kumulyativ tuzish usuli bilan tavakkalsiz
stavka va tavakkalchilik uchun mukofotlarni qo‗shish orqali aniqlanadi.
Bunda tavakkalchilik uchun mukofotlarga quyidagilar kiradi:
- mazkur qo‗yilmaga xos bo‗lgan nolikvidlik (aktivning pul
mablag‗lariga aylanish) tavakkalchiligi uchun mukofot;
- mazkur turdagi qo‗yilmalar uchun talab etiladigan boshqaruv ishi
hajmi bilan belgilangan investitsion menejment tavakkalchiligi uchun
mukofot;
- baholash obyektiga xos bo‗lgan qo‗shimcha (surunkali) tavakkalchilik
uchun mukofot.
Tavakkalsiz stavka sifatida davlat qimmatli qog‗ozlari bo‗yicha foiz
stavkasi yoki banklarning foiz stavkalari olinadi.
Tavakkalchilik uchun mukofotlarni belgilash ekspertiza yo‗li bilan
amalga oshiriladi. Qiymatlarni va bunda qabul qilingan farazlarni
asoslantirish baholovchi tomonidan baholash to‗g‗risidagi hisobotda
keltirilishi lozim.