O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Davlat byudjeti xarajatlari tarkibi va tuzilishi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

Davlat byudjeti xarajatlari tarkibi va tuzilishi
(2021-yil davlat byudjeti xarajatlari misolida) 
№ 
Xarajatlar turlari 
miqdori,
mlrd. so„m 
ulushi, 

1.
Ijtimoiy xarajatlar 
86386 
52,1 
2.
Iqtisodiyotga xarajatlar 
13837 
8,4 
3.
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish 
17200 
10,4 
4.
Davlat boshqaruv organlarini saqlash 
4911 
3,0 
5.
Adliya, prokuratura va sud organlarini saqlash 
1588 
1,0 
6.
Oʻz-o‗zini boshqarish organlari va NNT ni qo‗llab-
quvvatlash xarajatlari 
937 
0,6 
7.
Vazirlar mahkamasi, Qoraqalpog‗iston respublikasi, 
viloyatlar, shaharlar va tumanlar byudjetlarining 
zaxira jamg‗armalari 
1450 
0,9 
8.
Ish haqi va kommunal xizmatlar tariflarini oshirish 
bilan bog‗liq xarajatlar 
8401 
5,1 
9.
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
3500 
2,1 
10.
Davlat qarziga xizmat ko‗rsatish xarajatlari 
3059 
1,8 
11.
Boshqa xarajatlar 
24387 
14,7 
Jami xarajatlar 
165656 
100,0 
Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat 
tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma‘nodagi ifodasini o‗zida aks 
ettiradi.
Davlat byudjeti xarajatlarida ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarning salmog‗i 
yuqori bo‗lib, bu turkum xarajatlar jami byudjet xarajatlarining o‗rtacha 52-55 foizini 
tashkil qiladi.
Ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarning qariyb 40 foizini 
ta‟lim tizimiga 
sarflanadigan xarajatlar
tashkil qilmoqda. Bu xarajatlar davlat tomonidan 
kafolatlangan ta‘lim xizmatlarini ko‗rsatuvchi maktabgacha ta‘lim, umumiy o‗rta va 
o‗rta maxsus ta‘lim, kasbiy ta‘lim, oliy ta‘lim va uzluksiz ta‘lim tizimining boshqa 
muassasalarini saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarni o‗z ichiga oladi.
Sog„liqni saqlash xarajatlari 
ham davlatning ijtimoiy sohani bu tarmog‗iga 
bo‗lgan e‘tiborining ortib borishiga monand ravishda yildan yilga ko‗paymoqda 
va ijtimoiy maqsadlardagi xarajatlarning o‗rtacha 23-24 foizini tashkil qilmoqda.
Ijtimoiy xarajatlarning tarkibida 10-12 foizni tashkil qilib turgan 
“Ijtimoiy 
himoya”
xarajat guruhi ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo‗lgan oilalarga nafaqalar, 
moddiy yordam va kompensatsion to‗lovlarni nazarda tutadi. Lekin bugungi kun 
voqeligi faqat ayrim fuqaro guruhlariga nafaqalar berishni nazarda tutuvchi passiv 


112 
ijtimoiy siyosat mexanizmlarining aholini ijtimoiy muhofaza qilish uchun yetarli 
emasligini ko‗rsatmoqda. 
Tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, yangi ish o‗rinlarini ochish 
hisobidan aholi bandligini yanada oshirish, aholining muhtoj qatlamlari bandligini 
oshirishni rag‗batlantirishga qaratilgan aktiv ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari 
Oʻzbekiston 
Respublikasini 
yanada 
rivojlantirishning 
2017–2021-yillarga 
mo‗ljallangan Harakatlar strategiyasining to‗rtinchi yo‗nalishida o‗z aksini topgan.
Davlat byudjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlariga quyidagi xarajat 
guruhlari kiradi: 

iqtisodiyotga xarajatlar; 

markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari. 
Davlat byudjetining iqtisodiyot sohalariga yo‗naltirilgan xarajatlari so‗nggi 
yillarda jami xarajatlarning 8-10 foizi atrofida, markazlashgan investitsiyalarni 
moliyalashtirish bilan bog‗liq xarajatlar esa o‗rta hisobda 10-11 foizni tashkil etgan.
Davlat byudjetining iqtisodiyotga xarajatlari tarkibiga qishloq va suv xo‗jaligi 
sohasidagi respublika nazorat organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o‗rmon xo‗jaligi 
xarajatlari, qishloq xo‗jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish 
muassasalarining xizmatlariga haq to‗lash va ularni saqlab turish, hosildorligi past 
yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi 
fermer 
xo‗jaliklarini 
moliyaviy 
qo‗llab-quvvatlash, 
standartlashtirish 
va 
sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr, shuningdek, 
geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish xarajatlari, 
gidrometeorologiya 
xizmati 
muassasalarini 
saqlab 
turish, 
atrof-muhit 
va 
landshaftning, biologik xilma-xillikning himoya qilinishini ta‘minlash bilan bog‗liq 
bo‗lgan xarajatlar kiradi.
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari tarkibiga respublika 
vazirliklari, davlat qo‗mitalari va idoralari buyurtmachi bo‗lgan markazlashtirilgan 
investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari, jumladan: respublika iqtisodiyotini 
rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha investitsiya loyihalari, davlat 
maqsadli dasturlari va davlatlararo bitimlarni amalga oshirish; sug‗oriladigan yerlarni 
tiklash va yangilarini o‗zlashtirish, suv xo‗jaligi qurilishi hamda kichik 
gidroenergetikani rivojlantirish; aholi punktlarining muhandislik infratuzilmasi
birinchi navbatda, yakka tartibdagi qurilish massivlarini rivojlantirish; ta‘lim, 
sog‗liqni saqlash, madaniyat obyektlari va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa 
tarmoqlarini qurish; davlat ilmiy muassasalarini rivojlantirish; davlat boshqaruvi, 
huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy muassasalarining moddiy-texnika 
bazasini rivojlantirish va mustahkamlash; umumdavlat tabiatni muhofaza qilish 
tadbirlarini amalga oshirish va tabiiy ofatlardan himoya qiluvchi inshootlarni qurish 
xarajatlari kiradi. 
Barcha davlatlarning byudjet xarajatlari tarkibida mamlakatni boshqarish, 
hukumat idoralarini saqlash bilan bog‗liq xarajatlar ko‗zda tutiladi. Oʻzbekiston 
Respublikasi byudjet amaliyotida ham ushbu maqsadlarga yo‗naltiriladigan byudjet 
mablag‗lari tarkibiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, adliya, prokuratura 
va sud organlari, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari 


113 
kiradi, bu turkum xarajatlar so‗nggi yillarda davlat byudjeti xarajatlarining 4,5-4,9 
foizini tashkil qilib kelmoqda. 
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ―Boshqa xarajatlar‖ guruhi jami byudjet 
xarajatlarining qariyb 15 foizini tashkil qilayotganligini ko‗rish mumkin. Bunga 
sabab, asosan respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan yirik xarajatlar, jumladan: 

saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‗rish va ularni o‗tkazish bo‗yicha 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xarajatlari, shu jumladan, 
okrug va uchastka saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish; 

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarda (BMT, YUNESKO va 
boshqa tashkilotlar) ishtirok etish va a‘zolik badallarini to‗lash bilan bog‗liq 
xarajatlar; 

Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat ko‗rsatish va davlatning 
kafolatli majburiyatlarini bajarish bilan bog‗liq xarajatlar; 

davlat buyurtmasi bo‗yicha statistika ishlariga haq to‗lash xarajatlari; 

jamoat tartibini saqlash, davlat xavfsizligi, bojxona organlarini saqlash, 
mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta‘minlash kabi xarajatlar byudjet parametrlarida 
―boshqa xarajatlar‖ guruhida aks ettiriladi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash va 
uning sifat ko‗rsatkichlarini yaxshilash maqsadida davlat byudjeti xarajatlari orqali 
iqtisodiyotda yalpi talabni rag‗batlantirishning ilg‗or usullari hamda mexanizmlaridan 
foydalanish lozim. Bunda davlat byudjet xarajatlarini rejalashtirish va ijro etishning 
zamonaviy vositalari va ilg‗or usullarini qo‗llashga alohida e‘tibor qaratish orqali 
kelajakda davlat byudjeti xarajatlarining maqsadliligi va natijadorligiga erishiladi. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish