O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet337/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Ziyolilik.  Ziyolilik  tamoyili  hozir  biz  anglaydigan  tushuncha  ma‘nosida  nisbatan  uzoq  tarixga  ega  emas.  U 
jadidchilik  harakati  bilan  birga  yuzaga  keldi  desak,  xato  qilmagan  bo‘lamiz.  Lekin  bu  tamoyilning  inson 
faoliyatidagi dastlabki unsurlari O‘rta asrlar va undan keyingi davrlardagi ma‘rifatparvarlar hayotida shakllanganini 
e‘tirof etmoq lozim. Ya‘ni, u insoniyat jamiyatidagi madaniy va intellektual  – aqliy taraqqiyot bilan bog‘liq. SHu 
bois uni inson paydo bo‘lganidan ancha keyin vujudga kelgan axloqiy hodisa deb talqin etish maqsadga  muvofiq. 
XX asr allomalaridan biri, buyuk olmon faylasufi, «Frankfurt maktabi»ning namoyandasi Teodor Adorno Ikkinchi 
jahon urushidagi genotsiddan so‘ng, ziyolilik – axloqiy kategoriya, degan fikrga kelganida mutlaqo haq edi. 
SHuni alohida ta‘kidlash joizki, ziyolilik axloqiy tushuncha  – tamoyil sifatida murakkab va ko‘pyoqlamalik 
tabiatiga  ega.  Ba‘zilar  ziyolilik  deganda  oliy  ma‘lumotli  kishiga  xos  bo‘lgan  fazilatni  tushunadilar.  Vaholanki, 
ziyolilik tamoyili tabaqa yoki guruhga mansublik ma‘nolarini anglatmaydi. Oddiy fermer – dehqon ham, haydovchi 
ham, farrosh ham ziyolilik tamoyili bilan ish ko‘rishi va atrofdagilar tomonidan: «Ha, falonchimi, juda ajoyib, ziyoli 
odam–da», degan  yuksak ijtimoiy bahoga loyiq bo‘lishlari  mumkin. Bunda u odamning kasbidan qat‘i  nazar, ham 
bilim,  ham  fahm–farosat,  ham  oliy  maqsadlar  egasi  ekani  tushuniladi.  SHunday  qilib,  ziyolilik  asosida  insonning 
ma‘naviy–ma‘rifiy yuksakligi, qalbidagi ichki nur, atrofni ham nurlantira oladigan ziyosi bilan belgilanadigan xatti–
harakatlar yotadi. 
Ziyolilik  tamoyiliga  hukmron–ma‘muriy  doiralar  va  xalq  tomonidan  o‘ziga  xos  munosabatlar  mavjud. 
CHunonchi,  birinchi  toifadagilar  ko‘p  hollarda  ziyolilikka  umumiy  tarzda  ijobiy  munosabatda  bo‘ladilar,  lekin 
masala  muayyan  ziyoli  shaxslarga  borib  taqalganda,  manfaatlar  to‘qnashuvi  ro‘y  beradi:  ziyolilar  hukmronlar 
toifasini  ziyolilik  tamoyili  asosida  yashashi  va  ish  yuritishini  talab  qiladi,  bu  esa  ularga,  tabiiyki,  yoqmaydi,  buni 
hokimiyat  ishlariga  aralashish  deb  ijirg‘anadilar,  turli  bahonalar  topib,  zimdan  ziyolilarga  qarshi  kurashadilar. 
Bunga  Lev  Tolstoydek  buyuk,  pokiza  insonning  cherkov  tomonidan  la‘natlanishi  yoki  norasmiy  Turkiston 
Ligasining  rahbari,  istiqlol  fidoyisi,  mard  sarkarda,  haqiqiy  ziyoli,  chor  armiyasi  general–mayori  Jo‘rabek 
Qalandarqori  o‘g‘liga  suiqasd  uyushtirilishi  –  Qorasuvdagi  o‘z  yozgi  bog‘ida  sirli  ravishda  o‘ldirilishi  hodisalari 
yaqqol misol bo‘la oladi. Mustamlakachilikka va totalitar tuzumlarga asoslangan mamlakatlarda ziyolilik tamoyiliga 
sodiq  kishilar  to‘g‘ridan–to‘g‘ri,  ochiq  qatag‘on  qilinadilar.  Bunga  misol  qilib,  Fitrat,  Qodiriy,  CHo‘lpon  kabi 
jadidlarni va Stalin–Hitler konslagerlarida halok bo‘lgan minglab ziyolilarni keltirish mumkin. 
Ziyolilik  tamoyiliga  oddiy  fuqarolarning  munosabatida  esa  ikki  xil  yondashuv  ko‘zga  tashlanadi.  Ularning 
faol  va  ilg‘or  qismi,  millatning  o‘zagini  tashkil  etadigan  ko‘pchilik  odamlar  ziyolilarga  havas  bilan  qaraydilar, 
ziyolilarning  xatti–harakatlarini  nafaqat  ma‘qullaydilar,  balki  o‘z  farzandlari  va  yaqinlariga  namuna  qilib 
ko‘rsatadilar.  Ammo  oddiy  aholilik  majburiyatidan  boshqa  narsani  bilmaydigan,  tarixdan  «omma»  deb  atalib 
kelinadigan  ijtimoiy  qatlam  kishilari,  ularning  ma‘lumotlari  oliy  yoki  o‘rtaligidan  qat‘i  nazar,  ziyolilarga  istehzo 
bilan,  «hokimiyat  bilan  o‘ynashgan  esi  pastlar»  deb  qaraydilar.  Ana  shu  xudbin  va  mahdud  «omma»  qaysi  yerda 
kamayib borsa, o‘sha jamiyatda taraqqiyot yuksak darajaga ko‘tariladi. Zero, ziyolilik keng ma‘nodagi fidoyilikdir. 
SHu  bois  mustaqilligimizning  ilk  kunlaridanoq  bizda  ziyolilik  tamoyilini  har  bir  fuqaroga  singdirish  uchun 
muntazam kurash olib borilmoqda. Uni singdirish esa ma‘naviyatni yuksaltirish orqali ro‘yobga chiqadi. Bu kurash 
tepasida ma‘naviyatni ustuvor soha deb e‘lon qilgan Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov turibdi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   333   334   335   336   337   338   339   340   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish