19-mavzu. Maktab geografiya maydonchasi.
O’quv-tajriba maydonchasi
R E J A :
1. Geografiya maydonchasi tashkil qilishning amaliy ahamiyati.
2. Geografiya maydonchasi jihozlari.
3. O’quv-tajriba maydonchasining o’quvchilarning ilmiy-amaliy bilimlarni egallashdagi o’rni.
4. O’quv-tajriba maydonchasida bajariladigan amaliy ishlar turlari va metodikasi.
9
9
9
9
9
9
Tayanch iboralar: «geografiya maydonchasi», «o’quv-tajriba maydonchasi», «gnomon», «flyuger»,
«quyosh soati».
Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ancha qismi maktaboldi uchastkasida jihozlangan geografiya
maydonchasida o’tkaziladi. Jumladan, bu yerda ob-havoni va quyoshning turishini sistemali kuzatib borish,
joyda orientirlash, masofani o’lchash ishlarini o’tkazish, shuningdek tabiatshunoslik dasturi bilan bog’langan
topshiriqlarni bajarish mumkin.
Geografiya maydonchasini qurish uchun o’lchami taxminan 10 m2 keladigan ochiq joy shunday
tanlanadiki, unga katta daraxt va binolarning soyalari tushmasin. Maydoncha tekislanadi, qum sepiladi va
atrofi o’raladi. Geografiya maydonchasi o’quv-tajriba uchastkasining yonida joylashgani ma‘qul.
Tabiatshunoslik darslarini o’tish uchun maydonchada ushbu jihozlar bo’lishi zarur.
O’lchovchi-devor. Buning uchun o’ramning (ihotaning) har bir metri oralab har xil bo’yoqlar bilan
bo’yalgan bir tomonidan foydalaniladi. Devorning balandligi —1 m. O’lchovchi-devor bo’ylab yo’lcha
qaziladi. Undan fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish uchun, jumladan «Plan va xarita» mavzusini o’tishda
foydalaniladi.
Balandlikni o’lchovchi ustun, balandligi 10 m., har qaysi metri navbat bilan ikki xil rangli. U
balandlikni taqqoslash uchun, shuningdek fazoviy va o’lchash ko’nikmalarini rivojlantirish uchun xizmat
qiladi. Ustunning uchiga flyuger o’rnatiladi.
Flyuger shamol yo’nalishini aniqlovchi asbob. Uni o’quvchilarning o’zlari tunukadan yasashlari
yoki magazindan shamol kuchini aniqlash uchun shamol o’lchagich bilan birga sotib olishlari mumkin.
Bo’y o’lchagich - bo’y o’lchash uchun yog’och asbob. Bo’y o’lchagichdan foydalanib o’quvchilar
o’z bo’ylarini o’lchaydilar va boshqa narsalarning balandligi bilan tahqoslaydilar. Bunda ko’z chamasi
rivojlanadi.
Kvadrat metr uzunligi 1 m keladigan reyka o’zaro biriktirilishidan hosil qilingan. Uni maydonchaga
qo’yiladi va ichiga maydalangan g’ishtlar solinadi. U kvadrat metr to’g’risida ko’rgazmali tasvir beradi.
Gnomon. Quyoshning ufq ustidan balandligini aniqlaydigan asbob. Gnomon yordamida, shuningdek
ufq tomonlarining yo’nalishlarini ham aniqlash mumkin. Chunonchi, kunning yarmida soya shimolga
yo’nalishini ko’rsatadi va qisqa bo’ladi, chunki Quyosh tikda (zenitda) turadi, erta bilan soya g’arbga,
kechqurun esa sharqqa yo’nalgan bo’ladi. Har doim shimolga yo’nalishni bilish uchun kunning yarmida
gnomon soyasi yog’li bo’yoq yoki g’isht parchasi bilan belgilab qo’yiladi.
Rumbik halqa — ufq tomonlariga niobatan o’zining to’rgan joyini aniqlash o’quvlarini hosil qilish
uchun foydalaniladi. Shu maqsadda uni g’isht yoki yog’ochlarni yarmigacha yerga kirgizib gnomon atrofiga
teriladi. Doira — halqaning tashqi tomoniga ufq tomonlari nomlarining bosh harflari qo’yiladi. Yarim kun
chizig’i bo’yicha shimol, qarshisida — janub, o’ng tomonida — sharq, chapda — g’arb hamda ular
o’rtasidagi oraliq tomonlar — ShSH, ShG’, JG’, JSH belgilanadi.
Quyosh soati — xohlagan o’lchamli gorizontal qo’yilgan yog’och doira bo’lib, o’rtasida o’qi bor.
Doiraning chetiga gnomon bo’yicha (Kun yarmida ustunning, ya‘ni o’qning shimolga yo’nalgan soyasi
1
1
1
0
0
0
0
0
0
bo’yicha) 12 raqami qo’yiladi. Bir-biridan teng masofada qolgan raqamlar qo’yiladi. Quyosh soatdan barcha
sinf o’quvchilari foydalanishlari mumkin. Uni maydonchaning janubiga eng ochiq joyga o’rnatiladi.
Yomg’ir o’lchagich. Oddiy paqir yomg’ir o’lchagich bo’lib xizmat qilishi mumkin. O’nda yog’in
miqdorini aniqlash uchun paqir ichiga tushirilgan chizg’ichdan foydalaniladi. Menzurka yordamida
o’lchash mumkin. Buning uchun kub santimetr hisobidagi menzurka ko’rsatkichini 10 ga ko’paytiriladi va
paqir tagining sathiga bo’linadi.
Qor o’lchovchi reyka. Tegishli chiziqlari bo’lgan maxsus reyka bilan qor qoplami qalinligi
o’lchanadi.
Meteorologik xonacha - havo haroratini o’lchaydigan termometr, havo bosimini o’lchaydigan
barometr, havo namligini o’lchaydigan gigrometr va boshqa asboblarni saqlash uchun xizmat qiladi.
Meteorologik budkani geografiya maydonchasining soya tushmaydigan joyiga ikki metrga yaqin balandlikda
o’rnatiladi.
Qum solingan yashik ishchi stollari (4—5) yoniga o’rnatiladi va o’quvchilarning har xil relef
shakllarini hosil qilishlari uchun foydalaniladi.
Orientirlash burchagi o’zlashtirilgan bilim, o’quv va ko’nikmalarni mustahkamlash uchun xizmat
qiladi. Unda kesilgan kunda halqalarini janubga qaratib o’rnatiladi, shuningdek yonbag’irliklari (tik va qiya),
dovoni va aniq ifodalangan cho’qqisi hamda tagi bilan tepalik modeli (chim bilan qoplangan toshlardan)
bo’lishi kerak.
Tog’ jinslari va suvning ishini o’rganish uchun jihozlar o’z ichiga sun‘iy suv havzasi, daryo modeli,
tog’ jinslari va joyning tuprog’ini oladi. Oqim suvning ishini o’rganish uchun geografiya maydonchasiga
vodoprovod o’tkaziladi. Suvning sun‘iy oqimi yo’liga qirg’oqlarning yuvilishi va sharshara hosil bo’lishini
ko’rsatish uchun to’siq qo’yiladi.
Geografiya maydonchasidagi ishlarning muvaffaqiyati ularning tizimli bo’lishi va o’qituvchi
tomonidan doimo nazorat qilib borilishiga bog’liqdir.
Uchastkadagi ishlarning ahamiyati. Maktab o’quv-tajriba uchastkasi qishloh xo’jaligi o’simliklari
ustidan kuzatish va tajribalar o’tkazish uchun zarur. U ochiq havodagi o’ziga xos laboratoriyadir, unda
o’quvchilar tabiatshunoslik bo’yicha bilimlarini chuqurlashtiradilar, o’simliklarni parvarish qilish bo’yicha
o’quv hamda ko’nikmalar hosil qiladilar, o’simliklar hayotini va ularning rivojlanishini kuzatish bo’yicha
amaliy ishlar olib boradilar. Uchastka yosh tabiatshunoslarning qishloq xo’jalik tajribalari va qo’shimcha
amaliy ishlari uchun bazadir: chunki bu yerda tabiatshunoslik darslarida o’rganiladigan o’simliklar o’stiriladi.
Boshlang’ich maktabning har bir o’quvchisi o’qish davomida muayyan sonda gul, manzarali
o’tsimon, daraxt yoki sabzavot o’simliklarini o’stirishi kerak, o’stirish uchun o’simliklarni tanlay turib,
o’qituvchi ularni parvarish qilish murakkabligini, iqlim xususiyatlarini, shu o’simliklarni o’stirish bilan
bog’liq bo’lgan nazariy materialning oson-qiyinligini va hokazolarni hisobga olishi zarur.
Boshlang’ich sinf dasturining «Qishloq xo’jalik mehnati» bo’limida dars mavzulari, agrotexnika va
texnologik ma‘lumotlar, o’quv-tajriba uchastkasida kichik yoshdagi maktab o’quvchilari hosil qilishlari
kerak bo’lgan uquv hamda ko’nikmalar, shuningdek O’zbekiston uchun tipik o’simlik va hayvonlar
ko’rsatilgan.
1
1
1
0
0
0
1
1
1
Maktab o’quv-tajriba uchastkasi bevosita maktab yaqinida bo’lishi, yer tekis, yaxshi tuproqli, soya
tushmaydigan bo’lishi kerak. Uning atrofini albatta o’rash kerak bo’ladi. Maktab uchastkasi agrotexnika
nuqtai nazaridan namunali bo’lsin. Uni biologiya o’qituvchisi otaliqqa oladi. Uchastkani tashkil qilishda
o’quvchilar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar uchun, maydonchani va mehnat qurollarini saqlash uchun
kichikroq xona bo’lishini mo’ljallash kerak.
Mashg’ulotlar o’tish oldidan o’quv-tajriba uchastkasidagi ishlar rejasini tuzishi kerak: unda uchastka
yer maydonini tashkil qilishni, ekinlarning joylashtirilishi, ular egallagan maydonning o’lchamini, o’quv
dasturiga muvofiq o’quvchilar bajaradigan amaliy ish, tajriba va kuzatishlarni; ularni amalga oshirish va
tartibini; muddatlari, tabiatshunoslarning tajriba ishlarini, o’quvchilarning yozgi ishlarini, kutilgan hosilni
aks ettirish zarur. Reja uchastkada shu yil amalga oshiriladigan ishlar mazmunini va ularning bajarilishini
ta‘minlash bo’yicha tadbirlarning aniq ravshan manzarasini berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |