II BOB. MATBUOTDA YOSHLARNING MA`NAVIY IMMUNITETINI
MUSTAHKAMLASH VA SPORT MAVZULARINI YORITILISHIDA
MAHORAT MASALALARI
2.1. Yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlashda matbuotni o’rni va
ahamiyati
“Ma`naviy, ruhiy dunyoda hech qachon bo’shliq bo’lmaydi. Jamiyat hayotida
sog’lom g’oya ustuvor bo’lmas ekan, albatta, yot, zararli ta’sirlar suqilib kirishga
harakat qiladi. Bu qonuniyat”.
15
Islom Karimov
Har bir ommaviy axborot vositalarining birinchi galdagi vazifasi, maqsadi xolis
va tezkor axborotni xalqqa yetkazish. Shu bilan birga o’quvchilar savodxonligini
oshirish ma`naviy immunitetini mustahkamlashdek muhim vazifasi bor. Yurtimiz
istoqlolining
ilk
kunlaridan
boshlab
prezidentimiz
rahnamoligida
milliy
ma`naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo’yicha ulkan
islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi murakkab globallashuv davrida ma`naviyat
sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma`naviyatini asrash va
yuksaltirish, ayniqsa yosh avlodning qalbi va ongini himoya qilish masalalariga
alohida e`tibor qaratilyotganini barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar
misolida ko’rishimiz mumkin.
“Ma`naviyat”, “ma`naviy immunitet” tushunchalariga qisqacha to’xtaladigan
bo’lsak, yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda “ma`naviyat” tushunchasining mazmuni
faqat “mani”, “ma`no” degan so’zlar doirasida chegaralanib qolmaydi. Insonni ongi
va ruhiyati bilan chambarchas bog’langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, xalq
hayotida hech narsa bilan o’lchanmas beqiyos o’rin tutadi. “Ma`naviyat – insonni
ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini
baquvvat, iymon- e`tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch,
uning barcha qarashlarining mezonidir”
16
.
15
Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. T: “Ma`naviyat”. 2008-y.-B.- 19.
16
O`sha manba.
35
Immunitet bir so’z bilan aytganda tashqi ta`sirlardan himoyalanish demakdir
Ma`naviy immunitet tushunchasiga ham yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi
izoh beradi: “Ma`lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun unga qarshi
immunitet hosil qilinadi. Biz farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy
tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun,
ta`bir joiz bo’lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni
kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o’zligini, shu bilan birga, dunyoni
chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib
yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning “davati” ham, axloq-odob
tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham ularga o’z
ta`sirini o’tkaza olmaydi”
17
degan fikrlaridan ma`naviy immunitetni naqadar kerakli
va zarurligini anglash qiyin emas. Ushbu tarmoqni rivojlantirish xalq ma`naviyatini
yuksaltirish va mustahkamlash yo’lida barcha sohalarda dastur bo’la oladigan
Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yilda nashr qilingan “Yuksak ma’naviyat -
yengilmas kuch” asari beqiyos manba hisoblanadi.
Amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqqa yetkazishda ommaviy axborot
vositalari jumladan, matbuotdan o’ziga xos yondashuv talab etiladi. Bu borada
Prezidentimiz ta’kidlaganidek,- “Ma`naviyat haqida har qancha da’vatlar , muhim
nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish
olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o’ylangan tizimli
ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko’zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya`ni
inson qalbiga yo’l topolmaymiz… matbuot , televideniye internet boshqa ommaviy
axborot sohalari, bir so’z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita
ta`sir o’tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma`naviy ehtiyojlari,
zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko’tarishimiz
zarur”
18
.Yuqoridagi talab va takliflarga javobni “Ma`rifat” va “Turkiston”
gazetalarida yoritilgan mavzular misolida ko’rib chiqamiz.
17
Karimov I.A.Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch.T:. “Ma`naviyat”, 2008.-B.119-120.
18
O’sha manba.-B.-129.
36
Ma`rifat gazetasi 2014-yil 2-iyul sonida nashr qilingan professor
Muhammadjon Qurbonovning “Bolam baxtli bo’lsin desangiz” sarlavhali maqolasida
“Bugun mamalakatimizning 1400 ga yaqin ommaviy axborot vositalarida xizmat
qilayotgan jurnalistlarning grajdanlik pozitsiyasiga ko’p narsa bog’liq. Milliy axborot
maydonida sog’lom raqobat muhitini yaratish, fikrlar xilma-xilligiga erishish
matbuotda barcha ijtimoiy qatlamlarning qarashlarini ifoda etish, fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish kabi maqsadlarga jonkuyar va fidoyi jurnalistlarmizning mashaqqati
mehnati bilan erishiladi”
19
.Shu bilan birga bugungi zamon davr tahdidlari ularga
qarshi munosib kurashish nafaqat jurnalistlar, balki barchamizning muhim vazifamiz
ekanligi haqida salmoqli fikrlar keltirilishi barchani ogohlikka chorlaydi. Maqolada
bugungi zamon muammolari quyidagicha tasniflab berilgan.
Turli g’oya va manfaatlar kurashi tobora kuchayib, yolg’onni rost, rostni
yolg’on deb ko’rsatishga urinishlar bo’layotir;
Axborot – kommunikatsiya vositalarini o’zining uzoqni ko’zlaydigan
manfaaatlariga xizmat qildirishga majbur etish holatlari kuzatilmoqda;
g’arazli maqsadlar yo’lida odamlar, millatlar bir-biriga qarshi
qo’yilmoqda;
odamlarni hayotdan norozi bo’lishga da`vat qilish uchun turli soxta
ma`lumatlar tarqatilayotir;
o’zgalarni pisand etmay, kuchi yetadigan davlatlarga po’pisa va
zo’ravonlik qilish, hech kim bilan hisoblashmasdan, kuch ishlatish hollari ro’y
berayotir;
yon-atrofimizda o’zini oqlamagan va umrini o’tab bo’lgan eski tizim va
ma`fkuralarni qo’msashga bo’lgan urinishlar tobora tarqalib va kuchayib bormoqda;
Yuzaga kelgan bunday tahdidlarga munosib qarshi tura olish uchun amalga
oshirilishi kerak bo’lgan eng muhim vazifalar ham belgilab berilgan.
Shunday vaziyatda har bir kishi oqni qoradan, haqiqatni uydirmadan ajrata
olishi zarur, buning uchun esa o’zining mustaqil dunyoqarashi va fikriga ega bo’lishi
19
Ma`rifat gazetasi 2014- yil 2- iyul 53 soni.
37
kerak. Yot kuchlarning qarmog’iga tushib qolmaslik uchun xalqimiz, ayniqsa,
yoshlarimizning ko’zini keng ochish, ularni irodasi mustahkam, iymoni baquvvat
inson etib tarbiyalash zarur, bunda esa har bir murabbiy, targ’ibotchi, noshir,
jurnalist, ota-onaning bilim va tajribasi, professional mahorati, grajdanlik pozitsiyasi
tayanch bo’lmog’i kerak.
Yuqorida berilgan aniq takliflar atrofimizda sodir bo’layotgan voqea
hodisalarni teranroq anglashimizga yordam beradi. “Bugungi kunda, insoniyat
qo’lida mavjud bo’lgan qurol-yaroqlar yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga
yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin, hozirgi zamondagi eng katta xavf
insonlarning qalbini, ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy
kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo’layotgan
kurashlar ko’p narsani hal qiladi. Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot.
Shu bois axborotni o’z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda.
Axborot uni uzatish, qayta ishlash va yig’ish bosqichlari o’ziga xos xususiyatga ega
ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya’ni insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarning asosini ham, dunyo davlatlarining
insoniyat taqdiriga daxldor bo’lgan qarorlarning manbaini ham axborot tashkil etadi.
Bu esa o’z navbatida g’oyaviy ta`sir o’tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Hozirgi kunda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ’ibot va
tashviqotlarning asl maqsadi – inson qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Bu
kurash o’z natijasiga ko’ra uchta asosiy bosqichdan iborat. Birinchisi – muayyan
axborot inson tomonidan qilinmaydi. Ikkinchisi – axborot inson ongida ma`lumot
sifatida saqlanib qolishi va u bundan boshqa bir masala yuzasidan qarorlar qabul
qilishda solishtiruvchi manba sifatida foydalanish mumkin. Uchinchisi – axborot fikr
yoki g’oya sifatida inson qalbini egallashi, ma`naviy ruhiy xolatining uzviy qismiga
aylanishi hamda bu uning amaliy faoliyati asosini tashkil qiluvchi omil bo’lib qolishi
mumkin.
Hozirgi davrda jamiyatlar rivojlanishini globallashuv jarayonlarining odamlar
mentaliteti, ma`naviy dunyosi, ijtimoiy xatti-harakatlariga ta`sirisiz tasavvur etib
38
bo’lmaydi. Insoniyatning keying taraqqiyot yo’llari globallashuv sharoitida shaxsning
ijtimoiy ongi, yo’naltiruvchi maqsadlari, qadriyatlari, hayotiy tushunchalar,
dunyoqarashi va oxir-oqibat uning jamiyat bilan munosabatlarda qanday o’zgarishlar
sodir bo’layotganligiga bog’liq. Shuning uchun ijtimoiy va gumanitar fanlarda
globallashuvning jamiyat hayotini iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalariga
ta`siri masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Globallashuvning inson va
potindustirial jamiyatlar hayotidagi o’rni hamda roli haqidagi alohida qarashlar
shakllanmoqda. Biroq, bu jarayonlarning inson tafakkuri va ma`naviy dunyosida
sodir bo’layotgan o’zgarishlarni tad qiq etish zaruriyati quyidagi holatlar bilan
belgilanadi:
globallashuv shaxsni shakllantiruvchi jamiyatning madaniy – ma`naviy
sohalariga ta`sir o’tkazib, muayyan o’zgarishlarga olib keladi, an`naviy qadriyatlar
tizimini izdan chiqaradi;
globallashuv ta`sirida ro’y bergan o’zgarishlar insonning ma`naviy
axloqiy, psixologik qiyofasiga jiddiy ta`sir o’tkazadi va demak, hozirgi zamon
jamiyatining qiyofasini muayyan tarzda o’zgartiradi;
hozirgi zamon globallashuv konsepsiyalarida mualliflarning diqqat
e`tibori asosan inson faoliyatining turli sohalarida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va
madaniy sohalariga qaratilgan. Ijtimoiy munosabatlardagi o’zgarishlar inson
dunyoqarashidagi o’zgarishlar natijasi ekanligi qayd etiladi. Bu hol atrof dunyo
haqidagi tasavvurlar hamda global doirada insonlararo munosabat va o’zaro
aloqalarni baholash mezonlari tizimini yanada chuqurroq o’rganishi taqozo etadi.
Mavzuga psixologik nuqtai nazardan yondashadigan bo’lsak 2013-yil 24-
iyulda “Ma`rifat” gazetasida chop etilgan psixolofgiya fanlari nomzodi Umarali
Qodirovning “Destruktivlik tushunchasi”ning ta`rif, talqin va tahlilini o’qishimiz
mumkin. “Deskruktiv faoliyat” (ingilizcha “destructive”- “yemiruvchi”, “Vayron
qiladigsan”, “halokatli”). Aksariyat adabiyotlarda destruksiya “biror narsaning
tuzilmasini vayron qilish” sifatida sharhlanadi.
20
20
O’sha manba.6-bet.
39
Maxsus adabiyotlar, manbalarda qayd etilishicha, ushbu tushuncha zamirida
odamning tashqi olamga nisbatan yo’naltiirilgan maxsus faolligi shakli tushiniladi.
Bu faollikning mohiyati esa turli ob`ekt yoki tizimlarni vayron qilish yohud buzishga
intilishida namoyon bo’ladi. Destruktiv faoliyat boshqa insonlar, jamiyat, davlat
tabiiy muhit, madaniy-tarixiy yodgorliklar, turli buyumlar, shuningdek, shaxsning
o’z-o’zini halok etishiga ham qaratilishi mumkin. “Hozirgi vaqtda yoshlarni
destruktiv ta’sirlardan himoyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu
o’rinda katta yoshli avlod vakillarining yoshlarga xos mustaqillikka intilish, hech
bo’lmaganda tashqi ko’rinishi ( kiyinishi, soch turmaklari, yurish – turishi va hokazo)
bilan ajralib turishga zamonaviy ko’rinishga harakat qilish kabi xatti-harakatlarini
inobatga olmasliklari yoki butunlay qoralashlari noo’rin”
21
. Yoshlar tarbiyasida
kichik ko’ringan hatolar ham kelajakda o’z bo’yini ko’rsatishi mumkin. Yoshlarning
ma`naviyati but bo’lishida oilaning yaqin insonlarni ahamiyati beqiyosligi
barchamizga ma’lum”. Matbuotda yoritilgan yuqoridagi kabi materiallar nafaqat
yoshlarni ma`naviy dunyosini boyitib qolmay ota-onalar, murabbiylar uchun ham
tarbiya jarayonida ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi.
Umarli Qodirovning yana bir maqolasida “Axboriy-psixologik xavfsizlik”
mavzuyida so’z yuritiladi. Psixologlar tomonidan hozirgi kunda “axboriy-
qo’poruvchi omil” degan tushuncha iste`molga kiritilgan “Internetda tarqatilayotgan
qo’poruvchilik ruhidagi axborotlar orqali ba`zan harbiy harakatlar evaziga amalga
oshirib bo’lmaydigan maqsadlarga ham erishish mumkin”
22
. Bu axborotni shaxsga
ta`sir qiluvchi jihatlari quyidagicha izohlanadi:
Kishilarning axloqiy – psixologik holatini, dunyoqarashi, siyosiy nuqtai nazari
va e`tiqodini maqsadli ravishda o’zgartirishga nisbatan qaratilgan axboriy bosim,
huruj, notiqlik, ataylab buzilgan, noto’g’ri ma’lumat va axborotlarning tarqatilishi,
to’g’ri ma`lumotning kishilar tomonidan noto’ri idrok etilishini ta`minlashga intilish.
Tashqi muhit va shaxsning ichki dunyosi bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
O’zini o’zi anglash jarayonida psixologik yo’naltirilishga muhtoj kishi uchun uni
21
Ma`rifat gazetasi 2013- yil 24-iyul, 59-son.
22
Marifat gazetasi 2014- yil 21- iyun, 50-son.
40
yonida taniydigan, uni maslahat beradigan, uni uchun to’g’ri qaror qabul qila
oladigan insoning bo’lishi muhimdir. Bu jarayonda kishi ta’lim olish, dunyoqarashini
kengaytirish, turli ma`lumot va materiallarni qabul qilish, yangi hayotiy tajribani
o’zlashtirish qobilyatini namoyon qiladi. Inson o’zgaradi, transformasiyalashadi va
bu jarayonni uni o’zi ongli ravishda his etishi, nazorat qilib borishi zarur. Alisher
Navoiy bobomiz ta’biri bilan aytganda “manqurtlar” paydo bo’lmasligi uchun ayni
holat, ya`ni shaxsga boshqalarning salbiy ta`sir o’tkazishiga yo’l qo’ymaslik
maqsadida axborot iste’mol madaniyati, mafkuraviy immunitetni tarkib toptirish va
rivojlantirish masalasi hanuz dolzarbligicha qolmoqda.
Globalizatsiya jarayoning eng katta xavfli tomonlaridan biri yana shuki, u
birinchi bo’lib yangi o’sib kelayotgan yosh avlodni o’zining qurboniga aylantiradi.
Ongi qalbi pokiza tuyg’ular bilan to’lgan, hali dunyoni to’la anlab yetmagan yosh
avlod bunday holatlarga aldanib qolishi hech gap emas. Biz bu jarayonlarni
rivojlangan bir qancha davlatlar misolida ko’rib turibmiz. Ammo afsuski, bizning
yoshlarimizga globalizatsiya hech qanday ta`sirini ko’rsatmayapti, deb ayta
olmaymiz. Shunday tahlikali va qaltis vaziyatda yoshlarni bir mezonda ushlab turish
ularni “Ommaviy madaniyat” va boshqa yot g’oyalar tasiridan to’liq himoya qilish
mushkul masala. Bunda davlat barcha tashabusni o’z qo’liga olib ommaviy axborot
vositalari bilan hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |