Ishni bajarish tartibi: 1. Maxsus indikator naycha (6) havo so’rish kamerasining trubasiga rezina trubka (5) orqali birlashtiriladi. 2.Rezina trubadagi qisqich echib olinadi.
3. Fiksator (4) tortilib shtok (3) pastga bosiladi. Silfon prujina ta`sirida o’z holiga kelib, xona havosini so’rib ola boshlaydi. Natijada ish joyi xonasidagi havo indikator naycha orqali silfonga yig’iladi. So’rilishi lozim bo’lgan havo hajmi oldindan belgilanib olinadi (4-jadval). Silfonga yigiladigan havoning hajmi belgilangan miqdorga etgach fiksator (4) avtomat ravishda shtok (3) ning harakatini to’xtatadi.
2. Indikator naycha (6) echib olinadi va uning o’zgargan rangi asosida ish joyi havosi tarkibidagi zararli gaz turi aniqlaniladi. Ushbu indikator naychadagi rangning uzunligi orqali esa maxsus shkala (7) yordamida zararli gazning miqdori (mg/m3) aniqlanadi.
Tест savollari