3.2. Muhandislik-geologik izlanishlar
Poydevorlarning va umuman butun binoning konstruktiv sxemasini to‘g‘ri
tanlash, maqbul materiallar va buyumlarni tanlash uchun gruntlarning fizik-
mexanik xossalari, yer usti suv sathlari va hokazolar to‘g‘risida keng qamrovli
axborotga ega bo‘lish taqoza etiladi.
Qurilish maydonidagi muhandislik-geologik izlanish (qidiruv) lariga
quyidagilar kiradi:
gruntlar va ularning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyatini
muhandislik baholash;
qurilish maydoni hududida yer osti grunt suvlari sathini
aniqlash.
Gruntlarni muhandislik baholash ob’ektni loyihalanishi boshlanishidan oldin
bajariladi hamda gruntlarning qurilish va fizik- mexanik xossalarini baholashni –
ularning granulometrik tarkibi, zichligi, namligi, yumshoqligi va xokazolarni
baholashni ifoda etadi. Bu maqsad uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar texnik
topshiriqda ko‘rsatilgan vazifaga bog‘liq holda chuqur yoki yuzaki burg‘ilash
vositasida namunalar ajratib olishadi. Bu ma’lumotlar asosida barpo etilayotgan
binoni loyihalash jarayonida ularni tayyorlash usullari, kuchaytirish, ishlov
berishni maqsadiga muvofiq mexanizatsiyalashtirish, ayrim hollarda esa
konstruktiv xususiyatlari bo‘yicha zarur qarorlar qabul qiladilar.
Yer osti grunt suvlari sathini aniqlash, ishlarni bajarishni loyihalashda,
qurilish jarayonida suv sathini pasaytirish tadbirlarini ishlab chiqishga imkon
beradi va agar zarur bo‘lsa, ob’ektdan foydalanish davrida suv sathini pasaytirish
bo‘yicha takliflar beradi.
58
3.3. Tayanch geodezik asosni yaratish
Qurilish maydonini va bu maydondagi bo‘lajak inshootlarni geodezik
rejalash yer ishlari hamda barcha keyingi qurilish ishlarini amalga oshirish
geodezik ta’minotining asosi hisoblanadi va o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
tayanch geodezik to‘rni yaratish, maydonni kvadratlarga ajratib,
uning uchlarini reperlar bilan mahkamlash, hududni tekshiruv niverillash;
joydagi bino va inshootlarni rejalash, binolarni tayanch
geodezik to‘rga yoki mavjud qo‘shni binolarga bog‘lash;
bino atrofi bo‘ylab obnoska o‘rnatish, o‘qlarini mahkamlash.
Zarur geodezik o‘lchashlar nivelirlar,teodolitlar, zenit-asboblar, lazerli
qurgichlar va elektron taxeometrlar bilan bajariladi.
Nivelir
–
nuqtalarning nisbiy balandligini aniqlash, qiymat belgilarni
geodezik nishonlardan qurilish maydoniga ko‘chiruvchi geodezik asbob bo‘lib,
shuningdek u qavatma-qavat montaj gorizontini aniqlaydi va qavat rejasidagi
asosiy nuqtalarni o‘zaro joylashishini baholaydi (3.1-rasm).
3.1-rasm. Nivelir
Teodolit
– gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchash yoki ularni tabiiy
holatda mahkamlash uchun xizmat qiladigan optik asbob. Reja o‘qlarini yer
sathidan binoning qavatlariga ko‘chirish uchun keng foydalaniladi(3.2-rasm).
59
3.2-rasm. Teodolit
Zenit-asbob
o‘qlarni faqat qat’iy vertikal bo‘yicha ko‘chirish uchun
mo‘ljallangan. Ko‘p qavatli binolar va inshootlarni barpo etishda har bir qavatdagi
tayanch elementlarning holatini aniqlash binoning asosiy o‘qlarining kesishishidan
topiladi. Zenit-asbob optik nur yordamida asosiy o‘qlarning o‘tishini yangi montaj
gorizontiga faqat proektsiyalash uchun mo‘ljallangan(3.3-rasm).
3.3-Rasm. Zenit-asbob
Qurilishga yangi lazer texnologiyalarining joriy qilinishi tufayli
asboblarning mutlaqo yangi turi –
lazerli tekislik yasovchilar
paydo bo‘lib, ular
qurilish maydonini rejalashdan tortib to pardozlash ishlari sifatini ta’minlashgacha
bo‘lgan oraliqda keng qo‘llanila boshladi(3.4-rasm). Lazerli nivelirlar rejalashtirish
ishlari uchun qo‘llanilishi mumkin, samarali ishlash uchun ular aylanuvchi lazer
nurini gorizontal tekislikda avtomatik o‘rnatuvchi konstruktsiya – kompensator
bilan ta’minlangan. Nur yaxshi ko‘rilmaganda yoki qatta masofalarda ishlaganda
nurning vaziyatini ko‘rib aniqlash mumkin bo‘lmagan holatlarda ham uni tutib
oluvchi maxsus datchiklardan foydalaniladi. Datchiklar ikki tomondan suyuq,
kristal ekranlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ular tushgan lazer nurini qayd etadi; ular
odatdagi nivelir chiziqlarda kronshteyn yordamida mahkamlanadi.
60
3.4-rasm . Lazerli tekislik yasovchilar
Sanoatda ishlab chiqariladigan lazerli yasovchilar bir vaqtning o‘zida ham
nivelir va teodolit vazifasini bajaradi. Vertikal proektsiyalashda lazerli
quruvchidan lazerli shoqul sifatida foydalaniladi, unda ko‘rinadigan nur
o‘rnatilayotgan konstruktsiyalar va tekisliklarning vertikalligini aniq ko‘rsatadi,
bunda geodezistning asbob yonida turishiga zaruriyati ham qolmaydi. Muhandislik
kommunikatsiyalarini yotqizishda lazerli yasovchiga zarur qiyalikni berish bilan va
shuningdek quvurutkazgichlarning sifatli yotqizilishini operatorsiz ta’minlash
mumkin. Lazerli yasovchilar bilan ishlash juda oson, asboblarning energiya
ta’minoti o‘ziga o‘rnatilgan akkumulyatorlardan yoki odatdagi elektr batareykalar
orqali amalga oshiriladi.
Qurilish amaliyotida borgan sari keng ravishda
elektron taxeometrlar
(3.5-
rasm) qo‘llanilmoqda – bular o‘zida dalnomer (uzoqni o‘lchagich), burchaklarni
elektron o‘lchovchi raqamli teodolit va o‘lchash natijalarini esda saqlab qolish
uchun xotira modulini birlashtiruvchi asboblardir. Ular burchak va chiziqli
o‘lchamlarning yuqori aniqligini ta’minlaydi, hisob natijalarini ko‘rib yozib
olishdan ozod etadi, o‘lchash tezligi hisobiga dala ishlarining samaradorligini
sezilarli darajada oshiradi. Burchak o‘lchash hisoblari avtomatik tarzda maxsus
datchiklar yordamida amalga oshiriladi, bu o‘lchashlarning aniqligiga va tezligiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 200 m gacha bo‘lgan masofani asbob 2...5 mm
chegaralaridagi aniqlik bilan o‘lchaydi.
61
3.5-rasm. Elektron taxeometrlar
Taxeometrning ishchi rejimlarini boshqarish va uni sozlash katta hajmdagi
axborotni aks ettirishga qodir bo‘lgan klaviatura hamda ekran yordamida amalga
oshiriladi. Ekran tufayli dala o‘lchashlari jarayoni ancha qulay va ravshan bo‘lib
qoladi, reykalarni va qaytargichlarning o‘rnini almashtirish ishi ancha oddiy.
Taxeometrlarning ayrim turlari maxsus o‘q-nuqtani ko‘rsatuvchi tizimlarga ega.
Nuqta yo‘nalishini ko‘rsatuvchi yorug‘lik tizimi nuqtalarni naturaga tezroq
chiqarish imkonini beradi.
Yangi turdagi taxeometrlar asbobni kuzatilayotgan nishon yuzasiga bevosita
yo‘naltirish bilan prizmali qaytargichlardan foydalanmasdan masofalarni
o‘lchashga qodirdir. Masofalarni o‘lchash aniqligi bu holda ham yetarlicha yuqori,
uzoqlik 1000 m gacha bo‘lganda o‘lchashlar aniqligi taxminan 1...20 sm ni tashkil
etadi. Asbobning ichki xotirasi 5000 nuqta uchun ma’lumotlar saqlashga qodirdir.
Qaytargichsiz taxeometrlarda kuchli lazer nurlatgichlardan foydalangan holda
o‘lchash diapazonini 6000 m gacha orttirish imkoni paydo bo‘ladi.
62
Avtofokusli texeometrlar apparatni ob’ektga avtomatik tarzda fokuslaydi,
buning uchun vizirni belgilangan qaytargichga yo‘naltirib va avtofokuslash
tugmachasini bosish kifoya.
Taxeometrlar 10 soatgacha ishlash davriga mo‘ljallangan ta’minot
batareyalari bilan birga va turli xil geodezik masalalarni tez hamda oddiy tarzda
yechishga imkon beruvchi bir necha amaliy dasturlar bilan birga yetkazib beriladi.
Barcha zamonaviy taxeometrlar shaxsiy kompyuterlar bilan ishlashga
moslashtirilgan, bu uning xotirasi hajmini kengaytiribgina qolmay, balki dala
ishlari jarayonida ishlov berish va hisoblashlar uchun taxeometr imkoniyatlarini
keskin oshirishga hamda mahalliy joyga hisobiy nuqtalarni chiqarishni
soddalashtirishga imkon beradi.
Maydonni qurilishga tayyorlash bosqichida
Do'stlaringiz bilan baham: |