O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Bolaning  kattalar  nutqini  tushunishini  rivojlantirish



Download 380,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/51
Sana28.11.2020
Hajmi380,41 Kb.
#52908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
maktabgacha talimda nutq va ozga tilga orgatish

Bolaning  kattalar  nutqini  tushunishini  rivojlantirish.  Bu 

jarayon  ma’nosiga  tushunadigan  so‘zlar  to‘plamini  kengaytirish 

bo‘lib,  uning  mazmuniga  quyidagilar  kiradi:  1)  o‘z  ismini,  yaqin 

kishilari  ismini;  2)  kiyim-kechaklar,  mebellar,  idish-tovoqlar 

nomini; 3) bir joydan ikkinchi joyga borishda transport vositalari 

nomini; 4) o‘ziga tanish bo‘lgan hayvonlar va o‘simliklar nomini; 

5)  o‘z  tanasining,  o‘yinchoq-hayvonlar  tanasining  ayrim  qismlari 

(qo‘l-oyoqlar, bosh, og‘iz, ko‘z, quloq) nomini bilib olishi.  

Faol  nutqni  o‘stirishga  bola  tomonidan  tez-tez  eshitib 

turiladigan  tovush  birikmalari  va  so‘zlarga  taqlid  qilish  orqali 

erishiladi.  

1  yoshdan  1  yosh-u  6  oylikkacha  bo‘lgan  bola  ajablanish, 

shodlik,  norozilik,  xafalik  va  shu  kabilarni  ifodalovchi  ba’zibir 

intonatsiyalarni takrorlay bilishi, yaqin kishilarni (oyi, dada, opa, 



aka  va  hokazolar)  hamda  tanish  buyumlar  va  o‘yinchoqlarni 

(payola, karavot, stol, ayiqcha, qo‘g‘irchoq va boshqalar), tanish 

ish-harakatlarni (o‘tir, tur, menga ber, qo‘yib yubor va boshqalar) 

bildiruvchi so‘zlarni aytib, o‘z lug‘atini faollashtirib boradi.  

1  yosh-u  6  oylikdan  2  yoshgacha  bo‘lgan  davr  nutq 

o‘sishining ikkinchi davri hisoblanadi. Bu davrda nutqni tushunish 

qobiliyatlari ularning faol nutqi taraqqiyotidan ancha o‘zib ketadi. 

Taqlid  qilishning  o‘sishi  natijasida  ikki  yoshga  qadam  qo‘ygan 

bolalarning  talaffuz  etadigan  so‘zlari  soni  ortib,  200  –  300  taga 

yetadi;  ularning  lug‘atidagi  so‘zlar  tarkibida  tevarak-atrofdagi 

kishilarni anglatadigan so‘zlar (qiz bola, o‘g‘il bola, xola, amma, 

tog‘a,  amaki,  buvi,  buva),  uyda  va  uydan  tashqarida  (bog‘da, 

hovlida, ko‘chada) bo‘ladigan narsalarni anglatuvchi so‘zlar, ba’zi 

bir  hayvonlar  va  o‘simliklarni,  kunda  ko‘rib  turadigan  xatti-

harakatlarini  anglatuvchi  so‘zlar  mavjud  bo‘lib,  ular  lug‘at 

to‘plamini  kengaytirib  boradi.  Shuningdek,  bu  yoshdagi  bolalar 

iboralar (kosa stol ustida  turibdi; sut kosada; u yerda; bu yerda

ma’nosini  to‘g‘ri  tushunish  qobiliyatiga  ega  bo‘ladilar  va  ularni 

o‘z o‘rnida ishlata olish ko‘nikmasi sekin-asta shakllana boradi  

Shunday  qilib,  2  yoshga  qadam  qo‘ygan  bolalar  nutqining 

o‘sishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, “Maktabgacha ta’lim 




 

10

muassasasida 



ta’lim-tarbiya 

dasturi” 

bolalarda 

tevarak-


atrofdagilar bilan asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutqni o‘stirishga; 

bolalarni  kattalarga  va  boshqa  bolalarga  turli  munosabatlar  bilan 

murojaat  qilishga  undash,  savollar  bera  olishga,  o‘zining 

istaklarini  va  iltimoslarini,  ko‘rgan-bilganlarini  2  –  3  gap  bilan 

ifodalashga,  atrofdagilarning  gapiga  diqqat  bilan  quloq  solishga, 

ularning  so‘z  bilan  ifodalangan  talablarini  bajarishga,  savollarga 

(Bu  kim?,  Bu  nima?  va  hokazo)  javob  berish  qobiliyatini 

o‘stirishga alohida o‘rin ajratgan.  




Download 380,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish