O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


 MIKROORGANIZMLARNI O`STIRISH USULLARI



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/78
Sana01.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#106084
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma 31a0a214e510c5f081efe92a9659ed00

7. MIKROORGANIZMLARNI O`STIRISH USULLARI 

7.1. Aseptika texnikasining qoidalari 

 

Tirik  mikroorganizmlar  populatsiyasiga  kultura  deyiladi.  Laboratoriyada  kulturalar  turli  shaklda  bo`ladi; 

suyuq muhitlarda, agarli "kosyak"larda, Petri likopchalaridagi qattiq muhitlarda. Mikroorganizmlar kulturasi faqat 

bir turdan iborat bo’lsa, u sof kultura deyiladi. Mikrobiologlar deyarli hamma vaqt sof kulturalar bilan ish tutadilar. 

Agar  kultura  bittadan  ortiq  mikroorganizmlar  turini  tutsa,  u  kultura  aralash  yoki  iflos  deyiladi.  Shuning  uchun  sof 

kulturalarni  tozaligini  saqlash  mikrobiologlarning  asosiy  vazifalaridandir,  chunki  aks  holda  tadqiqotlarda  olingan 

natijalar to`g`ri bo`lmaydi. Mikrorganizmlar keng tarqalganligi tufayli ularni sof  kulturalarga tushmasligini ta'minlash 

uchun  choralar  ko`rish  muhim,  ya'ni  aseptika  texnikasiga  amal  qilish  lozim.  Demak,  aseptika  texnikasiga  ko`ra, 

mikroorganizmlar  sterillangan  oziqa  muhitida  o`stiriladi  va  bu  muhitni  atrofdan  mikrorganizmlar  tushmasligidan 

saqlash kerak. Sof kultura oziqa muhitga ekilganda qo`yidagi aseptika texnikasi qoidalariga amal qilinadi:  

1) sof kulturaga tegishi mumkin bo`lgan barcha narsalar oldindan sterillanadi;  

2) oziqli muhit sterillanadi;  

3)  ekish  va  qayta  ekish  vaqtlarida  kultura  ifloslanishidan  saqlanishi  uchun  ehtiyot  qilinadi;  Buning  uchun 

quyidagi choralar amalga oshiriladi:  

a) barcha idish va oziqli muhitlar tayyor bo`lishi bilan darhol sterillanadi;  

b) havodagi mikroblar tushmasligi uchun oziqli muhitlar yopiq idishlarda saqlanadi. Bunda paxta va dokadan 

tayyorlangan  tiqinlardan  foydalaniladi,  va  ular  faqat  ekish  vaqtida  olib  turiladi,  lekin  hech  qachon  stol  yoki  boshqa 

vositalarga qo`yilmaydi.  

v)  sterillangan  idishlarni  ichki  va  ulardagi  steril  oziqli  muhitlarga  hamda  sof  kulturalarga  tegishi  mumkin 

bo`lgan barcha vositalar avvaldan sterillanadi, masalan, bakteriologik ilmoq;  

g) ekish va qayta ekish vaqtida ishlatiladigan probirka va kolbalarni og`zi ishdan oldin flambirlanadi va iloji 

boricha kam vaqt davomida ochiq holda qoldiriladi. 

d)  Ish  joyini  mikroorganizmlar  bilan  ifloslanishdan  saqlash  lozim,  ilmoqlar  ishlatilgandan  so`ng  ham 

sterillanadi, pipetkalar esa dezinfeksion suyuqliklarga solinib qo`yiladi. 

 

Laboratoriya  sharoitida  probirkadagi  suyuq  muhitdan  boshqa  probirkadagi  muhitga  ekish,  yoki  Petri 



likopchasidagi agarli qattiq muhitga ekish kabi ishlar tez-tez amalga oshirib turiladi. Talabalar bunday mashg`ulotlarni 

bajarib,  aseptika  texnikasi  qoidalarni  amalda  qo`llanishini  o`rganishlari  lozim.  Probirkadan  probirkaga  ekishda 

qo`yidagi ishlar bajariladi:  

 

1. Marker yordamida ekiladigan probirkalarga talabaning ismi, guruhining raqami yoziladi. 



 

2. Ilmoq alanganing yuqori qismida cho΄g` holatigacha flambirlanadi, 10 daqiqa davomida sovitiladi, lekin stolga 

qo`yilmaydi (5 – 10 rasmlar).  

         3. Chap qo’l bilan kulturali probirka  olinadi va  ilmoq ushlagan qo`lni bo`sh barmoqlari bilan probirkani tiqini 

olinadi lekin tiqin stolga qo`yilmay ushlab turiladi. Probirkaning og`zi alangada qisqa vaqt qizdiriladi.                        

  

4.  Ilmoqdan  foydalanib  probirkadagi  suyuqlikdan  olinadi,  bunda  ilmoq  probirkaning  ichki  tomoniga  tegmasligi 



kerak.  

5. Probirkani og`zi va tiqini alangada qizdirilib, probirka yopiladi va shtativga qayta qo`yiladi. 

6. Bo΄sh qo΄l bilan ekiladigan probirka olinadi va yuqoridagiday ochilib, og`zi steril qizdiriladi. 

7. Ilmoqdagi suyuq kultura probirkaga asta solinadi so`ng aralashtiriladi.  

8. Ilmoqdagi tomchilarni probirkani ichida qoldirish uchun ilmoq probirkani ichiga, suyuqlik tugagan joyiga 

tegiziladi.  

9.  Ilmoq  asta  chiqariladi  va  probirkani  og`zi  bilan  tiqin  flambirlanadi,  probirka  yopiladi  hamda  shtativga 

qo`yiladi.  

10. Ilmoq cho`g` holatigacha qizdiriladi. 

  

 



Probikadan Petri likopchasiga ekishda qo`yidagi ishlar amalga oshiriladi.:  

1. Petri likopchasining ustiga marker yordamida talabaning ismi, guruhining nomeri, sana yoziladi.  

2. Yuqorida aytilganday, probirkadan ilmoq bilan kultura solinadi.  

3. Bo’sh qo’l bilan Petri likopchasining qopqog`i ochiladi, lekin stolga qo`yilmaydi va likopcha ustida ushlab 

turiladi.  

4.  Petri  likopchasidagi  oziqli  muhitga  ilmoqdagi  kultura  "shtrix"  usulida  ekiladi.  Bunda  agarni  o`ymasdan 

ehtiyot qilib ekish lozim.  

5. Petri likopchasi yopiladi.  

6. Ilmoq flambirlanadi va joyiga qo`yiladi.  

Ekmalar 28

0

S da keyingi darsgacha o`stiriladi.  




Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish