5-mavzu. Qadimgi davr o‘zbek folklori – etnomadaniyat tarixida muhim manba. Xalq og‘zaki badiiy ijodini o’rganuvchi fan folklorshunoslik yoki folkloristika deb yuritilishi. Folklorshunoslik asoslarining qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqalishi. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlaming lokal to‘g‘risidagi ilk fikrlari folklorshunoslik uchun muhim ekanligi. Folklor namunalarini yozib olishdagi birinchi tajribalar. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit-turk» asaridagi namunalari. Qadimgi davr folklori deganda qadim zamonlardan to X asrga qadar yaratilgan va ijro etilgan vokal asarlari nazarda tutilishi. Qadimgi davr folklori haqidagi ma’lumotlami bizga qadar etib kelgan ayrim yozma manbalardan, arxeologik topilmalardan o’rganishimiz. Etnomadaniy jarayonning shakllanishida qadimgi davr folklorining o‘mi va ahamiyati.
6-mavzu. O’zbek xalq og’zaki ijodi: xalq maqollari, topishmoqlari,qo‘shiqlari va xalq dostonlari 0‘zbek xalq og’zaki ijodi. Maqol xalq hayotiy tajribalari xulosasini ifodalovchi hikmatli fikrlar majmuasi. Har bir maqolning vujudga kelishida birorta ibratli voqeaning ahamiyati katta ekanligi. Topishmoqlar xalq zukkoligi va topqirligi mahsuli ekanligi. Chistonlar. Xalq qo‘shiqlarining paydo bo‘lishi. Qo‘shiqlarda xalq orzu armonlarining ifoda etilishi. Doston o‘zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biri ekanligi. Uning yaratilishi xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvariik haqidagi g‘oyalari bilan chambarchas bog’liqligi. Dostonlaming sinkretik – omuxta janr hisoblanishi. Xalq dostonlarining ijrochilari 0 ‘zbekistonning turli hududlarida turli nomlar bilan yuritilishi.
7-mavzu. Madaniy taraqqiyotda xalq teatri va milliy raqslarning o‘rni. Insoniyatning madaniy taraqqiyoti tarixini teatrsiz tasawur qilib bo‘lmasligi. Antik teatr mazmunan xalq hayoti, uning taqdiri bilan bog‘liq ulug’vor g’oyalar teatri sifatida dunyoga kelganligi. Qadimgi Yunonistonda Esxil, Sofokl Evripid, Aristofan, Rimda Plavt va Senekalar yangi sahnaviy shakllar, umumlashgan falsafiy, teran badiiy obrazlar orqali el-yurtni jo‘shqin sevish, qadrlash e’tiqodlarini tarannum etganliklari. Antik dunyodan bizga badiiy ijodning tragediya, komediya janrlariga oid benihoya go‘zal, badiiy yuksak adabiy namunalari etib kelganligi. Raqs san’ati madaniyatning o‘ziga xos, eng go‘zal turi sifatida. Raqs san’ating estetik jihatlari. Raqslarga ko‘chgan orzu armonlar va umidlar. Xalq madaniyatining takomillashib borishida teatr va raqs san’atining beqiyos ulushi va ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |