O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti



Download 0,66 Mb.
bet36/42
Sana07.01.2022
Hajmi0,66 Mb.
#326843
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Bog'liq
mineral oziqlanish

3-amaliy mashg’ulot
Ildizning mineral elementlarni o’zlashtirishdagi ro’li. Ildizda murakkab birikmalarning sintezi.
O’simliklar ildiz sistemasi bir qator funksiyalarni bajaradi, birinchidan, tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni o’zlashtiradi, ikkinchidan ba’zi organic birikmalarning birlamchi sintezini amalga oshiradi, uchunchidan zaxira oziq moddalar to’playdi.

H.G.Potapovning aniqlashicha bazi mineral moddalarning murakkab organic birikmalarga o’tishi ildiz to’qimalarida ro’y beradi.Masalan makkajo’xorida 50-70 % o’zlashtirilgan azot uning poyasi va barglariga organic birikmalar holida kirib,ulardan 30 % aminokislotalardan iborat bo’ladi.A.Kursanov C14 va N15 izotoplarini qo’llab,ildiz orqali o’zlashtirilgan CO2 gazi organic kislotalar tarkibiga o’tganligini kuzatgan.P32 ni qo’llash natijasida u ildiz orqali yutilib, o’zlashtirilib o’simliklarning poya va barglarida nukleoproteid va lipoidlar tarkibiga kirganligi aniqlangan.

Mineral moddalar va suv so’rilishida butun ildiz sistemasi ishtirok etmay,balki ildizning bir qismi,yani ildiz tukchalari ishtirok etadi.Ildiz tukchalari idizning so’rish yuzasini bir necha marta oshirib,natijada ildiz bilan tuproqning bir biriga tegish yuzasi ortadi.Ildiz tukchalari juda oz vaqt,yani 10-20 kun faoliyat ko’rsatib,so’ngra nobud bo’ladi.Ildizning o’sish zo’nasida hamisha yangi ildiz tukchalari hosil bo’lib turadi.

O’simliklarning mineral oziqlanishida nafas olish jarayoni asosiy ro’l o’ynaydi, chunki ajraladigan energiya ionlar almashinuvini ta’minlaydi. Hozirgi tushunchaga asosan ionlar yutilishining birinchi bosqichida adsorbsiya amalga oshib, bunda tashqi muhitdan ionni adsorbsiya (so’rib) qilib, tashqariga o’zga ion ajratadi. Asosiy almashinadigan ion­lar — bu H+ va HC03-, nafas olish jarayonida hosil bo’ladi, bunda H+ kationlar tashqi eritma kationlariga almashina- di va HC03 anionlari o’z navbatida, tashqi eritma anionlariga almashinadi. Almashinadigan ionlardan K, Ca, Mg va boshqalar o’simliklar ildizi ajratadigan ionlardan iboratdir. Plazmalemmadan H+va HC03 ionlarini tashqi erit­ma ionlari siqib chiqaradi,

Plazmalemmaning ion komponentlari hamisha harakatda bo’lib turadi. Protoplazma yuzasidagi biokolloidlar adsorbilangan ionlar oqsil molekulalari bilan labil (turg’un) birikmalar hosil qilib, bunda K+ va Mg+ ionlari dispers — suv muhitda erkin holda qolishi mumkin. Sitoplazmani ionlar biriktirib olish xossasi oqsil hosil bo’lishi intensivligiga bog’liq, Sitoplazmaning to’xtovsiz harakati ionlarning ko’chirilishiga va almashinuviga yordam beradi. Ionlar oqsillar bilan juda qattiq bog’lanib, tonoplast yordamida adsorbilanib, undan hujayra shirasiga desorbsiya qilinadi.

Yosh hujayralarda (vakuolasiz) ionlar faqat sitoplazmaga o’tadi. Ionlarning hujayraga kirishi muhit reaksiyasiga bog’liq bo’ladi. Neytral va ishqoriy muhitda kationlar tezroq o’tadi, kislotali muhitda esa anionlar o’tadi. Mineral elementlarning o’tish tezligi ichki va tashqi sharoitga bog’liq, Ildizda uglevodlar to’plansa, nafas olish jarayoni normal borib, mineral elementlarni kirishiga yo’l ochiladi. Ular kirishiga o’simlikning yoshi ham bog’liq. Sintetik jarayonlarning kamayishi bilan, ya’ni qarish jarayonida mineral elementlarning kirishi susayadi. Qarigan o’simliklarda K+, Mg2+va boshqa elementlarning tashqi muhitga desorbsiyasi ham kuzatiladi. Tuproq aeratsiyasi tufayli o’simliklarga mineral elementlarning kirishi ildiz sistemasiga kislorodning yetib borishi natijasida hujayraning normal nafas olishi kuzatiladi. Tuproqning suv rejimi ham, ya’ni normal namlik va boshqa omillar mineral elementlarning o’zlashtirishiga imkon beradi.



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish