O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


-mavzu. Tabiatshunoslikni o’qitishning



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/87
Sana30.12.2021
Hajmi1,2 Mb.
#91909
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87
Bog'liq
tabiatshunoslikni oqitish metodikasi

5-mavzu. Tabiatshunoslikni o’qitishning 
didaktik tamoyillari 
R E J A : 
1. Tabiatshunoslik darslarida didaktik tamoyillarning ahamiyati. 
2. Bilimlarni o’zlashtirishda muntazamlilik va izchillik tamoyili. 
3. O’quv materialining ilmiy va tushunarli bo’lish tamoyili. 
4. O’qitishda nazariyani amaliyot bilan bog’lash tamoyili. 
 
Tayanch  iboralar:    «didaktika»,  «tamoyil»,  «muntazamlilik»,  «izchillik»,  «ilmiylik»,  «tushunarlilik», 
«nazariya», «amaliyot». 
 
Hozirgi  zamon  pedagogikasida  o’qituvchining  faoliyati  hamda  o’quvchilar  bilish  faoliyatining 
xarakteri didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Quyida tabiatshunoslikni o’qitishda foydalaniladigan didaktik 
tamoyillar keltirildi. 
O’qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili o’qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda 
o’quv fanlarini o’qitish qat‘iy  mantiqiy tartibda olib boriladi. O’quvchilar bilim,  ko’nikma  va  malakalarni 
izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni 
o’rganadilar. 
Muntazamlilik  va  izchillik  tamoyili  o’quv  jarayonining  hamma  bo’g’inlarida  amalga  oshiriladi. 
Uning  talablari  darsliklar  va  dasturlarni  tuzishda  o’z  aksini  topadi.  O’quv  dasturida  nazariy  va  Amaliy 
mashg’ulotlarning  bir-biriga  uzviy  bog’lanishi  saqlanishi  kerak.  Har  bir  darsda  o’quv  maqsadini  aniq 
belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunini tarkib toptirish lozim.    
Tabiat haqida juda ko’plab ma‘lumotlardan kichik yoshdagi maktab o’quvchilari uchun tabiatdagi 
mavsumiy  o’zgarishlarni,  Vatanimiz  tabiatining  xilma-xilligi,  jonajon  o’lka  tabiatini  va  boshqalarni  ochib 
beruvchi, ta‘lim-tarbiyaviy jihatdan ancha qimmatli o’quv materiali tanlanadi. 
Maktab tabiatshunoslik kursi bu tabiatshunoslik fanining turli sohalarini qisqartirilgan bayoni emas, 
balki  uning  metodik  tanlangan,  muntazamlashtirilgan  unsurlaridir.  Materialni  bunday  berilishi  shu  bilan 
izohlanadiki,  kichik  yoshli  maktab o’quvchilarining tabiat to’g’risidagi fan asoslarini faqat atrof olamning 
jism  va  hodisalarini  aks  ettiruvchi  va  ular  o’rtasidagi  bog’lanishlarni  ochib  beruvchi  dastlab  oddiy  tabiiy 
ob‘ektlar bilan, keyin esa murakkabrog’i bilan izchil tanishtirib borish jarayonida egallab olishlari mumkin. 
Bu bilan tabiatshunoslikni o’qitishda muntazamlilik printsipi amalga oshiriladi.  
O’qitishning  muntazamliligi,  ya‘ni  tizimliligi  bilimni  bayon  qilishda  muayyan  sistemaga  amal 
qilishdan tashqari amaliyot bilan bog’lanishning xilma-xil shakllarini  amalga oshirilishini, jumladan nazariy 
tabiatshunoslik  bilimlarini  kuzatishlar  va  bilib  olishga  qaratilgan  qiziqarli  o’yinlar  (bu  boshlang’ich 


 
 
 
2
2
2
7
7
7
 
 
 
sinflardagi  o’qitish  uchun  xarakterlidir)  bilan;  atrofdan  hayot  va  qurilish  amaliyoti  (tabiatga  va  ishlab 
chiqarishga ekskursiyalar) bilan; mehnat ta‘limi va ijtimoiy-foydali mehnat bilan; maktab oldi uchastkasidagi 
ish va unumli mehnat bilan bog’lanishini nazarda tutadi. 
Tabiatshunoslik kurslarining izchilligi o’quvchilar uchun ularning yosh xususiyatlari, tayyorgarligi 
va rivojlanishi, shuningdek mazmunda vorislikka rioya qilish zaruratiga qarab o’quv materialining tushunarli 
bo’lishi bilan belgilanadi. Chunonchi: 
maktab  tabiatshunoslik  kursi  jonsiz  tabiatdagi  o’simlik  va  hayvonlar  hayotidagi,  odamlar 
mehnatidagi mavsumiy o’zgarishlarni (1—2 sinflar);  
jonajon o’lka tabiatini, odam organizmi va uning salomatligini (3-sinf);  
Vatanimiz  tabiatini,  undan  foydalanish  va  uni  muhofaza  qilishni  (4-sinf)  aks  ettiruvchi  materialni 
Izchillik bilan o’rganishni talab qiladi.  
Bu  mavzular  biologiya,  geografiya,  ekologiya,  odam  anatomiyasi,  sanitariya  va  gigiena  bo’yicha 
oddiy (elementar) ma‘lumotlarni beradi.  
O’quv materialini ilmiy va tushunarli bo’lish qoidasi 
 Ilmiylik tamoyili o’quvchilarga o’rganish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko’rilgan 
ma‘lumotlar  berilishini  talab  etadi.  Ularni  tanlab  olishda  fan  va  texnikaning  eng  yangi  yutuqlari  va 
kashfiyotlardan foydalanish kerak.  
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi. Har bir 
darsda o’tiladigan o’quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo’lishi va o’quvchida nafaqat bilim, 
balki tafakkur hosil qilishi  hamda  o’quvchining ijodiy  qobiliyatini shakllantirishi  kerak. Buning uchun esa 
o’qituvchi o’z ilmiy saviyasini oshirib borishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kashfiyotlar  va ilmiy 
yangiliklardan xabardor bo’lishi kerak. O’quvchilar o’rganayotgan bilimlar nazariy jihatdan tasdiqlangan va 
malda sinalgan bo’lishi lozim. 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish