BOB. MUHAMMAD MUSO AL-XORAZMIYNING MATEMATIKAGA DOIR ISHLARI HAQIDA
Maktablarda, turli anjumanlarda bo'lgan uchrashuvlarda muallimlar:
«Matematika, geometriya, trigonometriya kabi so'zlarning lug'aviy ma'nosini bilamiz. Ammo maktablarimizda o'rgatiladigan o"quv predmeti «Algebra» yoki fan va hayotga singib ketgan «algoritm» kabi so'zlar fanga qachOn, qanday kirib keldi?» degan savollar berishadi. Bunday savollarga javob matematika tarixining uzoq o'tmishdagi sahifalaridan topiladi va buyuk olimimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) nomini, yozgan risolalarini chuqur hurmat va ehtirom ila yana bir bor xotirlashga da'vat etadi.
«Muhammad Muso al- Xorazmiy bugun bolalarimiz maktablarda va oliy o`quv yurtlarida o'rganadigan algebra, algoritm kabi kashfiyotlarga asos solgan».Al-Xorazmiyning hayoti haqida kam ma'lumotga egamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |