatida Abdurahmon Jomiyning “Nafahotu-l-uns”, Farididdin
Ali Safiyning “Latoyifu-l-tavoyif”, Muhammad Boqirning “Tazkirayi Muhammad Boqir”,
«Riyozu-l-orifin», Ollohyor Mahzunning «Riyozu-z-zokirin», Oftobroy Lakhnaviyning
«Riyozu-l-orifin», Kamoliddin Husayn Gozurgohiyning «Majalisu-l-ushshoq», Rizohulixon
Hidoyatning «Sefarotnomai Xorazm» asarlarida tilga olingan. Jumladan, Jomiy o‘z asarining
Zahiriddin Muhammad Xilvatiy bo‘limida yozadi: «Mavlono Zahiriddin Xilvatiy, qoddasallohu
sirrahu, ul zohir va botin ilmini o‘zida jam’ hilgan zot erdi. Mavlono Zayniddin Toyobodiy
«Falak tohining ostida Zahiriddindek insonni bilmasman» deya marhamat hilgan ekanlar. Shayx
Sayfiddin Xilvatiyning muridlari erdilar va o‘n besh yil alarning xizmatlari va suhbatlarida
bo‘ldilar. Va Shayx Sayfiddin 783 (yil)da dunyodan o‘tdilar va habri Gozurgoh ko‘prigi boshida
joylashgan Xilvatiylar mozoridadir. Va Shayx Sayfiddin Xilvatiy Shayx Muhammad
Xilvatiyning muridlaridir. Aytishadiki, har hachon ul zot (Muhammad Xilvatiy) Xorazmda
zikrga mashg‘ul bo‘lsalar, ovozlari to‘rt farsax joyga yetardi va Pahlavon Mahmud Pakkayor
(arabcha-pakkayor) uning hamasri bo‘lgan va u bilan suhbat qurgan»
34
. «Nafahotu-l-uns»ning
Eronda Chop etilgan maskur nashri izohida Pahlavon Mahmud hahida shunday deyiladi:
«Pahlavon Mahmud Pakkayor (Begyor-arabcha), Puryoyvaliy (nomi) bilan mashhur (vafoti 722
hij.). So‘fiytabiat pahlavon va Xorazmning sohibi zavhlaridan bo‘lib, hayoti va ahvoli ismining
to‘g‘ri shaklu ma’nosiga o‘xshab uncha anih emas. She’rlarni, shu jumladan, «Kanzu-l-haqoyiq»
masnaviysini unga nisbat beradilar»
35
.
Milodiy 1878 yilda yozilgan «Hazrati Pahlavon ota (alayhi-r-rohma) kitobi» shunday
boshlanadi: «Manhultururkim, hazrat Pahlavon ota (alayhi-r-rohma) modarzod avliyo turur.
Vahti shububiyyat (yigitlik)larida Xorazm akobirlari ul hazratga malomat tillarin ochib, malolat
tegurur erdilar. Bir necha odamlar nodon va beahllik bila hijolat berganda bu ruboiyi mehribon
bo‘ldilar:
Ohil ahli hirsga hachon bo‘lgandir gado,
Hasadchi hasadidan hachon mis bo‘lgan tillo.
Nomard it kabidir,
mard esa daryoi muhit
Ayt-chi, it nafasidin iflos bo‘larmi daryo?
deb tabarruk hilur erdilar. Ba’zi odamlar insofga kelur erdilar...»
36
.
Muhammadkozim Yusufpur shunday yozadi: «Tasavvuf tarixining ko‘p sonli tarmoqlari
ichida ko‘proq jamiyat orasida yoyilgan va rivoj topgan oqimlaridan biri futuvvatdir. Tasavvuf
xoslar (ma’rifatli tabaqa) orasida tarqalgandan so‘ng, futuvvat odobi bilan ko‘cha va bozorlarga
kirib bordi. Darvoqe’, futuvvat bu avomona tasavvuf bo‘lib, uning rasm-rusulari oddiy va
amaliy, ya’ni
kosib-hunarmandlar, dehqonlarga tushunarli bo‘lgan»
37
.
O‘
rganilishi.O‘zbekistonda adabiyotshunoslardan T.Jalolov, N.Mallaev, Yo.Ishohov,
H.Islomiy, M.Abdulhakim, J.Mahmudov; tarixchilar Ya.G‘ulomov, K.Xudoyberganov,
san’atshunoslar G.A.Pugachenkova, L.I.Rempel va elshunoslardan N.G.Snesarev; Eronda
33
Ҳусайн Воиз Кошифий. Футувватномаи султони я ёхуд жавонмардлик тариқати /Форс-тожик тилидан
Н.Комилов тарж. - 1994. – Б.8.
34
«Нафоҳот ул-унс»и Жомий. ЎзРФАШИ, Қўлёзма № 5839, 304-саҳ.
35
Нуриддин Абдураҳмон Жомий. Нафоҳот ул-унс. Муқаддима, тасҳиҳ ва таълиқот: док. Маҳмуд Обидий.
Теҳрон: энтешороти Эттелоот, 1370. - Б. - 882-883.
36
Ҳазрат паҳлавон ота (алайҳир-роҳма) китоби. ЎзРФАШИ Қўлёзма. № 2069.
37
Муҳаммадкозим Юсуфпур. Нақди муфий. –Теҳрон: Рўзна, 1380. – Б 119.
172
S.Nafisiy, A.Zarrinko‘b, M.Yusufpur tomonidan maxsus o‘rganilgan. N.Komilov, I.Haqqulov,
B.To‘xliev asarlari tarkibida u haqda to‘xtanilgan.
Shoirning Xivadagi mahbarasi, 1997 yilda 750 yilligining nishonlanishi shoir va
pahlavon hayotini abadiylashtirish yo‘lidagi urunishlardan. U haqda E.Samandar «Hazrati
Polvon pir» (1995) qasidasini yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: