O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Ilk  o‟rta  asrda  tasavvuf va islom ilohitshunoslik ta‟limotlari. Ularning dunqarash mazmuni



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Ilk  o‟rta  asrda  tasavvuf va islom ilohitshunoslik ta‟limotlari. Ularning dunqarash mazmuni. Tasavvuf 
o`rta  asrlar  musulmon  Sharqida  keng  tarqaladi.  Bu  ta'limot  dastlab  VIII  asr  o`rtalarida  Iroqda  yuzaga  kelgan.  
Tasavvuf  ta'limoti  asosida  inson  faoliyati  va  uning  kamoloti  yotadi.  Turkiston  va  Movarounnahrning  turli 
o`lkalarida tasavvufning turli tariqatlari paydo bo`ladi. Turkistonda XII asrda Yassaviya, XII asr oxirida Xorazmda 
Kubroviya,  XIV  asrda  Buxoroda  Naqshbandiya  va  boshqalar  vujudga  keladi.  Movarounnahrda  keng  yoyilgan 
tasavvuf  Yassaviya  tariqati  bo`lib,  unga  Ahmad  Yassaviy  asos  soladi.  Tariqatning  asoslari  Yassaviyning  mashhur 
"Hikmat"  asarida  bayon  etiladi.  Ahmad  Yassaviyning  fikricha,  shariatsiz  tariqat,  tariqatsiz  ma'rifat,  ma'rifatsiz 
haqiqat  bo`la  olmaydi.  Ularning  har  biri  ikkinchisini  to`ldiradi  va  takomillashtiradi.  Yassaviy  tariqatining  asosida 
kamolotga  uzlat  va  tarkidunyochilik  orqali  yetishish  g`oyasi  olg`a  suriladi.  Unga  faqat  bu  dunyo  rohati  va 
farog`atidan voz kechib, uzlatda toat va ibodat yo`lida zahmat chekib, mashaqqatli mehnat qila olgan kishigina yetib 
boradi. Xullas, Yassaviy tariqatida mashaqqatli mehnat va aziyat shariat yo`lida bo`lmog`i hamda tarkidunyochilik 
targ`ib  etilsa-da,  inson  zoti  sharif  darajasida  ulug`lanadi.  Insonning  har  qanday  mol-dunyodan  va  davlatdan  ustun 
turishi ta'kidlanadi. 
Tasavvuf  ta'limotining  buyuk  siymolaridan  yana  biri  Najmiddin  Kubro  (1145-1221)  edi.  U  Xorazmda 
"Kubroviya"  tariqatiga  asos  soladi.  Yassaviy  tariqatidan  farqli  o`laroq,  Kubroviya    tariqati  tarkidunyochilikni  rad 
etadi.  Kamolot  yo`lida  olib  boriladigan  mashaqqatli  mehnat  jarayonida  bu  dunyo  noz-ne'matlaridan  bahramand 
bo`lishning  joizligi  g`oyasi  ilgari  suriladi.  Kubroviya  tariqatida  xalqqa  va  Vatanga  bo`lgan  muhabbat  nihoyatda 
kuchli  bo`lib,  har  qanday  og`ir  damlarda  ham  omma  bilan  birga  bo`lish,  Vatanni  mudofaa  qilish  va  uning 
mustaqilligi uchun kurashga da'vat etiladi. 
Tasavvuf  XIV  asrda  naqshbandiya  tariqatida  yanada  rivoj  to‘adi.  _  Unga  Bahouddin  Naqshband  asos 
soladi.  U  1318-yilda  Buxoro  yaqinida  Qasri  Hinduvon  qishlog`ida  matolarga  naqsh  bosuvchi  hunarmand  oilasida 
dunyoga keladi. Yoshligida o`qish va ta'lim olish bilan bir qatorda kimxob matoga gul bosishni ‗uxta o`rganib, ota 
kasbi naqqoshlikni egallagan. 
Xoja  Bahouddin  "Hayotnoma"  va  "Dalil  al-oshiqin"  nomli  asarlar  ,  yozib,  o`z  tariqatini  yaratadi. 
Naqshbandiya tariqati Movarounnahr, Xuroson va Xorazmda keng tarqaladi. Naqshbandiya tariqati insonlarni halol 
va  pok  bo`lishga,  o`z  mehnati  bilan  kun  kechirishga,  muhtojlarga  xayr-ehson  berishga,  sofdil  va  kamtar  bo`lishga 
chaqiradi. Uning "Dil ba yoru dast ba kor" ("ko`ngil Allohda bo`lsin-u, qo'1 ish bilan band bo`lsin") degan hikmati 
Naqshbandiya tariqatining  hayotiy  mohiyatini  ifodalaydi.  U tarkidunyochilikni rad etib,  mehnatsevarlik, odillik  va 
bilimdonlikni  targ`ib  etadi.  Naqshbandiya  ta'limoti  taraqqiyotiga  keyingi  asrlarda  Alisher  Navoiy,  Abdurahmon 
Jomiy, Xo`ja Ahror kabi buyuk allomalar katta hissa qo`shadilar. 
Mustaqillik  sharofati  bilan  Ahmad  Yassaviy,  Bahouddin  Naqshband,  Najmiddin  Kubro  singari 
bobokalonlarimizning aziz nomlari tiklandi, qadamjolari obod etildi. Asarlari chop etilib, ularning bebaho ma'naviy 
                                                 
21
 Qarang: Ибн Сино. Избранние философские произведения. – М.: Наука, 1980. – Б.30. 
22
 Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – Б.31.  
23
 Qarang: Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 266-b 
24
 Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 267-b. 


meroslaridan hozirgi avlodlar bahramand bo`lmoqdalar. 
Mafkura — ma'lum maqsadni ro`yobga chiqarish uchun xizmat qiluvchi g'oyalar yig'indisi.  
 Tasavvuf (sufiylik) - musulmonlarni halollikka, poklikka, tenglikka, inson qadr-qimmatini yerga urmaslikka 
chorlovchi,  har  kimni  o`zining  halol  mehnati  bilan  yashashga,  boshqalarnlng  kuchidan  foydalanmaslikka  davat 
etuvchi ta'limot. 
 Tariqat  —  tasavvuf  qoidalarlga  amal  qllib  yashash,  ya'ni,  komil  inson  darajasiga  erishishni  ko`rsatuvchi 
to'g'ri yo'l. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish