O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi



Download 1,28 Mb.
bet43/134
Sana05.05.2020
Hajmi1,28 Mb.
#49096
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134
Bog'liq
Majmua yangi MTM

Avtokratik rahbar

Bunday turdagi rahbar:

  • buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag‘batlantirishda jamoa fikirini hisobga olmaydi;

  • o'zini jamoadan uzoq tutadi; jamoa a’zolarini bevosita muloqotda bo`lishini chegaralab qo‘yadi;

  • o‘zining noo‘rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;

  • o‘ziga bo‘ysinuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko`radi;

  • muttasil buyruq berishga, hammani o‘z istaklariga so'zsiz bo‘ysindirishga intiladi;

  • ko"p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo‘ysinuvchilari bilan muomilada bo`lganda uning rahbarlik g‘ururi balandligi, o‘zini katta tutishi sezilib turadi;

  • o‘ziga bo’ysinuvchilar oldida qovog‘i solingan kayfiyatda bo`ladi.

Xullas, avtokratik rahbar o‘ziga bino qo‘ygan, dimog‘dor, o‘z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o‘tkazishga intiladigan kishilardan yetishib chiqadi.

Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa o'sha yerda dag‘allik, takabburlik, tazyiq o‘tkazish, majbur qilish kabi o‘ta salbiy holatlar avj oladi.

Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo‘lmaydi. Ba’zi bir hollarda bo'ysinuvchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtokratik uslubini tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.

Liberal rahbar

Bunday turdagi rahbar:

  • irodasiz, tashabbussiz bo`ladi;

  • o‘z zimmasiga mas’uliyat olishni yoqtirmaydi;

  • ishni o‘z holiga tashlab qo‘yadi;

  • idoraga nisbatan qatdy bo`lishdan hayiqadi;

  • o‘zini haddan tashqari ehtiyot qiladi;

  • biron xodim bilan ham aloqani buzishni istamaydi;

  • talabchan emas, sust nazorat qiladi;

  • suiiste’mollarga bevosita yo'l qo‘ymasa ham o'zini bilmaslikka soladi.

Bunday rahbar tashqaridan ko'rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga tashlanib turadi.

Demokratik rahbar

Bunday turdagi rahbar:

  • boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashib amalga oshiradi;

  • ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;

  • ularning bildirgan fikriga quloq soladi;

  • ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;

  • barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bodadi, ustunligini bildirmaydi;

  • buyruq berish yo‘li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;

  • buyruq rahbarlik uslubi bo‘ysmuvchilaming shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o‘rtoqlik va ishchan muhitini yaratadi.

Boshqaruvchi qaysi boshqaruv shaklini qodlashidan qat’iy nazar o‘zining mustaqil dunyoqarashi, mustaqil fikri va quyidagilarni o‘z ichi- ga olgan ma’naviy qiyofasi bodishi kerak.

Har qanday holatda ham rahbar qaysi bo‘g‘inda rahbar bo`lishidan qatiiy nazar o‘zining asosiy majburiyati, ya’ni qo`l ostidagilarni o‘zining misolida tarbiyalashni unutmashgi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining “Talim to`g‘risida”gi qonunida, O‘zbekistonda ta`lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va ularning boshqarish organlari hamda mahailiy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasalari Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga kiradi. Xalq ta’limi Yazirligining mahailiy organlariga quyidagilar kiradi: Xalq ta’limi viloyat boshqarmasi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi. tuman xalq ta’limi bo‘limi.

Respublikamizda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari bilan birga nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritadi. Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va fannoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ- huquqiy hujjatlarga, shuningdek «O‘zbekiston Respublikasida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida»gi Nizomga amal qiladi.

Nizomning yakuniy qoidalarida ko‘rsatib o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim muassasaslda maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan tashkilotlarning, shu jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko`satishiga yol qo‘yilmaydi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim dunyoviy xususiyatga ega.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish