85
devorlari buzib tashlanadi. Sopol quvurlar esa er tagida qolaveradi. Ularning qoldiqlari hozir
ham o`sha ko`milgan erdan topilmoqda. CHimqo`rg`on qishlog`i devorlari buzilib ketsa ham o`z
nomini saqlab qolgan.
Olaqarg`a — shu nomli qishloqning kelib chiqish tarixini bevosita shayx Aqliqiron ota
nomi bilan bog`lashadi. Aslida qishloq nomi Olaqarg`a emas, Aqliqiron otadir. Uning tarixi
XVIII asrdan boshlangan. Qishloqning ikki tomonidan ikkita ariq oqib o`tadi. Bularning birini
— Past ariq, ikkinchisini — Katta ariq deyishadi. Ariqlarning bo`yida 2 ta tepalik bor. Bu
tepaliklardan biri yassi, ikkinchisi baland. Ikkala tepalik hozir ham bor. YAssi tepalik katta ariq
bilan birlashgan. Aslida avvallari bu tepalik o`rnida odamlar uy qurib yashaganlar. SHu
tepalikdan 1961 yili katta xum topildi. Xumning ichida eski tangalar, kamon o`qining uchlari
topildi. Aqliqiron ota vafotidan keyin qishloq shu shayx nomi bilan Aqliqiron ota deb atala
boshlagan.
XVIII asrda shayxga atab masjid qurilgan. Qishloq nomi oldin Aqliqiron, so`ng
Alaqar, keyinchalik Olaqarg`a bo`lib, o`zgarib ketgan. Masjid esa Aqliqiron otaligicha
qolavergan. Bu masjid hozir ham bor. Hozirgi vaqtda ham qishloq Olaqarg`a nomi bilan atalib
kelinmoqda.
Boybichakon — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod rayonidagi osh tuzi koni. Boybicha —
boyning katta xotini, ba`zan boy xotin degan ma`noni ham anglatadi. Boybichakon nomi bilan
atalgan qishloq yonidagi tuz koniga ham shu nom berilgan.
SHagarak — Qashqadaryo viloyati CHiroqchi rayonidagi qishloq. Qashqadaryo viloyatida
istiqomat qilib turgan saroy qabilasi tarkibiga kiradigan qipchoq saroy urug`ining bir qismini
shagarak deyishadi. Zarafshon vodiysida ham bu urug` shagarak deb atalgan.
Uqituvchi
Surxondaryo viloyati hududidagi toponimlar tarixini o`rganishdan avval
Surxondaryo so`zining etimologiyasiga ham qisqacha to`xtalib o`tishi lozim. Viloyat nomining
kelib chiqish tarixi haqida tushuncha berilgandan so`ng o`quvchilar diqqati uning rayonlari,
qishloq, ovullari nomlari tarixiga jalb qilinadi.
Surxondaryo — tojik tilidan olingan bo`lib, «surx» — qizil, ya`ni Qizil daryo demakdir.
Surxondaryo bosh oladigan tog` tizmalari, daralar, tog` jinslarida qizil ranglar mavjud. Suv bu
jinslarni o`zi bilan oqizib kelganligi sababli qizil tusli tuyuladi. SHuning uchun erli xalq — qizil
daryoni tojik tilida «Surxondaryo» deb atashgan.
Termiz — Grek — Baqtriya davlati davrida Termiz «Tarimita» nomi bilan,
Makedonskiyning istilochilik davrida «Aleksandriya» deb atalgan. Somoniylar davrida «SHaxri
somoniy» deb ham atalgan. X asrning oxirida shaxar yana Termiz deb ataladi. Termiz nomi
«Avesto» yozuvlarida tilga olinadi. Termiz shahri tarixi xaqida ayrim afsonalar mavjud.
Aytishlariga qaraganda, grek askarlari shaharni bir necha kun qamal qilib turgan. SHaxar
mustaxkam baland devor bilan o`ralganligi tufayli shaharni ololmay, oxiri hiyla ishlatganlar —
shahar boshliqlarini qo`lga olib, qarshilik ko`rsatganlarni esa katta bir masjidga qamab, o`t
qo`yib yuborganlar. SHaxar dushmanlar qo`liga o`tgach, aholi masjiddagilarga achinishib, biror
kishi yoki tirik jon qoldimi? — deb chaqirganlar. SHunda masjid ichidan «biz tirikmiz», degan
sado chiqqan. «Biz tirikmiz» degan so`z bora-bora «termiz» bo`lib ketgan deyishadi. Albatta, bu
afsona haqiqatdan uzoq. SHahar dastlab Tarmita, Tarmeta deb talaffuz etilgan.
SHunday qilib, Termiz Balx shahrining yarmi, daryoning narigi tomonidagi qismi, deb
hisoblangan. Termiz rayonidagi Namuna kolxozi hududida milodimizning VI — VII asrlarida
g`ishtdan qurilgan juda katta Qariqiz binosining xarobalari bor. SHahar Mo`g`ullar tomonidan
vayron qilingan bir qancha vaqt o`tgandan keyin qaytadan qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: