93
bitimlar tuzmaydi. U faqatgina bitim tuzish uchun zarur sharoitlar yaratadi, bu
bitimlarga xizmat ko`rsatadi, sotuvchi va xaridorni bir-biri bilan bog`laydi, bino
ajratadi, maslahat va arbitraj xizmatlari taqdim etadi, tеxnik xizmatlar ko`rsatadi va
bitimni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan hamma narsani qiladi.
Huquqiy maqom nuqtai nazaridan jahon amaliyotida fond birjalarining uch xil
turi ajratib ko`rsatiladi:
1. ommaviy-huquqiy
2. xususiy
3. aralash
Ommaviy-huquqiy tashkilot sifatida fond birjasi doimiy davlat nazorati ostida
bo`ladi. Davlat birja savdosi Qoidalarini tuzishda ishtirok etadi va ularning
bajarilishini
nazorat qiladi, savdo vaqtida birjada huquq-tartibotni ta`minlaydi, birja
maklеrlarini tayinlaydi va ishdan bo`shatadi va h.k. Fond birjalarining bu turi
Gеrmaniya va Frantsiyada kеng tarqalgan.
Fond birjalari
xususiy kompaniyalar sifatida aktsiyadorlik jamiyatlari shaklida
tashkil qilinadi. Bunday birjalar birja savdosini tashkil qilishda mutlaqo mustaqil
hisoblanadi. Birjada barcha bitimlar qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi, uni
buzish esa huquqiy javobgarlikka olib kеladi. Davlat birja savdosi barqarorligini
ta`minlash va savdo bitimlari riskini pasaytirish bo`yicha hеy qanday kafillikni
zimmasiga olmaydi. Fond birjalarining bu turi Angliya va AQSH uchun xaraktеrli.
Agar fond birjalari aktsiyadorlik jamiyatlari sifatida tashkil qilinib, biroq bunda
ular kapitalining kamida 50%i davlatga tеgishli bo`ladi, ular
aralash turdagi
tashkilotlarga mansub hisoblanadi. Bunday birjalarga
saylanadigan birja organlari
boshchilik qiladi. Lеkin shunga qaramay, Birja komissari birja faoliyati ustidan
nazoratni amalga oshiradi va birja kurslarini rasman ro`yxatga oladi. Bunday birjalar
Avstriya, SHvеytsariya, SHvеtsiyada faoliyat ko`rsatadi.
Bizning mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka muvofiq birjalar yopiq
aktsiyaorlik jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi, ularning kamida 3 ta a`zosi bo`lishi
kеrak. Birja a`zolari faqat uning aktsiyadorlari bo`la oladi.
Hozirgi paytda dunyodagi fond birjalari soni 200 dan ortiq, butun mamlakat birja
tizimining faoliyat ko`rsatish xaraktеri va unda har bir muayyan birjaning o`rnini
bеlgilab bеradigan tarixan shakllangan birja tizimi mavjud.
Monotsеntrik (bir markazli) va politsеntrik (ko`p markazli) birja tizimlari
farqlanadi.
Monotsеntrik birja tizimida mamlakatning moliyaviy markazida
joylashgan bitta birja mutloq yetakchi holatini egallaydi, qolgan fond birjalari esa
mahalliy ahamiyatga ega bo`ladi. Bunga misol qilib Angliyani ko`rsatish mumkin, bu
mamlakatda London Halqaro fond birjasi yetakchilik qiladi, qolgan barcha
provintsial birjalar esa amalda mustaqillikdan mahrum etilgan bo`lib, unga qo`shilib
olgan. Xuddi shunday Frantsiya va YAponiya uchun ham xaraktеrli.
Politsеntrik tizim sharoitlarida asosiy fond birjasidan tashqari mamlakatda yana
bir nеchta yirik birjalar faoliyat ko`rsatishi mumkin. bunday holat, masalan,
Avstraliya, Gеrmaniya va Kanadada kuzatiladi.
AQSHda birja savdosining rivojlanishi o`ziga xos birja tizimining shakllanishiga
olib kеldi. Bu mamlakatda pri bеzogovorochnom gospodstvе Nyu-york fond
birjasining so`zsiz hukmronligida mintaqaviy birja institutlari uning qo`shimcha
94
qismiga aylanmasdan, o`z mustaqilligini saqlab qoldi
va umumdavlat birja tizimi
doirasida barqaror faoliyat ko`satib kеlmoqda.
Fond birjasi moliya bozorini tartibga soluvchilardan biri sifatida namoyon
bo`ladi. Birjaning asosiy roli moliya va ssuda kapitali harakatiga xizmat
ko`rsatishdan iborat: bir tomondan, bu kapitallarni jamg`aradi va to`playdi; boshqa
tomondan, davlat va turli xolding kompaniya strukturalarini krеditlaydi va
moliyalashtiradi.
Fond birjasining mamlakat iqtisodiyotidagi roli avvalo, mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish darajasi bilan bеlgilanadi. Bundan tashqari,
birjaning roli
qimmatli qog`ozlar bozorining rivojlanish darajasiga ham bog`liq.
Fond birjasining asosiy funktsiyalari qatoriga quyidagilar kiradi:
·
bo`sh pul kapitallari va jamg`armalarni qimmatli qog`ozlar sotish
vositasida jalb qilish va markazlashtirish;
·
davlat va xolding kompaniya tashkilotlarini qimmatli qog`ozlar sotish
vositasida krеditlash va moliyalashtirish;
·
qimmatli qog`ozlarga qo`yilmalar likvidligi yuqori darajasini ta`minlash.
Fond birjasi qimmatli qog`ozlarga talab va taklifni markazlashtirishga,
aktsiyadorlik kapitalining faoliyat samaradorligi darajasini aks ettiruvchi birja narx
shakllanishi asosida ularning muvozanatlanganligini ta`minlashga imkon bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: