O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


VII bob. BAHOLASH to„g„risida hisobot tuzish



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
VII bob. BAHOLASH to„g„risida hisobot tuzish 
 
59.
Ko‗chmas mulk qiymatini baholash to‗g‗risidagi hisobot tuzilish 
jihatidan quyidagi asosiy bo‗limlarni o‗z ichiga olishi lozim: 
- titul varag‗i; 
- mundarija; 
- umumlashtiruvchi qism (ilova xat); 
- baholashga oid vazifa hamda asosiy faktlar va xulosalar; 
- baholash obyektining tavsifi; 
- baholash obyekti bozorining tahlili; 
- eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlili; 
- baholash yondashuvlari va usullarining tanlanishi va qo‗llanilishi 
tavsifi; 
- baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash; 
- ilovalar. 
60.
Baholash to‗g‗risidagi hisobotning titul varag‗ida quyidagilar 
ko‗rsatiladi: 


426 
- baholash to‗g‗risidagi hisobotning ro‗yxatga olish raqami; 
- baholash obyektining nomi va manzili; 
- aniqlanayotgan qiymat turi; 
- baholash sanasi; 
- baholash to‗g‗risidagi hisobot tuzilgan sana; 
- buyurtmachi va baholovchining nomi. 
61.
Mundarijada 
baholash to‗g‗risidagi hisobotning sahifalar 
raqamlari ko‗rsatilgan barcha bo‗limlari va kichik bo‗limlari sarlavhalari 
sanab o‗tiladi. 
62.
Ilova xat muxtasar shaklda tuziladi va quyidagi ma‘lumotlarni o‗z 
ichiga olishi lozim: 
- xat raqami va sanasini; 
- baholanayotgan mulkiy huquqlar ko‗rsatilgan baholash obyektining 
nomini; 
- baholash obyektining manzili (joylashgan yeri)ni; 
- baholashni amalga oshirish uchun asosni; 
- baholash maqsadini; 
- baholash sanasini; 
- baholanayotgan qiymat turini; 
- eng muhim farazlar va cheklovchi shartlarni; 
- baholash natijasini; 
- baholovchi tashkilot rahbarining imzosini. 
63.
―Baholashga oid vazifa hamda asosiy faktlar va xulosalar‖ bo‗limi 
amalga oshirilgan baholashning asosiy qoidalari bilan baholash to‗g‗risidagi 
hisobotdan foydalanuvchini qisqacha tanishtirish uchun mo‗ljallangan. 
Ushbu bo‗limda quyidagi ma‘lumotlar ko‗rsatiladi: 
- baholash obyektining qisqacha tavsifi; 
- baholashni amalga oshirish uchun asos; 


427 
- baholovchi tashkilot va baholash obyektini baholashda ishtirok etgan 
baholovchilar haqida qisqacha ma‘lumotlar; 
- buyurtmachi haqida qisqacha ma‘lumot; 
- baholash sanasi; 
- baholash to‗g‗risida hisobot tuzilgan sana; 
- baholash maqsadi va baholash natijalaridan foydalanish mo‗ljali; 
- aniqlanayotgan qiymat turi; 
bo‗sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan va yaxshilashlar 
mavjud bo‗lgan yer uchastkasidan eng samarali foydalanish xususida 
chiqarilgan xulosalar; 
- yer uchastkasiga bo‗lgan mulkiy huquqlar qiymati; 
- baholash obyektining baholashga nisbatan xarajatga oid yondashuv 
bilan aniqlangan qiymati; 
- baholash obyektining baholashga nisbatan daromadga oid yondashuv 
bilan aniqlangan qiymati; 
- baholash obyektining baholashga nisbatan qiyosiy yondashuv bilan 
aniqlangan qiymati; 
- baholash obyektining yakuniy qiymati; 
- baholash milliy standartlari talablariga muvofiqlik haqida bayonot; 
- baholashni bajarishda qabul qilingan farazlar va cheklovchi shartlar; 
- foydalanilgan axborotlar ro‗yxati; 
- baholovchi mazkur bo‗limga kiritishni lozim deb topgan qo‗shimcha 
axborot. 
64.
―Baholash obyektining tavsifi‖ bo‗limi baholash obyekti va uni 
qurshagan muhitning sifat va miqdor jihatlarini tavsiflash uchun 
mo‗ljallangan va quyidagi axborotni o‗z ichiga oladi:
- baholash obyekti tarkibi (yer uchastkasi hamda baholash obyekti 
tarkibidagi yaxshilashlar); 


428 
- baholash obyektining vazifasi va undan joriy foydalanish; 
- baholash obyekti mulkdorining rekvizitlari; 
- baholash obyektiga bo‗lgan mavjud va baholanayotgan huquqlar (shu 
jumladan yer uchastkasiga bo‗lgan huquq) tavsifi mazkur obyektga boshqa 
shaxslar huquqlarining yuklanishi
 
va cheklashlar ko‗rsatilgan holda; 
- yer uchastkasining tavsifi, shu jumladan uning maydoni va shakli, 
muhandislik-geologik, gidrogeologik, topografik tavsiflari, shuningdek 
foydalanish ruxsat etilgan yerlar toifasi, muhandislik kommunikatsiyalarining 
mavjudligi va tarkibi, obodonlashtirish elementlarining mavjudligi va tarkibi, 
to‗siqlar; 
- yaxshilashlar tavsifi, shu jumladan imoratlar solish davri, hajmiy-
rejalashtirish va konstruktiv tavsiflar (qurilish hajmi, umumiy maydon, uning 
foydalanish maqsadiga ko‗ra taqsimlanishi, imoratning necha qavatliligi, 
asosiy konstruktiv elementlar va ularning holati tavsifi);
- agar baholash obyekti tutash qurilgan xona yoki binoning bir qismi 
bo‗lsa, butun binoga va baholanayotgan xonalarga, shu jumladan ularning 
binodagi o‗rniga tavsif beriladi;
- baholash obyekti joylashgan yerning transportda qatnash jihatidan 
qulaylik, infratuzilmaning rivojlanish darajasi, atrofdagi imoratlar, hududning 
nufuzlilik darajasi, baholash obyekti joylashgan yerning jalb qiluvchanligiga 
ta‘sir etuvchi boshqa omillar ko‗rsatilgan tavsifi. 
Bo‗lim baholash obyekti ko‗chmas mulk bozorining muayyan 
segmentiga mansubligi xususida chiqarilgan xulosani o‗z ichiga olishi lozim.
Bo‗limda keltiriladigan ko‗rsatkichlar ro‗yxati baholanayotgan 
ko‗chmas mulk tipiga qarab baholovchi tomonidan to‗ldiriladi yoki 
o‗zgartiriladi. 


429 
65.
―Baholash obyekti bozorining tahlili‖ bo‗limiga baholash obyekti 
qiymatining hajmiga ta‘sir etadigan bozordagi vaziyat omillarining quyidagi 
yo‗nalishlar bo‗yicha tahlili kiritiladi: 
- umumiy iqtisodiy vaziyatning va mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy 
vaziyatning qisqacha tavsifi, bunda yalpi ichki mahsulot hajmi, iqtisodiyot 
asosiy tarmoqlarining ishlab chiqarish hajmlari, mintaqa iqtisodiyotining 
tuzilishi, iste‘mol narxlari indeksi, aholi daromadlari darajasi kabi 
ko‗rsatkichlar tahlil qilinadi; 
- mintaqa ko‗chmas mulk bozorining tahlili, bunda ayrim turdagi 
ko‗chmas mulk, shu jumladan yer uchastkalari taklifi (talab) hajmi va 
dinamikasi, bozorning ochiqlik darajasi va sig‗imi, ko‗chmas mulk bozori 
ishtirokchilarining tavsifi, ko‗chmas mulk bozori hokimiyat organlari 
tomonidan tartibga solinishi, qurilish tarmog‗idagi narxlar darajasi kabi 
ko‗rsatkichlar tahlil qilinadi; 
- baholash obyekti bozorning qaysi segmentiga mansub deb topilgan 
bo‗lsa, shu segment tahlili. Bunda tahlil qilinayotgan ko‗chmas mulk 
bozorida baholash sanasida yuzaga kelgan vaziyat va tendensiyalar aks 
ettiriladi. Tahlil, qoida tariqasida, uch yo‗nalish: talab, taklif, talab va 
taklifning o‗zaro aloqasi yo‗nalishlarida amalga oshiriladi va bunda mazkur 
turdagi ko‗chmas mulk uchun muhim bo‗lgan belgilarga ko‗ra segmentning 
taqsimlanishi, talab, taklif va bitimlar faolligining tavsifi, segmentdagi 
narxlar (ijara stavkalari) dinamikasi kabi ko‗rsatkichlar tahlil qilinadi; 
- agar baholash obyekti ishlab chiqarish ko‗chmas mulki bo‗lsa, 
bo‗limga tarmoq tavsifi kiritiladi va bunda ishlab chiqarish hajmi va tarmoq 
tuzilishi, 
bozorning 
asosiy 
ishtirokchilari, 
tarmoqning 
rivojlanish 
imkoniyatlari kabi ko‗rsatkichlar tahlil qilinadi. 


430 
Bo‗limda keltiriladigan ko‗rsatkichlar ro‗yxati baholashga oid vazifa 
shartlari va baholanayotgan ko‗chmas mulk tipiga qarab baholovchi 
tomonidan to‗ldiriladi yoki o‗zgartiriladi. 
66.
―Eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlili‖ bo‗limi: 
- bo‗sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng maqbul va eng 
samarali foydalanish tahlilining; 
- yaxshilashlar mavjud bo‗lgan yer uchastkasidan eng maqbul va eng 
samarali foydalanish tahlilining tavsifini o‗z ichiga oladi. 
Bo‗lim baholash obyektidan joriy va eng samarali foydalanishda uning 
bozordagi o‗rni, odatdagi xaridor, ochiq bozorda mazkur turdagi ko‗chmas 
mulk ekspozitsiyasining o‗rtacha bozor davri va obyektdan bo‗lg‗usi 
foydalanishning ehtimol tutilgan xususiyatiga doir xulosalarni o‗z ichiga 
olishi lozim.
67.
―Baholash 
yondashuvlari va usullarining tanlanishi va 
qo‗llanilishi tavsifi‖ bo‗limida quyidagilar keltiriladi: 
- baholash yondashuvlari va usullariga qisqacha sharh; 
- qo‗llanilgan baholash yondashuvlari va usullarining tanlanishi va 
asoslanishi yoki biron-bir baholash yondashuvidan foydalanishdan voz 
kechishni asoslash; 
- hisoblashlar va baholash obyekti qiymatini aniqlash tartibi.
68.
―Baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash‖ bo‗limi 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- foydalanilgan baholash yondashuvlari doirasida olingan natijalarni 
muvofiqlashtirish tartibi va usullarining qisqacha tavsifini; 
- natijalarni tafovut nuqtayi nazaridan tekshirish, olingan tafovutlar 
sabablarining tahlilini; 
- natijalarni muvofiqlashtirish usulining tanlanishini asoslashni; 


431 
- qo‗llanilgan baholash yondashuvlarining yaroqliligi, aniqligi va 
asosliligiga nisbatan muhimlik mezonlari tavsifini; 
- baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlashni. 
69.
―Ilovalar‖ bo‗limi quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- baholash jarayonida foydalaniladigan hujjatlar (yoki ularning 
nusxalari)ni; 
- baholash obyektining fotosuratlarini (zarur holda); 
- baholash faoliyati bilan shug‗ullanish huquqini beradigan litsenziya 
nusxasini; 
- baholash to‗g‗risida hisobotni tayyorlashda ishtirok etgan 
baholovchilar malaka sertifikatlarining nusxalarini; 
- baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‗urtalash 
bo‗yicha sug‗urta polisi nusxasini; 
- boshqa ma‘lumotlarni. 
70.
Baholash to‗g‗risidagi hisobotning pirovard tuzilishi (bo‗limlar va 
kichik bo‗limlar soni va ularning ketma-ketligi tartibi, ularning nomi) va 
hajmi baholovchi tomonidan baholash obyektining xususiyati, baholash 
maqsadlari, baholash haqidagi hisobotning ehtimol tutilgan foydalanuvchisi 
hamda qonun hujjatlarining talablariga qarab belgilanadi.


432 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish