O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

2.
 
Moliyaviy risklarning tasniflanishi 
Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma’lumotlarga egamiz, balki ularni 
tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni 
ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir. 
Risklarini turli belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin: 
1)
Tarkibi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: iqtisodiy risk; bozor 
riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; 
texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-
texnika riski; informatsion risk va boshqalar; 
2)
muddati bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: qisqa muddatli 
risklar; uzoq muddatli risklar; 
3)
olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta’sirida katta 
zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng 
bo‘lgan zarar(foyda) ko‘rish mumkin; 
4)
loyihaga ta’sir etish darajasi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: 
mumkin bo‘lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik 
risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan 
va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari. 
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi 
(fazasi) o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi 
fazasida) ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, 
informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida 
ko‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy 
risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari 
texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan 
yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p 
uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy 
holatning o‘zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan 
bog‘liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; 
chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud 
mamlakatdagi noma’qul ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati 


471 
haqidagi 
ma’lumotlarning 
to‘liq 
emasligi 
yoki 
noaniqligi, 
bozor 
kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va 
boshqalarning o‘zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy 
ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning 
buzilishi va to‘xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, 
ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma’lumotlarning to‘liq 
emasligi va boshqalar. 
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi 
risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar. 
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir 
qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga 
uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra 
ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘ozlar egalari zarar ko‘rishlari mumkin. 
Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; 
siyosiy risklar. 
Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi 
uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning 
qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik 
riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. 
Moliyaviy risk. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:
a)
kredit riski; 
b)
valyuta riski;
c)
foiz stavkasini o‘zgarish riskidir. 
Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka 
kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay 
olmaslik riski.
Valyuta riski- bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va 
hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori 
bo‘ladi.
Foiz stavkasining o‘zgarish riski- bu risk kredit resurslari o‘zgaruvchan 
stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi.
Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni 
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar 
yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin.
Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el investorlari va kreditorlari 
ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan 


472 
bog‘liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida 
qo‘llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni 
o‘zgartirishi bilan bog‘liq. 
Ma’muriy risklar- loyiha korxonalari va loyiha faoliyatining boshqa 
ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli 
litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bilan bog‘liq.
Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv 
risklari bilan bog‘liq.
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri 
bo‘lib, unga yer silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy 
hodisalar. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish