O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/58
Sana01.04.2021
Hajmi0,53 Mb.
#62325
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58
Bog'liq
ozbek tilida egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari

yadro  komponentlar  deb  ataganligini,  gapning  boshqa  bo‘laklarini  yadro 

komponent  bo‘lmagan  bo‘laklar  deb  hisoblaganligini  va  shunga  asoslanib,  gap 

strukturasining asosi ikki yadrodan hamda bir yadrodan iborat bo‘lib, shunga ko‘ra 

gaplarni  ikki  yadroli  va  bir  yadroli  gaplarga  ajratganligini  aytadi: «Sodda 

gaplarning  bu  klassifikatsiyasi  gapning  struktura  asosining  sostaviga  ko‘ra 

bo‘ladigan  klassifikatsiyasiga  o‘xshaydi.  Ikki  yadroli  gaplar  ikki  sostavli  va  bir 

yadroli gaplar bir sostavli gaplarga to‘g‘ri keladi».

14

 



Ba`zi  tilshunoslar  –  deydi  I.Rasulov.  -  sodda  gaplarni  ikki  tarkibli  va  bir 

tarkibli  deb  tasniflashda  unda ega  tarkibining  bor-yo‘qligini  asosga  oladilar.  Bu 

printsip buyicha egasi bor gap ikki tarkibli gap, egasi yo‘q gap bir tarkibli gap deb 

hisoblanadi. 

A.N.Kononov  sodda  gaplarni  sub`ekt  va  predikatning  ifodalanish  usuliga 

ko‘ra  ikki  tarkibli  va  bir  tarkibli  gaplarga  ajratadi.  Bu  printsip  bo‘yicha,  fikrning 

sub`ekti  va  predikati  ikki  bo‘lak  orqali  ifodalansa,  gap  ikki  tarkibli,  bir  bo‘lak 

orqali  ifodalansa,  bir  tarkibli  deb  hisoblanadi.  Sodda  gaplarni  ikki  tarkibli  va  bir 

tarkibli  gaplarga  ajratishda  qabul  qilingan  bu  printsip  sodda  gaplarni  tasnif 

qilishning muhim tomonini asosga oladi. «Bizningcha, - deydi I.Rasulov. – sodda 

gaplarni  ikki  sostavli  va  bir  sostavli  deb  ajratishda  ularning  struktura  asosining 

sostavini  asosiy  belgi  -  kriteriya  qilib  olish  bunday  klassifikatsiyaning  tabiatiga 

ko‘proq mos keladi». 

Olimning 

tadqiqotida 

A.G‘ulomovning 

fikrlariga 

ham 


munosabat 

bildirilgan.  A.G‘ulomov  ham  gaplarni  bir  tarkibli  va  ikki  tarkibli  gaplarga 

                                           

14

 



Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.37. 


17 

 

ajratishda predikativlikni asos qilib oladi. Haqiqatdan ham, predikativlik gapda har 



ikki  bosh  bo‘lakning  aloqasi  bilan  ifodalangan  bo‘lasa,  ikki  tarkibli  gap,  bosh 

bo‘laklarning biri bilan ifodalangan bo‘lsa, bir tarkibli gap bo‘ladi. 

I.Rasulov  bu  kabi  gap  tarkibi  haqida  aytilgan  bir  necha  fikrlarni  chuqur 

o‘rganib  va  umumlashtirib,  yuqorida  aytganlarining  davomi  sifatida  quyidagi 

mulohazalarni bayon etadi: «har qanday gap struktura asosi negizida paydo bo‘lar 

ekan,  bu  har  qanday  gapning  yuzaga  kelishi  uchun  zarur  bo‘lgan  minimal  forma 

ekan, bularning har biri o‘ziga oid bo‘laklar bilan kengayib kelib, ma`lum sostavni 

tashkil  qilar ekan,  sodda  gaplarni  ikki  sostavli  va  bir  sostavli  deb  ajratishda 

gapning  mana  shu  struktura  asosining  sostavini  bosh  kriteriya  qilib  olish  lozim 

bo‘ladi».  SHunday  qilib, «Gap  hosil  bo‘lishi  uchun  zarur  bo‘lgan  minimal  forma 

gapning  struktura  asosini  tashkil  qiladi.  Gapning  struktura  asosi  bir  bosh  bo‘lakli 

yoki  ikki  bosh  bo‘lakli  bo‘ladi.  Bu  bosh  bo‘laklarning  har  biri  o‘ziga  oid  so‘zlar 

bilan  kelib,  alohida-alohida  sostavni  tashkil  qiladi.  Gap  struktura  asosining 

sostaviga ko‘ra gaplar ikki sostavli va bir sostavli gaplarga ajraladi: gaplarning bu 

klassifikatsiyasi  rus  tilshunosligida  ham,  turkologiyada  ham,  jumladan,  o‘zbek 

tilshunosligida  ham  sodda  gap  struktural  klassifikatsiyasining  tarkibiy  qismini 

tashkil qiladi».

15

 



Kitobning  keyingi  bobida  bir  tarkibli  gaplarning  logik-grammatik  belgilari 

tahlil qilingan. 

Ushbu  bobda  amalga  oshirilgan  tahlillar  natijasi  ma`lum  bo‘ladiki, 

kuzatishimiz ob`ekti bo‘lgan bir tarkibli gaplar ham xuddi ikki tarkibli gaplar kabi 

o‘zining  matniqiy-grammatik  belgilariga ega.  Buni  I.Rasulov  quyidagicha  talqin 

qiladi: «Gapning  nisbiy  tugal  fikrni  ifoda  qilishi,  predikativlik,  intonatsion 

butunlik,  so‘z  yoki  so‘zlar  qo‘shilmasidan  iborat  bo‘lishi,  qo‘shilmadagi 

so‘zlarning  o‘zaro  grammatik  aloqada  bo‘lishi  kabi  asosiy  belgilari  ikki  sostavli 

gaplarga  qanchalik  taalluqli  bo‘lsa,  bir  sostavli  gaplar  uchun  ham  shunchalik 

aloqadordir».

16

 

                                           



15

 

Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.41-41. 



16

 

Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.43. 




18 

 

Ushbu  aytilganlardan  bir  tarkibli  va  ikki  tarkibli  gaplarning  umumiy  va 



xususiy  jihatlarini  farqlash  mumkin  bo‘ladi.  Predikativlikning  asosini  tashkil 

etadigan  zamon  va  mayl  kategoriyalarini  olaylik.  Bu  kategoriyalar  bevosita  bir 

tarkibli  gaplarda  ham  namoyon  bo‘ladi.  Predikativlik  gapning  shaklini  yuzaga 

keltiradi.  YUqorida  ta`kidlab  o‘tilganidek,  gapning  struktura  asosi  grammatik 

qo‘shilmaning  gap  bo‘lib  kelishi  uchun  zarur  bo‘lgan  minimal  shakl  ana  shu 

predikativlik  asosida  namoyon  bo‘ladi.  Ana  shu  erda  sodda  gaplar  bu  turining 

o‘zaro  farqlari  ham  bilinib  qoladi.  Ikki  tarkibli  gaplarda  predikativlik  ikki  bo‘lak 

ifoda etsa, bir tarkibli gaplarda bu vazifani bir bo‘lak ado etadi. Bu xususiyat ikki 

gapni  bir-biridan  farqlaydigan  muhim  belgi  sanaladi.  I.Rasulov: «Bir  sostavli 

gaplarning  bosh  bo‘lagi  uning  struktura  asosini  tashkil  qiladi.  U ega  yoki  kesim 

bo‘lishi mumkin». 

Mana shu o‘rinda V.V.Vinogradovning mavzuga oid bir mulohazasi muhim 

hisoblanadi.  V.V.Vinogradov  ko‘pgina  bir  tarkibli  gaplarda  uning  bosh  bo‘lagini 

grammatik ega yoki kesimga teng qilish mumkin emasligini aytgan. Ana shundan 

kelib chiqqan holda tilshunoslikda bir tarkibli gapning bosh bo‘lagi ega ham emas, 

kesim  ham emas,  psixologik  sub`ekt  va  predikatni  o‘zida  birlashtirgan  bo‘lak 

deyilgan fikr keng tarqalgan. 

«Bir  sostavli  gapning  bosh  bo‘lagini ega  ham emas,  kesim  ham emas  deb 

qayd  qilish  tilshunoslarning  diqqatini  bir  sostavli  gaplarning  bosh  bo‘lagini 

sintaktik  analiz  qilishdan  chetlashtirgan»,  deydi  I.Rasulov.  Agar  bu  printsipga 

rioya  qilinsa,  Qo‘ng‘iroq  chalindi.  Bizga  bu  masalaga  jiddiy e`tibor  berishga 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish