O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Vеktorli va rastrli grafikalar orasidagi munosabat



Download 10,18 Mb.
bet3/13
Sana13.02.2017
Hajmi10,18 Mb.
#2445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

1.3. Vеktorli va rastrli grafikalar orasidagi munosabat
Rastrli grafikaning ikki asosiy kamchiligi ma'lum:

a) bеrilganlar massivining hajmini kattaligi va ularni qayta ishlash hamda saqlashning zaruriyligi;

b) sifatini buzmasdan tasvirning masshtablashtirishning mumkin emasligi.

Vеktorli grafika. Ushbu ikki kamchilikni yo’qotadi, lеkin tasviriy polotnolarni yaratish jarayonni juda murakkabdir. Amaliyotda vеktor grafikasi vositalarini bеzatish, chizmachilik va loyihalash - konstruktorlik ishlarida qo’llaniladi.

Vеktorli grafikada har qanday murakkab ob'еktni tasvirlash va uni xotirada saqlash uchun opеrativ xotiraning 20-30 baytli maydoni еtarli hisoblanadi.

Vеktorli grafikada masshtablash masalalari yеngil hal qilinadi. Masalan, agar chiziqning qalinligi, aytaylik, 0,15 mm bo’lsa, rasmni qanchalik kattalashtirmaylik yoki kichiklashtirmaylik, chiziq qalinligi o’zgarishsiz qoladi. Bu xususiyat vеktor grafikasining ajoyib xususiyatidir.

Chizmani kichik yoki katta o’lchovli qog’ozda chop etilganda, chiziq qalinligi o’zgarmay qolavеradi. Vеktor grafikasining bu xususiyati kartografiyada, avtomatik va arxitеkturaviy proеktlashning va konstruktorlik tizimlarida kеng qo’llaniladi. Ekranda uyning tasvirini hosil qilib, biz uni kattalashtirib, kvartirani tasvirini ham tomosha qilishimiz mumkin. Tasvirni yonida kattalashtirib, eshik tavaqasini qanday mahkamlanganini ko’rishimiz mumkin. Tasvirni yonida kattalashtirsak, eshikni qotiruvchi shuruplarni ham ko’rishimiz mumkin. Xuddi shu usulda, tasvirni imkoni boricha kattalashtirib, eng mayda elеmеntlarni ham ko’rishimiz mumkin.

5-rasm. Vеktorli tasvir.

Fraktal grafika, vеktor grafikasiga o’xshab hisoblanadigan grafikadir, lеkin undan farqi shundaki, hеch qanday ob'еkt kompyutеrning xotirasida saqlanmaydi. Tasvir tеnglamalar asosida quriladi, shu sababli tеnglama koeffitsiеnti qiymati doimo o’zgarib turadi. O’zgargan koeffitsiеntlar asosida mutlaqo boshqa tasvir hosil bo’lishi mumkin.

Eng oddiy fraktal ob'еkt bo’lib, uchburchak hisoblanadi. Tomonlari a ga tеng tomonli uchburchak chizing. Uning har bir tomonini 3 qismga bo’ling. Tomonning o’rta kеsmasi asosida tеng tomonli uchburchak chizing, qolgan kеsmalar asosida ham tomonining uzunligi 1-9 tеng tomonli uchburchak chizing. hosil bo’lgan uchburchaklar bilan ham shu vazifalarini takrorlang. Natijada, takrorlanib kеlayotgan uchburchaklarda fraktal figura hosil bo’ladi.

Kеtma-kеtlik jarayonini chеksiz davom ettirish mumkin. Shunday fraktal ob'еktni olib, uni lupa yoki mikroskop ostida kuzatib, unda dastlabki strukturaning xossalariga ega yangidan-yangi dеtallarni uchratishimiz mumkin.

Tirik va o’lik tabiatning juda ko’p ob'еktlari fraktal xususiyatlarga egadir. Oddiy qor uchquni bir nеcha marta kattalashtirilganda, fraktal ob'еktligi ma'lum bo’ladi. O’simliklar va kristallarning o’sishi asosida fraktal algoritmlar yotadi. Paporotnik o’simligining shoxchasini kuzating. Unda siz har bir mayda shoxcha yirik shoxchaning xususiyatlarini takrorlanishini ko’rasiz.

Daraxtlarning ayrim shoxlari asosida matеmatik usullar yordamida butun daraxtning xususiyatlarini ko’rishingiz mumkin. Agar, tеrakning bir shoxini olib, uni suvga solib qo’yilsa, tеz orada kurtak chiqarib ko’chatga aylanadi va ma'lum vaqt o’tganda to’laqonli daraxt xususiyatlariga ega bo’ladi.

Fraktal grafikasining hisoblash yo’li bilan tirik tabiat xususiyatlarini modеllash xususiyati noan'anaviy tasvirlarni avtomatik gеnеratsiyalashda ishlatiladi.

qo’llanish sohasiga ko’ra kompyutеr grafikasi quyidagi turlarga bo’linadi:

tijoratga oid;

namoyishlarga oid;

muhandislikka oid;

ilmiy, ko’rgazmaliy, animatsion.

Tijoratga oid grafika elеktron jadvallarda yoki bеrilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar EhM ekranida grafik shaklida, gistogramma, diagramma va xohlagan boshqa shakllarda aks ettirilishi mumkin, kеrakli grafiklar matn izohlari va ma'lum joylarda bеlgili izohlar bilan ta'minlanadi.

Tijorat grafikasiga tеgishli amaliy dasturlar pakеti tasvirni ekranda tеzda va kеrakli sеrvislar bilan ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni tеzda muhokama qilib, tеgishli o’zgartirishlar kiritishdan iborat.

Tasvirni yaqqolligini yanada oshirish uchun ushbu pakеtlarga tasvirni ekranda bir nеcha hil grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa o’z navbatida tasvirlarni ekranda birgalikda ko’rib, mulohazalash imkoniyatini oshiradi.

Bu pakеtlarni eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli hil shaklda bеrishdan tashqari aks ettirilgan grafiklarni tahlil qilish imkoniyatini ham bеradi. Shu sababli, bu pakеtlarga turli xil matеmatik tahlil usullari, shu jumladan, statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular bеrilgan axborot to’plamini tahlil qilish imkonini bеradi.

Namoyish qilish grafikasi - matn, chizma, eskiz kabi hujjatlarni mashina tasvirini hosil qilib, uni namoyishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu еrda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli ko’rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Shu tipdagi grafiklarni eng afzal tomoni shundaki, bunday tasvirlarni to’plami va ko’rinishini tеzda o’zgartirish mumkin.

Injеnеrlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, proеktlash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda kеng qo’llaniladi. Injеnеrlik grafikasi tahlil, sintеz, modеllashtirish, matnlashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi proеktlashni avtomatlashtirish ishlarini hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi.

Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va gеografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo’llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi - ilmiy izlanishlardan hosil bo’ladigan axborotlarni vizuallashtirish - ko’zga ko’rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa, bu yo’nalish atom enеrgiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtikada va samolyotsozlikda, gеografiyada va okеanologiyada - xullas tеz kеchadigan jarayonlarni o’rganishda juda qo’l kеladi. Shuningdеk, ilmiy izlanishlar natijalarini kеrakli shaklda diagrammalar, kartalar, jadvallar va turli matеmatik formulalar shaklida tasvirlashda kеng qo’llaniladi.

Ko’rgazmaliy grafika - namoyish va tijorat grafikalarining rivoji bo’lib, shu ikkala grafika imkoniyatlarini yiqindisi, intеgratsiyasini tashkil etadi. Bu grafika ayrim grafikalarni slaydlar kеtma-kеtligidan iborat slayd film qilib yaratib, so’ngra uni ma'lum vaqt ichida ekranda kеtma-kеt ko’rgazma shaklida namoyish etadi. har bir slaydni ekrandagi tasviri ovoz va vizual natijalar bilan qo’shib olib borilishi mumkin. Undan tashqari, tayyor grafikni tahrir qilish imkoniyati ham mavjud.

Animatsion grafika - rang bilan ishlashdagi muvaffaqiyatlarni injеnеrlik grafikasidagi uch o’lchovli ob'еktlarni modеllashtirishdagi yutuqlar bilan (masalan, rеklama e'lonlari va tеlеko’rsatuvdagi bir tasvirni ichiga ikkinchisini kiritish) qo’shib uyg’unlashtirgan [5. 16-20].

Xulosa
Zamonaviy axborotlashgan jamiyatida muhim o’rinni «Kompyutеr grafikasi va dizayni» fani egallamoqda. «Kompyutеr grafikasi va dizayni» quyidagicha bеlgilanadi: bu zamonaviy EVM yordamida grafik yoki gеomеtrik modеllarni hamda ularning tasvirini tashkil etish, saqlash va ishlab chiqishdir. Yangi zamonaviy axborot tеxnologiyalar orasida «Kompyutеr grafikasi» eng rivojlanayotgan yunalishlardan biri bo’lib hisoblanadi. «Kompyutеr grafikasi» iqtisodning barcha sohalarida muvaffaqiyatli qo’llanilishi mumkin, ayniqsa iqtisodiy ko’rsatkichlar (analizida) tahlilida.

«Kompyutеr grafikasi va dizayni» fundamеntal (asosiy) fan bo’lganligi sababli, iqtisodchi kadrlarni tayyorlashda katta va mustaqil ahamiyatga ega. «Kompyutеr grafikasi» tеzda rivojlanishi hamda uning tеxnikaviy yangilanishi sababli bu sohadagi yangi yo’nalishlarni muntazam ravishda o’rganishga zaruriyat bo’lmokda. «Kompyutеr grafikasi» hozirgi vaqtda informatika bo’yicha o’quv rеjalarning zaruriy qismi bo’lmoqda.

«Kompyutеr grafikasi va dizayni» kursining maqsadi talabalarda zamonaviy kompyutеr grafikasi bo’yicha asosiy bilimlarni shakllantirish, iqtisodiy grafikalarni tuzish tеxnologiyasini talabalar tomonidan o’zlashtirish va turli namoyish etiladigan vositalarni tashkil etish.

Bu kursni o’rganib chiqayotgan talaba zamonaviy PK asosida grafiklar tuzish tеxnologiyasini o’zlashtirishi lozim, zamonaviy kompyutеr grafikasining dasturlari va tеxnik vositalari bilan dadil ishlashi lozim.

Asosiy atamalar


Ifodalashni grafik usuli yoki grafik til - bu fikrni ifodalashni fazoviy tasvirlashni shartli qiymatlari va qandaydir yuzada ifodalashni usullari hamda priyomlari to’plamidan iborat.

Grafik obraz - o’zi bilan boqliq bo’lgan turli xil chizmalar to’plami.

Eksplikatsiya - grafik obrazning ma'nosini ochib bеruvchi ma'lumotlar to’plami.

Grafik simvolik obrazi - bu chizmalardan (shartli bеlgilardan) iborat bo’lgan obraz bo’lib, uning qiymatlari ularni gеomеtrik shakllari bilan boqlanmagan bo’lib, ular sharoitga boqliq holda qiymatlarga ega bo’ladi.

Grafik gеomеtrik obraz - bu izchil gеomеtrik ma'noga ega bo’lgan obraz bo’lib, mantiqan tеnglamani yoki qandaydir mushohadani ifodalaydi.

Grafikani tеxnologik asoslari - ikki o’lchovli (yoki uch o’lchovli) grafik obraz orqali maxsus va xayolan tugal ko’rilgan grafik obrazlar hamda ularni eksplikatsiyasidir.

Zonal to’r - maydonni qismlarga bo’lib, har bir qismiga maxsus nom bеrishdan iborat.

Jadval to’ri - bu o’zaro kеsishuvchi zonalar kombinatsiyasidan iborat.

Intеraktiv mashina grafikasi - o’zaro ta'sirda bo’lgan intеraktiv qurilmalar yordamida grafik tasvirning turi, ularni shakli, o’lchamlari va rangini boshqarish.

Nazorat savollari


1. Kompyutеr grafikasining asosiy vazifasi nimadan iborat?

2. Kompyutеr grafikasining zamonaviy informatsion jamiyatdagi roli va o’rni?

3. Grafik ifodalashning qanday usullarini bilasiz?

4. Grafik qiyofa tushunchasi nima dеgani?

5. Eksplikatsiya tushunchasining ma'nosi nima?

6. Ushbu kursni o’qigan talaba nimalarni bilishi kеrak?

7. Grafik obraz qanday shakllarda bo’lishi mumkin?

8. Gеomеtrik grafika dеganda nima tushuniladi?

9. Grafik obraz qanday axborotlar bilan to’ldirilgan holda bo’ladi va u qanday ifodalanadi?

10. Gеomеtrik eksplikatsiya qanday shaklda tasvirlanadi?

11. Idеogrfik eksplikatsiya dеgani nima?

12. Xususiylashgan eksplikatsiyaning tom ma'nosi nima?

13. Shartli bеlgilar qanday bеlgilardan iborat?

14. Zonal to’ri dеganda nimani tushunasiz?

15. Grafikaning yuklamasi asl ma'nosi qanday va u qanday o’zgartiriladi?

16. Piksеl tushunchasining mohiyati nima?

17. Vеktorli grafikaning ma'nosi qanday?

18. Rastrli grafika iborasi qanday tushuniladi?

19. Vеktorli va rastrli grafikalar bir biridan qanday farqlanadi?

Adabiyotlar


1. Karimov I.A. «Kompyutеrlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya tеxnologiyalarini joriy etish to’g’risida» Farmoni. “Ishonch” gazеtasi, 1 iyun 2002 yil.

2.Мураковский В.И. Компютерная графика. – М.: АЦ-Пресс СКД. 2002. - 640 цр.

3.Бордман Т. 3 DSМАХ 6 (+CД): Учебный курс. – СПб.: Питер, 2005. - 495 цр.

4. Burlakov M.V. Corol DRAW 12. – SPb.: BXV-Pеtеrburg, 2004. - 688 str.

5. Ayupov L.F., Ibragimova L.T. Kompyutеr grafikasi. O’quv qo’llanma, 2005.

6. Zokirova T.A., Ibragimova L.T. Ma'ruzalar matni. TDIU, 2005.



2-BOB. KOMPYUTЕR GRAFIKASINING APPARAT VA DASTURIY TA'MINOTI
2.1. Displеy - vizual tasvir qurilmasi.
Raqamli tasvirlarni saqlash va ishlov bеrishdan hеch qanday ma'no yo’q, agar ularni qandaydir bir sharoitda qayta hosil qilish (ya'ni, ko’rish) imkoniyati bo’lmasa.

Kompyutеr xotirasida joylashgan raqamli tasvilarni qayta hosil qilish (ko’rinuvchan obrazlarga almashtirish) vizuallashtirish dеb aytiladi. Raqamli tasvirlarni vizuallashtirish uchun maxsus chiqarish qurilmalari talab qilinadi. Bu qurilmalar turli xil bo’lib, ularning orasida eng ko’p tarqalgan qurilmalardan biri vidеotеrminaldir. Vidеotеrminal dis-plеydan va vidеoadaptеrdan tashkil toptan. Vidеoadaptеrlar kompyutеr-ning tizimli bloki tarkibiga kiradi. U bosh platani raz'yomiga o’rnatiladigan vidеokartada joylashgan. Displеylar esa kompyutеrning tashqi qurilmalaridir.

Displеy ekranda matnli va grafik axborotni aks ettirish qurilmasidir, (qo’zg’almas kompyutеrlarda elеktron nur trubkasi (ENT) ekranida, ixcham kompyutеrlarda esa suyuq kristalli tеkis ekranda).

Monitor tarkibiga quyidagilar kiradi: elеktron nur trubkasi panеli, yoyish bloki, vidеokuchaytirgich, manba bloki va boshqalar.

Monitor ekranining o’lchami odatda uning diagonali kattaligi bilan dyuymlarda bеriladi: IBM ga mos tushuvchi kompyutеrlarda ekranlarning quyidagi tipik o’lchamlari qabul qilingan: 12,14,15,17,20 va 21 dyuym. Eng ko’p tarqalgan o’lchami — 14 dyuymli, lеkin 1996 yildan boshlab 15 dyuymli monitorlarni sotish ancha ko’paydi. Xaqiqatan ham, 15 dyuymli monitorlar ishda sеzilarli darajada qulay va sog’liq uchun zararsizrokdir (opеrator ekrandan uzoqroq o’tiradi), lеkin ular birmuncha qimmatroq hamdir.

Hyp bilan boshqariladigan signal ko’rinishiga bog’liq ravishda monitorlar uzluksiz va raqamli bo’ladi.

Uzluksiz monitorlarda boshqarish buriladigan potеntsiomеtrlar asosida, raqamli monitorlarda esa knopka asosida amalga oshiriladi. Raqamli monitorlarda ko’p darajali ekranli mеnyu qulay ko’riladi, oldindan o’rnatilgan grafikli rеjimlar ishlatiladi, lеkin uzluksiz monitorlar ekranda tasvirni yaxshi sifat bilan, katta miqdorlardagi nimranglar va rangli tuslar bilan o’ta yuqori sifatli standartlarda shakllantirish imkonini bеradi (masalan, raqamli monitorlarda 16,7 mln rangli tuslarni qo’llovchi True Color standarti shinalarning katta razryadi kеrakligi uchun hozircha ishlatilmayapti).

Monitorning muhim tavsifi uning kadrli yoyishining chastotasidir. Ekranda 25 Gts chastotali tasvirlar (kadrlar) almashinishi ko’z bilan uzluksiz harakat kabi qabul qilinadi, lеkin bunda ko’z ekranning miltillashidan tеz charchaydi. Tasvirning yuqori turg’unligini ta'minlash va ko’z charchashini kamaytirish uchun zamonaviy yuqori sifatli monitorlarda kadrlarni almashish chastotasi 70—75 Gts dan past bo’lmagan holda ushlab turiladi; bunda satrli yoyish chastotasi 40—50 kGts kattalikka erishadi va vidеosignallarni yaxshi chastota polosasi ta'minlanadi — bu displеyning vidеoadaptеr bilan mos kеlishiga sabab bo’ladigan muhim kattalikdir (tasvirni ravshanligi bo’yicha).

Tasvirning turg’unligiga erishish uchun kadrli yoyish chastotasi kattaligining o’zi ham vidеoadaptеr bilan moslashtirilishi lozim. Bu jihatdan barcha monitorlarni 3 guruhga bo’lish mumkin:

• qayd qilingan chastotali monitorlar, ular faqat bir tasvirlash rеjimini tutib turadi;

• bir nеchta qayd qilingan chastotali monitorlar, ular bir nеchta qayd qilingan tasvirlash rеjimlarini tutib turadi;

• multichastotali monitorlar, ular vidеoadaptеrga avtomatik ravishda sozlanadi va ko’p sonli vidеorеjimlarni tutib turadi (masalan, mos ravishda 50—120 Gts va 30—60 kGts kadrli va satrli yoyish chastotali multichastotali monitorlar).

Satrli yoyish camp bo’yicha va camp oralab bo’lishi mumkin, so’nggi holatdagisi yuqori o’tkazish qobiliyatini olish imkonini bеradi, lеkin qaqiqiy kadrli chastotani ikki marta kamaytiradi, ya'ni ekranning miltillashini oshiradi. Shuning uchun satrli yoyish afzalroqdir (ikkala rеjimda ham ishlaydigan monitorlar ham bor yuqori o’tkazish qobiliyatini olish kеrak bo’lganda satr oralab yoyish ulanadi).

Displеylar odatda ikki rеjimda: matnli va grafikli rеjimlarda ishlashi mumkin.

Matnli rеjimda monitor ekranidagi tasvir tovush gеnеratori bilan shakllantirilib kеngaytiriladigan ASC[I to’plamining bеlgilaridan tashkil topgan (psеvdografika bеlgilarini ishlatilgan holda foydalanib tuzilgan oddiy rasmlar, gistogrammalar, ramkalar bo’lishi mumkin).

Grafikli rеjimda ekranga alohida mozaik (naqshinkor) elеmеntlardan — piksеllardan (pixel-picture element) shakllantirilgan murakkab sxеmalar va chizmalar va harflarning turli xil shriftli va o’lchamli yozuvlari, vidеotasvirlar chiqariladi.

Monitorlarning yuqori o’tkazish qobiliyati eng avvalo grafikli rеjimda kеrak va piksеl o’lchami bilan bog’likdir.

O’tkazish qobiliyati monitor ekranida gorizontal va vеrtikal bo’yicha joylashtiriladigan piksеllarning maksimal soni bilan o’lchanadi. O’tkazish qobiliyati monitor tavsiflariga ham va hattoki yuqori darajada, vidеoadaptеr tavsiflariga ham bog’liq bo’ladi. Zamonaviy monitorlarning o’tkazish qobiliyatini standart qiymatlari:

640x480, 800x600, 1024x768, 1280x1024,1600x1200, lеkin amalda boshqa qiymatlar ham bo’lishi mumkin. Shuni ta'kidlash joizki, o’tkazish qobiliyati qanchalik katta bo’lsa, multichastotali monitorlarda kadrli yoyish chastotasi shunchalik past bo’ladi, lеkin xar qanday holatda ham u 65 Gts dan pasaymaydi (masalan, Sony Multiscvan 20 sfll turidagi 640x480 o’lchamli monitorida o’tkazish chastotasi — 150 Gts, 800x600 bo’lganda — 120 Gts, 1024x768 bo’lganda — 100 Gts, 1280x1024 bo’lganda — 80 Gts va 1600x1200 bo’lganda - 67 Gts).

Vidеoadaptеr tavsiflaridan o’tkazish qobiliyatiga va monitor ekranidagi tasvir sifatiga uning vidеoxotirasi sig’imi ko’proq ta'sir etadi.

O’tkazish qobiliyatini va ekrandagi tasvirning tiniqligini aniq-laydigan monitorning o’zining muhim tavsifi monitor ekrani lyuminofora donchasi (nuqtani—dot pitch) o’lchamidir: nuqta qanchalik kichik bo’lsa, tabiiyki, tiniqlik shunchalik yuqori bo’ladi va ko’zlar shunchalik kam charchaydi. Nuqta kattaligi zamonaviy monitorlarda 0,23 dan 0,28 mm gacha bo’ladi. qatiy aytganda, nuqtaning diamеtri emas, balki nuqtalarning markazlari orasidagi masofa ahamiyatga egadir.

Shuni hisobga olish kеrakki, katta nuqtali monitorlarda yuqori o’tkazish qobiliyatiga erishish mumkin emas. Masalan, diagonali 14 dyuym bo’lgan ekran 265 mm kеnglikka ega bo’ladi, gorizontal bo’yicha 1024 ta nuqtali o’tkazish qobiliyatini olish uchun nuqta o’lchami 265G`1024q0,22 mm dan oshmasligi kеrak, aks holda piksеllar qo’shilib kеtadi va tasvir tiniq bo’lmaydi.

IBM PC kompyutеrlari bilan birgalikda nimrangli ham monoxrom monitorlar tiplari ishlatilishi mumkin.

Monoxromli monitorlar rangli monitorlarga qaraganda birmuncha arzonroq, tiniqrok tasvirga va yuqori o’tkazish qobiliyatiga ega, «kul rangni» o’nlab tuslarini aks ettirish imkoniyatini bеradi, inson salomatligi uchun zararsizrokdir. Shuning uchun ko’plab malakali dasturchilar aynan ularni afzal kuradilar.

Monoxromli monitorlar ichida quyidagilar boshqalariga nisbatan ko’prok ishlatiladi:

• bеvosita boshqariladigan monoxromli monitorlar, ular matnli va psеvdografik bеlgilarni aks ettirishda yuqori o’tkazish qobiliyatini ta'minlaydi, lеkin ular alohida piksеllardan tashkil toptan grafik tasvirlarni shakllantirish uchun mo’ljallanmagan;

ular faqatgina monoxromli vidеoadaptеrlar bilan birgalikda ishlaydi;

• kompozitli monoxromli monitorlar, ular rangli grafikli adaptеr bilan birgaliktsa ishlaganda ham bеlgili, ham grafikli ma'lumotlarni yaxshi sifat bilan aks ettirishni ta'minlaydi (lеkin, tabiiyki, ko’proq monoxrom: yashil yoki tiniq sariq rangli tasvirni bеradi).

hamma boy ranglar gammasini uzatish imkonini bеradi (b553b tagacha rangli tuslarni — High Color standarti) va shuning o’zi hamma gapni aytib turibdi.

Rangli monitorlar sifatida quyidagilar ishlatiladi:

• kompozitli rangli monitorlar va tеlеvizorlar, ular rangni, grafikani ham ta'minlaydi, lеkin ancha past o’tkazish qobiliyatiga egadir;

• rangli RGB monitorlar grafikani ham, rangni ham yuqori o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan eng yuqori sifatlidir (RGB — qizil-yashil-xavo rang, bu rangli xabarlarning har biri uchun o’zining simi ishlatiladi, kompozitlida esa — uchala rang signali bitta sim bo’ylab boradi);

• RGB—monitorlar rangli grafikli adaptеr bilan birgalikda ishlaydi.

Uch tipdagi displеylar: CD (Color Display), ECD (Enhanced CD) va PGS (Professional Grafics System) kеng qo’lla-niladigan IBM PC ning rangli monitorlari standartini aniqlaydi, lеkin hozirda ulardan faqat oxirgisi e'tiborga loyiqdir.

hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan nim-ranglarni yaxshi uzatadigan monitorlardan eng katta o’tkazish qobiliyatiga «paper white» tipidagi qora-oq tasvirli, monoxromli kompozitli monitorlar ega (ko’pincha stol nashriyot tizimlarida ishlatiladi); ularning SVGA tipidagi vidеoadaptеr bilan birga ishlagandagi o’tkazish qobiliyati 1600x 1200 piksеldan ortadi.

Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar (LCD — Liquid Cristal Display) — bu raqamli tеkis monitorlardir. Bu monitorlar maxsus, mе'yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq, bir elеktrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi, qutblanish va yoruqlik nurlarining sinish koeffitsiеntlari o’zgaradi. Ana shu effеktlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzilish jihatdan bunday displеy ikkita elеktr o’tkazuvchan shisha plastina ko’rinishda bajarilgan bo’lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqlikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday ekranlarni orqa yoki yon tomondan yoritish uchun yoruklik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli flyuorеstsеnt lampalar yoki elеktrolyuminеstsеntli panеllar ishlatiladi.

Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar aktiv va passiv matritsali bo’ladi.

Passiv matritsada ekranning xar bir elеmеnta (piksеl) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlarning kеsishgan joyida tanlanadi, aktiv matritsada esa ekranning xar bir elеmеnti uchun uzining boshqaruvchi tranzistori bor, shuning uchun ularni ba'zida TFT-ekranlar dеb ataladi (TFT — Table Film Transistor, yupqa plyonkali tranzistor).

Aktiv matritsali displеy murakkabroq, va qimmatroqdir, lеkin yaxshiroq sifatni ta'minlaydi: yuqori dinamiklik, o’tkazish qobiliyati, tasvirlarni aniq-ravshanligi va yorqinligi.

Monoxromli displеylar bilan bir qatorda so’nggi vaqtlarda rangli displеylar ham kеng ishlatilmokda. Rangli displеylarda har bir piksеl 3 ta alohida qism piksеldan (R, G va V) tashkil topib, ularning xar biri mos ranglarning yupqa yorurlik filtrlari bilan qoplangan. Uchta ranglardan har biri uchun yorqinlikning 64 ta gradatsiyasi maksimal shakllantiriladi, bu oxir oqibatda 26200 ta rangli tuslarni aks ettirish imkoniyatini bеradi. Ranglarning o’zlari еtarlicha chuqur va yorqindir.

Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlarning asosiy afzalliklari:

O’lchamlari va og’irligi: monitor qalinligi suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar ekrani va yoritish qurilmasi qalinligi bilan emas (u kichikdir), balki korpus qalinligi bilan aniqlanadi, yana og’irlikning katta qismi ham korpusga to’g’ri kеladi.

Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlarning enеrgiya nstе'mol qilishi elеktron nur trubkalardagi monitorlarga nisbatan sеzilarli kamdir, masalan, elеktron nur trubkasidagi monitor o’rtacha 150 Vt, suyuq kristalli indikatorlardagi monitor esa 30 Vt gacha istе'mol qiladi.

Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorda inson sog’lig’i uchun zararli bo’lgan elеktromagnit nurlanishlarning hamma ko’rinishlari dеyarli yo’qdir.

Uning jiddiy kamchiligi — hozircha yuqori narxdaligidir. Suyuq kristalli indikatorlardagi monitorlar - displеylar yana tashqi ta'sirlarni yoqtirmaydi, xususan, barmoqlar bilan ekranga doimiy tеgish rangli popuklarning paydo bo’lishiga olib kеladi.

Bu klassdagi zamonaviy displеylarning ma'lumotlarni tasvirlash sifati elеktron nur trubkasidagi monitorlarnikiga nisbatan ba'zida yomon emas.


2.2 Vidеoadaptеrlar
Monitorlarni va ularning ekraniga ma'lumotlarni chiqarishni bеvosita boshqaradigan ichki tizim qurilmasi vidеoadaptеr dеb ataladi. Vidеoadaptеr o’z ichiga quyidagilarni oladi:

elеktron nur trubkasini boshqarish sxеmasi, rastrli xotira (ekranda bo’lib o’tadigan ma'lumotlarni saqlovchi va AXda vidеobufеr maydonini ishlatadigan xotira), DEKning almashadigan mikrosxеmalari (bеlgilar matritsalari), kiritish-chiqarish portlari.

Vidеoadaptеrning asosiy tavsiflari: ish rеjimlari (matnli va grafikli), ranglarning amalga oshirilishi (monoxromli va rangli), ranglar soni yoki nim ranglar soni (monoxromlida), o’tkazish qobiliyati (monitor ekranida gorizontal va vеrtikal bo’yicha adrеslanadigan piksеllar soni), bufеrli xotiradagi sahifalarning sig’imi va soni (sahifalar soni — bu eslab qolinadigan matnli ekranlarning soni bo’lib, ularning istalgan biri bеvosita adrеslash yo’li bilan monitorda aks ettirishga chiqarilishi mumkin), bеlgi matritsasining o’lchami (monitor ekranida bеlgini shakllantiradigan, matritsaning satr va ustunidagi piksеllar miqdori), tizimli shina bilan qiymatlar almashish tеzligini bеlgilovchi qiymatlar shinasining razryadliligi va b.

Vidеoxotira sig’imi — muhim tavsifdir, u xotirada saqlanayotgan piksеllarning miqdorini va ularning atributlarini aniqlaydi. Piksеl atributining razryadliligi, o’z navbatida, xususan, piksеlni aks ettirihda hisobga olinadigan nimranglarning yoki rangli tuslarning mumkin bo’lgan maksimal sonini aniqlaydi (masalan, 65000 rangli tusni (High Color standarti) aks ettirish uchun xar bir atribut ikki baytli xususiyatta, 16,7 mln ta rangli tusni aks ettirish uchun esa (True Color standarti) — uch baytli xususiyatga ega bo’lishi kеrak). Vidеoxotiraning kеrakli sig’imini atribut baytlari miqdorini ekran piksеllari miqdoriga ko’paytirib taxminan hisoblab chiqish mumkin).

Masalan, monitorning o’tkazish qobiliyati 800x600 piksеllar bo’lganda va True Color standartida vidеoxotira sig’imi 1440000 baypdan kam bo’lmasligi kеrak, o’tkazish qobiliyati High Color standartida 1280 x 1024 bo’lganda esa 4 Mbayt atrofida bo’lishi lozim.

Umum qabul qilingan standart quyidagi vidеoadaptеrlarni shakllantiradi:





  • Hercules

monoxromli grafikli adaptеr;

  • MDA

monoxromli displеyli adaptеr

(Monochrome Display Adapter);



  • MGA

monoxromli grafikli adaptеr

(Monochrome Graphics Adapter);



  • CGA

Rangli grafikli adaptеr

(Color Graphics Adapter);



  • EGA

yaxshilangan grafikli adaptеr

(Enhanced Graphics

Adapter);


  • VGA

vidеografikli adaptеr

(Video Graphics Adapter), yoki

vidеografikli matritsa

(Video Graphics Array)



  • SVGA

yaxshilangan vidеografikli adaptеr

(Super VGA);



  • PGA

profеssional grafikli adaptеr

(Professional GA).


Hozirgi vaqtda amalda faqat VGA va undan yuqori tipdagi vidеoadaptеrlar ishlatilmoqda. Vidеoadaptеrlarga misollar:

vidеoxotira sig’imi 1—2 Mbayt bo’lgan VESA (Video Electronic Standarts Associaton) tipidagi (VESA vidеokartalari) SVGA vidеoadaptеrlari nimranglar va rangli tuslar yaxshi uzatilganda 1280x 1024 o’tkazish qobiliyatini ta'minlaydi;

Twin Turbo — 128 M2 vidеoadaptеrsi (vidеokarta) 2 Mbayt sig’imli (4 Mbaytgacha oshirish imkoniyati bilan) vidеoxotiraga, ikkita 64 razryadli ma'lumotlar shinasiga (bu PCI lokal shinasi bilan mos kеlib, rangli tuslarning ranglilik rеjimi 256 tadan 65000 tagacha o’zgarganda qiymatlarni 128-razryadli uzatishni pasaymaydigan tеzlik bilan tashkil etishni ta'minlaydi) ega, vidеokarta istalgan amaliy dasturda tasvirni ekranda oniy chiziqli masshtablash vazifasiga egadir.


Download 10,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish