148
harakatlar kitobi»), «Qavonini ilmi hay’at» («Er shakli ilmi qonunlari») asarlari muallifi
munajjim va jug‘rofiy Ahmad ibn Muhammad as-Sag‘oniy (X) va Abu hamid Usturlobiy;
«Kitobi ziju-l-safox» («Gardishlar ziji kitobi»), «Kitobu-l-masoil Al-adadiya» («Hisob
masalalari kitobi») hamda Evklid asarlariga sharh yozgan Abu Ja’far Xozin, lug‘atshunos olim,
«Majma’u-l-bahrayn», «Al ubobu-z-zohir» («O‘zaklarning tashqi ko‘rinishi») kabi qomusiy
asarlar muallifi Sag‘oniy (ismi noma’lum) bu yurtning ulug‘ allomalari edi.
Abulqosim Ali ibn Muhammad al-Iskofiy yetuk xattot va badiiy so‘z ustasi bo‘lgan. U
haqda «Yatimat ad-dahr»da «Xurosonning tili, g‘ururi, ko‘zi va yagona kishisi edi. U kitobat va
ilmi balog‘atda Xurosonda birdan bir kishi bo‘lib, idm va san’atda tengi yo‘q edi» deb
ta’riflangan va undan 21 bayt keltirilgan. Ulardan biri (atir idishi xususida):
Sirtimda znbolik barq urar,
Ichkarida xushbo‘y hid etar g‘arq.
Yarim
tanam nasibasin tatir,
Yarmim to‘kis va tugal atir
3
.
Shoir 956 yili vafot etganda Abu Nasr al-Xuzaymiy «Risolalar devonida u yo‘q endi,
Devondagi qalam va daftar egasiz qoldi» deb yozgan ekan.
Chag‘oniyon adabiy muhitida davr (X asrning 2-yarmi XI asr boshlari)ning peshqadam
shoirlari yetishib chiqqan. Sag‘oniy shoirlaridan
Taxoriy (ayrim manbalarda Taxoviy, X asr
boshlari) dan to‘rt misra saqlanganiga qaramay u adabiy muhitning asoschilaridan biri sifatida
qadrlangan:
Lab-i go‘y, ki nimkafta gul ast,
Mai no‘sh andar u nuhuftasty.
Zulf go‘y ay lab nihozida,
Ba gila so‘i chashm raftasty
4
(Mazmuni: Labing yarim ochilgan guldir, Unda xush may yashirindir. Zulfing
labdan
lab burib, Ko‘z tomon og‘ishga shaylangandir).
Abu Abdulloh Muhammad binni Hasan Ma’rufiy Balxiy fotimiylar harakatining
tarafdorlaridan edi, buyuk Rudakiy (858-941)ning ko‘ziga mil tortilishining sababi ham manna
shu fotimiylikdardir. Shoir merosidan 92 she’r saqlangan bo‘lib, ular Umar Roduyoniy, Shams
Qays Roziy risolalarida badiiy san’atlar aks etgan she’riy namunalar sifatida tilga olingan.
Shoirning forsiy she’rlaridan shunday namunalar keltirilgan:
Hukmi qazo bud v-in ba dilam bar,
Mahkam az on shud Ki yor yori qazo shud.
Har
chy biguyam zi man nigar, ki nigary,
Aql
julo shud zi man, Ki yor judo shud
5
(Mazmuni: Qalbimdagi og‘ir yuk qazo hukmidir, Shundan yor o‘limning o‘ri bo‘ldi. Nima
desam-da menga boq, boqmasang, Aql ham, yor ham mendan judo bo‘ladi).
Abulhusayn Muhammad binni Muhammad al-Murodiy Buxoriy (vaf.940) Rudakiyning
sevimli shogirdlaridan bo‘lgan qasidanavis shoir bo‘lgan, hatto uning o‘limiga Ro‘dakiyning
marsiyasi ham bor. Uning Abu Aliga bag‘ishlangan qasidasida shunday fikrlar bor:
(Mazmuni)
Sen
tirik ekansan, yo‘ldan hech kim adashmaydi,
Adashgan tayanchini qilich
zarbi yemiradi,
Qo‘lingdan saxovat va xalokat yog‘iladi…
6
Yoki:
(Mazmuni)
Boshing kzra o‘lim charx urib turganda,
Hasham va xazinadan foyda nechun
7
.
3
Кўрсатилган асар. – Б.29.
4
Ашъори ҳамасрони Рўдакй. – Сталинобод, 1958. – Саҳ.99.
5
Юқоридаги асар. – Б.302.
6
Қодиров Б., Муртазонв Б. Чағониён алабиёти (X-XII асрлар) – Т.:
Янги аср авлоди, 2002. – Б.37.
149
Bu davr adabiy muhitida Daqiqiy va Farruxiy kabi mashhur shoirlar yetishib chiqqan.
Daqiqiydan so‘ng davlat arbobi va iste’dodli shoir Tohir Chag‘oniy (vaf.992) ijod qilgani
haqida Umar Roduyoniy xabar beradi va «Tarjimonu-l-balog‘a»da muqtazob (iqtizob -
qirqilgan) san’atining go‘zal namunasi sifatida quyidagi baytini keltiradi:
Bar mamlakat savor nagashty tu az gazof,
V-ozodagon-t banda nagashtand xir-xir.
Edun ba mavqey, ba madoroi ro‘zgor,
K-az nesh no‘sh makiyu v-az boda sherri sher
8
(Mazmuni: Sen davlatda qilichsiz ham sarvar, sardor, Oqsuyaklar senga jabr-sitam ila
tobe’ emas. Hayotda sen haqiqIy mavqega egasan, Sening qahringdan chaqqan ilon zahri ham
beia’sir va sherni bemalol sog‘a olasan)
Do'stlaringiz bilan baham: