O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


 O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA BIR TARKIBLI GAPLARNING



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/58
Sana01.04.2021
Hajmi0,53 Mb.
#62325
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Bog'liq
ozbek tilida egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari

1. O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA BIR TARKIBLI GAPLARNING 

O‘RGANILISHI MASALASI 

 

Grammatikaga  oid  ilmiy  adabiyotlarda  tilning  boshqa  yaruslariga,  masalan, 

leksika  va  morfologiyasiga  qaraganda  sintaksis  masalalari  kam  o‘rganilganligi 

aytiladi.  Buyuk  ajdodimiz  Mahmud  Koshg‘ariyning  «Devonu  lug‘otit  turk»  asari 

yoki  bo‘lmasin,  ulug‘  Alisher  Navoiyning  «Muhokamat  ul-lug‘atayn»  asarlarida 

so‘zlarning  fonetik,  leksik,  morfologik  xususiyatlariga  ko‘proq  to‘xtalganligi  bu 

fikrning  ma`lum  darajada  haqiqatga  yaqin ekanligidan  dalolat  beradi.  SHu  bilan 

birgalikda,  o‘zbek  tilshunosligida  ona  tilimiz  sintaksisini  tadqiq etishga 

bag‘ishlangan ishlar ham salmoqli ekanligini ta`kidlash joyiz. Birgina «O‘zbek tili 

grammatikasi»  ikki  jildlik  akademik  nashrining  ikkinchi  jildi  fikrimizning  yorqin 

dalili  bo‘lib  hisoblanadi.  Ushbu  jild  to‘laligicha  sintaksis  muammolari  echimiga, 

jumladan,  sintaktik  aloqalar  va  sintaktik  munosabatlar,  ularning  turlari,  so‘z 

birikmalari  nazariyasi,  sodda,  murakkab  va  qo‘shma  gaplar,  ko‘chirma  va 

o‘zlashtirma  gaplar,  aralash  gaplar  sintaksisi  talqiniga  bag‘ishlanganligi  bilan 

tilshunosligimiz  tarixida  juda  katta  nazariy  ahamiyat  kasb etgan.  Keyingi  yillarda 

nashr etilgan  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalariga  ham  u  nazariy  asos  vazifasini 

o‘tgan. 

Mustaqillik  davri  o‘zbek  tilshunosligi  taraqqiyotida  alohida  ahamiyat  kasb 

etdi.  Bu  davrga  kelib  o‘zbek  tili  sintaksisini  sistemaviy  o‘rganishga  jiddiy e`tibor 

berildi.  O‘zbek  tili  sintaksisining  sistemaviy  tadqiqi  ikki  yo‘nalishda  olib  borildi: 

formal-semantik  va  formal-funktsional.  Har  ikki  yo‘nalish  ham  o‘zbek  tilining 

ichki  tuzilishini  ob`ektiv  o‘rganishda  muayyan  muvaffaqiyatlarga erishdi.  Bu 

haqda  A.Nurmonovning  «O‘zbek  tilshunosligi  tarixi»  asarida  quyidagilarni 

o‘qiymiz: «Birinchi  yo‘nalish  bo‘yicha  N.Mahmudov  va  A.Nurmonovlarning 

«O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi» (Toshkent, 1992), «O‘zbek tilining nazariy 

grammatikasi.  Sintaksis  (Toshkent, 1995), S.Mahmatqulovning  «O‘zbek  tilining 

predikativ  sintagma  transformatsiyasi» (Toshkent, 1998) kabi  asarlari, 

M.Hakimovning 

matn 

pragmatikasi 



talqiniga 

bag‘ishlangan 

doktorlik 



 

dissertatsiyasi; ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha R.Sayfullaevaning qo‘shma gaplarning 



formal-funktsional  talqiniga  doir  qator  tadqiqotlari,  M.Qurbonovaning  «O‘zbek 

tilida formal-funktsional yo‘nalish va sodda gap qurilishning talqini» mavzusidagi 

doktorlik dissertatsiyasi va boshqa bir qator nomzodlik dissertatsiyalari maydonga 

keldi. Bu tadqiqotlar o‘zbek tilshunosligini yangi pog‘onaga olib chiqdi. 

Har  ikki  yo‘nalish  tarafdorlarining  umumiy  tomoni  shundaki,  ularning 

barchasi tilning sistemaviyligi tamoyiliga asoslanadi 

Har ikki yo‘nalish tarafdorlari gapning konstruktiv  markaziy birligi sifatida 

kesimni e`tirof etadi. Gapning boshqa uzvlari shu markaziy bo‘lakning mazmuniy 

va grammatik valentliklari asosida belgilanadi. 

Har ikki yo‘nalish sintaktik modellar va ularning nutqiy jarayondagi turlicha 

gavdalanishi o‘rtasidagi munosabatlarini yoritishga e`tibor beradi. 

Bu ikki yo‘nalish o‘rtasidagi farq faqat mazmunga munosabatdadir. Birinchi 

yo‘nalish  tarafdorlari  shakl  va  mazmun  munosabatiga  jiddiy e`tiborni  qaratsa, 

ikkinchi  yo‘nalish  vakillari  lingvistik  birliklarning  shakl  va  vazifasiga  ko‘proq 

diqqatni jalb qiladilar. 

SHakl  va  mazmun  munosabatini  tadqiq  qilish  jarayonida  shakl  va  mazmun 

birliklari  o‘rtasidagi  mutanosiblik  (simmetriya)  va  nomutanosiblik  (assimetriya), 

tagbilim  va  tagma`no,  mazmuniy  sinkretizm,  sintaktik  transformatsiya,  sintak 

omonimiya  va  sinonimiya,  kommunikativ  bo‘linish  va  ular  o‘rtasidagi 

munosabatlar atroflicha yoritib berildi. 

SHakliy-vazifaviy  tomonni  tadqiq etish  natijasida  gaplarning  minimal  va 

maksimal  qoliplarini  belgilash  imkoniyati  tug‘ildi.  Maksimal  qoliplarni  tashkil 

etgan  minimal  birliklar  o‘rtasidagi  munosabat  va  minimal  birliklarning  kesimlik 

shakli asosida qo‘shma gaplarning yangicha tasnifi vujudga keldi. Kesimning atov 

(leksik)  va  grammatik  (kesimlik  shakllari)  qismlarga  ajratilishi  va  bu  qismlarning 

valentligi asosida minimal qoliplarning kengayishini o‘rganish gapni tashkil etgan 

sintaktik  uzvlarni  bir  necha  darajalarga  ajratish  imkonini  berdi.  Natijada  sintaktik 



 

bo‘laklarni  rus  tilshunosligi  andozalari  asosida  faqat  bosh  va  ikkinchi  darajali 



bo‘laklarga ajratish an`anasidan tashqariga chiqishga imkon yaratildi».

1

 



Sintaktik birliklar va munosabatlar yadrosida gap turadi. Bu uning tugal bir 

fikrni  ifodalashi,  ohang  jihatdan  yaxlit  butunlikdan  iboratligi  bilan  izohlanadi. 

Tilshunoslikda  gapning  turli  xil  ta`riflari  mavjud.  Ammo  biz  ularning  faqat 

ayrimlarini  –  akademik  A.Hojiev  va  prof.  SH.Rahmatullaev  bergan  ta`riflarni 

keltirish  bilan  chagaralanamiz: «Til  qonunlari  asosida  grammatik  va  ohang 

jihatdan shakllangan, fikrni ifodalash uchun xizmat qiladigan nutq birligi. Gapning 

grammatik  asosini  predikativlik  –  zamon  kategoriyasi,  modallik  kategoriyaci  va 

xabar ohangi tashkil etadi. Gaplar tuzilishi, kommunikativ vazifasi va b. belgilariga 

ko‘ra  bir  necha  turlarga  bo‘linadi».

2

  «Gap  ham  boshqa  sintaktik  birliklar  qatori 



supersegment  lisoniy  birlik:  miyaning  til  xotirasi  markazida  gapning  qoliplari 

mavjud.  Gapning  bosh  qolipi  ikki  a`zodan,  aniqrog‘i  –  ikki  sintaktik  bo‘lakdan 

iborat  bo‘ladi;  bu  sintaktik  bo‘laklar  uchun  qurilish  ashyosi  bo‘lib  birinchi 

navbatda  leksemashakl  xizmat  qiladi.  Demak,  til  qurilishi  birliklari  orasidagi 

ierarxiya  bu  erda  leksemashakl  bilan  gap  orasida  mavjud».

3

  Bu  qarashlarda  bir-



birini to‘ldiruvchi ikki holatni kuzatamiz. A.Hojiev gapning mazmuniy yaxlitligiga 

–  grammatik  va  ohang  jihatdan  butunligiga e`tiborni  qaratadi.  Predikativlining 

uning  asosiy  lingvistik  xususiyati  sifatida  baholaydi.  SH.Rahmatullaev esa  uning 

mantiqiy  jihatini  ham  qamrab  oladi.  Kishi  miyasida  avvaldan  mavjud  bo‘lgan 

sintaktik  qoliplar  asosida  shakllanadigan  gap  strukturasida  leksemalarning  asosiy 

unsur sifatida ishtirok etishini ta`kidlaydi. Agar bu ikki mulohaza yaxlitlikda olib 

qaralsa, gap boshqa sintaktik butunliklardan farq qiluvchi, ular orasida o‘ziga xos 

bo‘lgan belgilarga ega ekanligi ma`lum bo‘ladi. 

Har bir gapda ma`lum fikr, maqsad va his-hayajon ifodalanadi. Uning o‘ziga 

xos  belgilari  mavjud.  SHulardan  biri  modallikdir. «Modallik  –  gap  mazmunining 

borliqqa munosabatini ifodalashdir. Gap orqali so‘zlovchi biror voqea, hodisa yoki 

                                           

1

 

Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2002, -Б.221-222. 



2

 

Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. - Тошкент: «ЎзМЭ», 2002, –Б.29. 



3

 Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili. – Toshkent: «Universitet», 2006, -

Б.272. 



10 

 

xususiyatning mavjudligi yoki biror zamonda ro‘y berishi, realligi yoki norealligi, 



xohishi  yoki  noroziligi  kabi  munosabatni  ham  ifodalaydi».

4

  Uning  o‘ziga  xos 



belgilaridan  yana  biri  unda  alohida  ohangning  mavjud  bo‘lishidir.  Boshqacha 

aytganda, har bir gap alohida ohang bir aytiladi va bir butunlikni tashkil qiladi. 

Gap  mazmuniy  va  grammatik  tuzilishga ega.  Har  bir  gap  muayyan 

mazmunni  ifoda etadi.  SHuning  uchun  ham  unda  gap  sub`ekti  va  gap  ob`ekti 

singari  kategoriyalar  amal  qiladi.  Mazmun  ana  shu  sub`ekt  va  ob`ekt  munosabati 

yaxlitligida shakllanadi. Nutqiy aloqa yuzaga keladi, ayni paytda, gap bundan ham 

yuqoriroq  -  fikr  mazmuniga  qo‘shimcha  tarzda  turli  his-emotsiya,  ta`sirchanlik 

ifodalovchi estetik vazifani ham ado etadi. 

Mutaxassislar  gaplarning  tuzilishi  jihatidan  sodda,  murakkab,  qo‘shma 

turlari  va  periodlar  mavjudligini  ta`kidlaydilar.  Ularning  har  biri  alohida 

grammatik  qurilish  va  ko‘rinishlarga ega.  Masalan,  ma`lum  bir  fikrni  ifoda 

etadigan,  maqsadni  ifodalaydigan,  grammatik  va  ohang  jihatdan  bir  butunlikni 

tashkil etadigan  sodda  gaplar  tuzilishiga  ko‘ra  ham  o‘ziga  xos.  Ular  yig‘iq  yoki 

yoyiq gaplar bo‘lishi mumkin. Agar gap faqatgina bosh bo‘laklardan tashkil topgan 

bo‘lsa,  ular  yig‘iq,  agar  gap  tarkibida  ikkinchi  darajali  gaplar  ham  qatnashsa, 

bunday gaplar yoyiq gaplar deb qaraladi.  

Gaplarning  tarkibi  ham  turlicha  va  shunga  ko‘ra  ularni  tilshunoslar  bir 

tarkibli  va  ikki  tarkibli  gaplarga  ajrataldilar  va  bunda,  yig‘iq  va  yoyiq  gaplardan 

farqli o‘laroq, gapning bosh bo‘laklarining nutqda ishtirok etish-etmaslik masalasi 

asos qilib olinadi. Ikki tarkibli gaplar asosini bosh bo‘laklar – ega va kesim tashkil 

qiladi. «Gapning  fikr  predmetini  anglatadigan  bo‘lagi ega,  ana  shu  fikr 

predmetining ma’lum bir belgisini anglatadigan bo‘lagi kesim deyiladi».

5

 

Biz dissertatsiya ishimiz mavzusidan kelib chiqib, quyida bir tarkibli gaplar 



xususida mulohaza yuritamiz. 

«O‘zbek  tili  grammatikasi»  asarida  bu  tipdagi  gaplar  quyidagicha  ta`rif 

berilgan: «Ega  yoki  kesim  grammatik  jihatdan  ifodalanmagan  gaplarga  bir 

                                           

4

 

Ўзбек тили грамматикаси, II том. – Тошкент: «Фан», 1975, -Б.96. 



5

 Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o’zbek tili, -

Б.272. 



11 

 

sostavli



6

  gaplar  deyiladi»  va  quyidagi  misol  keltiriladi:  Qor.  Qatqaloq.  SHom. 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish