O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Davlat madaniyat muassasalarining guruhlanishi, ular xarajatlarini



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/332
Sana12.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#659798
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   332
Bog'liq
ҳқўЎУМ Давлат бюджети 2021 2022 (2)

16.2. Davlat madaniyat muassasalarining guruhlanishi, ular xarajatlarini 
rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish tartibi 
 
Bolalar musiqa va san‘at maktabi – uzluksiz ta‘lim tizimining majburiy 
bo‘lmagan turi hisoblangan, maktabdan tashqari ta‘lim berishga mo‘ljallangan davlat 
ta‘lim muassasasi. U davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z 
ustavi, mustaqil balansi, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari, O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhr, shtamp va blankalarga 
ega bo‘ladi. 
Bolalar musiqa va san‘at maktabi belgilangan tartibda mahalliy davlat 
hokimiyati organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Uning namunaviy ustavi 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 
Bolalar musiqa va san‘at maktabida ta‘lim olish to‘lov asosida amalga 
oshiriladi. To‘lovni to‘lash va undan ozod etish masalalari qonun hujjatlarida 
belgilanadi. 
Bolalar musiqa va san‘at maktabining asosiy maqsadi yosh avlodning musiqa 
va san‘at turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, 
ularni xalqimiz an‘analari va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida 
tarbiyalash, ma‘naviy va ma‘rifiy saviyasini har tomonlama oshirishdan iborat. 
Bolalar musiqa va san‘at maktabi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarori bilan tashkil etiladi. 
Bolalar musiqa va san‘at maktabi o‘quvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga 
ko‘ra, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan musiqa 
(fortepiano, torli cholg‘ular, estrada cholg‘u ijrochiligi, xalq cholg‘ulari, damli va 
zarbli cholg‘ular, an‘anaviy cholg‘u ijrochiligi, an‘anaviy xonandalik, akademik 
xonandalik, estrada xonandaligi) va san‘at (xoreografiya, teatr san‘ati, tasviriy va 
amaliy san‘at) yo‘nalishlarida faoliyatini amalga oshiradi. 
Bolalar musiqa va san‘at maktabida o‘quv-tarbiyaviy ishlar O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va o‘quv 
dasturlari asosida amalga oshiriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahri hokimliklari bolalar musiqa va san‘at maktabining muassislari hisoblanadi. 
Bolalar musiqa va san‘at maktabining umumiy faoliyati O‘zbekiston Respublikasi 
Xalq ta‘limi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi. 
Bolalar musiqa va san‘at maktabiga bevosita rahbarlikni tegishli ravishda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta‘limi 
bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta‘limi boshqarmalari boshliqlari tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga 
tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor amalga oshiradi. 
Bolalar musiqa va san‘at maktabi direktori muassasaning tashkiliy-huquqiy, 
o‘quv-tarbiyaviy, ma‘naviy-ma‘rifiy va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tashkil 
etilishi uchun bevosita mas‘ul hisoblanadi. 

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish