O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/58
Sana01.04.2021
Hajmi0,53 Mb.
#62325
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58
Bog'liq
ozbek tilida egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari

sub`ektiv  modallik  ham  bo‘lib,  bu  kirish  so‘zlar  bilan  ifoda  qilinib,  so‘zlovchi 

shaxsning  aytilayotgan  fikrga  munosabatini  ifoda  qiladi».

22

  SHu  o‘rinda  fikrning 



yanada  dalillanishi  uchun  V.V.Vinogradovning  quyidagi  fikri  ham  keltirilgan: 

«Kirish  sintagmalar  bilan  ifoda  qilinadigan  modallik  predikat  formasidagi 

konstruktsiya  ifoda  qilgan  modallikdan  butunlay  boshqachadir.  CHamasi,  gapga 

kiritilgan  bu  sintagmalar  ifoda  qilgan  modal  bo‘yoq  va  ottenkalar  gap 

mazmunining  strukturasida  modallikning  ikkinchi  qatlamini  tashkil  qiladi. 

Predikativlik  kategoriyasining eng  to‘g‘ri,  doimiy,  bevosita  ifodasi  gap 

modalligidir.  Agar  predikativlik  nutqning  borliqqa  bo‘lgan  umumiy  munosabatini 

ifoda qilsa, modallik kategoriyasi gapning borliqqa bo‘lgan munosabatining o‘ziga 

xos belgilarini ifoda qiladi». 

                                           

21

 

Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.56. 



22

 

Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.55. 




23 

 

A.Hojiev 



ham 

modallikka 

so‘zlovchining 

ifodalanayoggan 

fikrga 

munosabatini bildiruvchi grammatik-semantik kategoriya sifatida baho bergan: «U 

orqali  fikr  mazmuni  real  yoki  noreal,  qat`iy  va  sh.  k.  tarzda  tasavvur etilishi 

mumkin.  Modallik  so‘z,  qo‘shimcha,  yuklama  va  ohang  orqali  ifodalanishi 

mumkin.  Mas.,  yoza  olmoq  (ol  yordamida  yasalgan  shakl,  qodirlik.  ma`nosini 

bildiryapti), albatta keladi (albatta so‘zi qat`iy ishonch ifodalayapti), ko‘rganov (-



ov yuklamasi gumon bildiradi) va b.».

23

 



Gap  mazmuning  to‘laqonli  ifodalanishida  predikativlik  va  modallik 

kategoriyalari  bilan  bir  qatorda  ohang  ham  muhim  ahamiyat  kasb etadi.  Ohang 

nutqning  sintaktik  ma`nolarni  va ekspressiv-emotsional  bo‘yoqlarni  ifodalashi 

uchun  xizmat  qiluvchi  ritmik-melodik  tomoni;  ovozning  baland-pastligi;  ohang. 

Quyidagilar intonatsiyaning tarkibiy unsurlari hisoblanadi: 1) nutq melodikasi (q.) 

2) nutq ritmi (q.); 3) nutq intensivligi (q.); 4) nutq tempi (q.); 5) nutq tembri (q.); 6) 

mantiqiy urg‘u va fraza urg‘usi (q.).

24

 



I.Rasulov  predikativlik,  modallik  va  ohang  borasidagi  aytilgan  fikrlarni 

tahlil  qilgan  va  umumlashtirgan  holda  o‘zining  quyidagi  xulosasini  bayon  qiladi: 

«Xullas,  ma`lum  konstruktsiyaning  gap  bo‘lib  kelishi  uchun  shart  bo‘lgan 

predikativlik  gapda  ifoda  qilingan  fikrning  real  borliqqa  bo‘lgan  munosabatini 

bildirib, turli konstruktsiyadagi gaplarda turlicha ifoda qilinadi. Modallik esa uning 

tarkibiy qismini tashkil qiladi».

25

 

Endi  yana  bir  muhim  fikr  –  gapning  a`zolari  masalasiga  to‘xtalib  o‘tish 



joizdir.  Ikki  tarkibli  gaplarda  ifodi  qilingan  fikr  ham,  bir  tarkibli  gaplarda  ifoda 

qilingan  fikr  ham  ikki  a`zoli,  degan  qarash  mavjud.  Bu  qarashning  ikki  tarkibli 

gaplarga bevosita aloqador ekanligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. Ammo u bir 

tarkibli  gaplarda  qanday  namoyon  bo‘ladi.  Ana  shu  savolga  javobni  ham 

I.Rasulovning kitobidan topamiz: «Til va tafakkur birligini ularning tengligida deb 

tushunish  mumkin emas.  Agar  biror  gapda  hukm  sub`ekti  ifodalanmasa,  hukmda 

                                           

23

 



Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати, –Б.64. 

24

 



Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати, –Б.45. 

25

 



Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.58.  


24 

 

ham shunday bo‘ladi deb qarash logika bilan grammatikani qorishtirishdan boshqa 



narsa emas.  Ifodalanmay  qolgan  sub`ekt  situatsiya,  kontekst,  intonatsiya  kabi 

vositalardan  bilinib  turadi.  Demak,  u  fikrda  albatta  mavjud  bo‘ladi.  Gapda esa 

uning  o‘rni,  pozitsiyasi  bor  xolos.  Uni  gapga  kiritib  bo‘lmaydi.  Agar  bu  bo‘lak 

gapga  kiritilsa,  gapning  semantik-grammatik  xarakteri  o‘zgaradi.  SHaxsi  aniq, 

shaxsi  noaniq,  shaxsi  umumlashgan  deb  atalayotgan  gaplarni  alohida  tip  qilib 

ajratishda shaxs (sub`ekt) ko‘zda tutilganligi hisobga olinsa, bunday gaplarda ifoda 

qilingan  fikrning  ikki  a`zoli ekanligini  payqash  qiyinchilik  tug‘dirmaydi».

26

 



Muallif  fikrini  quyidagicha  davom ettiradi: «Bir  sostavli  gaplarda  ifoda  qilingan 

fikrning ikki a`zoligini yana shunda ko‘rishimiz mumkinki, bir sostavli gaplarning 

hammasida hukm ifoda qilinavermaydi. Buyruq, so‘roq bir sostavli gaplarda hukm 

emas,  fikrning  buyruq,  so‘roq  formalari  ifoda  qilinadi.  Bular  ham  ikki  a`zolidir. 

Lekin  bundan  bir  sostavli  gaplarda  ifoda  qilinayotgan  fikr  bilan  ikki  sostavli 

gaplarda  ifoda  qilinadigan  fikr  o‘rtasida  hech  qanday  tafovut  yo‘q ekan  degan 

xulosa  kelib  chiqmaydi».  Biz  ham  bu  fikrni  davom ettirib,  gaplarning  bir  tarkibli 

tarzda shakllantirilishida ma`lum stilistik maqsadlar yotishini ta`kidlamoqchimiz. 

SHunday qilib, I.Rasulov ta`rifiga ko‘ra, «Struktura asosi bir sostavdan - ega 

sostavi  yoki  kesim  sostavidan  tashkil  topgan  gaplar  bir  sostavli  gaplarni  tashkil 

qiladi;  bir  sostavli  gaplarda  ifoda  qilingan  predikativlik  ularning  grammatik 

ma`nosi  bo‘lib,  mayl,  zamon  va  shaxs-son  kategoriyalari  orqali  ifoda  qilinadi; 

predikativlik gapda ifoda qilingan mazmunning borliqqa munosabatini ifoda qilish 

bilan  gapni  shakllantiruvchi  grammatik  hodisadir;  bir  sostavli  gaplarda  ifoda 

qilingan fikr ikki a`zolidir; bir sostavli gaplar o‘zida ifoda qilingan fikr, qo‘llanish 

sharoiti,  emotsionallik,  stilistik  xususiyati,  bosh  bo‘laklarining  morfologik 

shakllanishi,  bo‘lishli-bo‘lishsizlik  va  nisbat  kategoriyalariga  munosabat  jihatidan 

ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega».

27

 

I.Rasulovning  bir  tarkibli  gaplar  tasnifining  asoschisi  akademik 



A.A.SHaxmatov ekanligini ta`kidlab, uning «Bundan keyingi klassifikatsiya uchun 

                                           

26

 

Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.59-60.  



27

 

Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.64. 




25 

 

bosh bo‘lak tabiatini asos qilib olamiz.  Bir sostavli gap bosh bo‘lagi shaklan ikki 



sostavli  gap  bosh  bo‘laklarining  ifodalanish  usuliga  qiyos  qilinib  yoki ega,  yoki 

kesimga  tenglashtirilishi  mumkin.  SHundan  kelib  chiqib,  ikki  sostavli  gaplarni 

nazarda  tutib,  bir  sostavli  gaplarni ega  gap,  egasiz  gap,  vokativ  gap  va  shaxssiz 

gaplarga ajratamiz», degan fikrini keltiradi.  

Ishda  bir  tarkibli  gaplarni  tasnif  qilgan  boshqa  olimlar  qarashlariga  ham 

to‘xtalib o‘tilgan. Masalan: 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish