Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon
mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil
etish muammolarini o‘rganadi.
Tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to‘laqonli aks etishi, inson aqliy
faoliyatining yuksak shakli).
Tashhis –didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning
natijalarini belgilash.
Ta‟lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish
qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga
yo‘naltirilgan jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |