O„rindoshlik tamoyili - bu tamoyilga ko‗ra eng past narx yoki
teng foydali bo‗lgan boshqa mulkni sotib olishga ketgan xarajatlar orqali
mulkning maksimal qiymati aniqlanadi.
O„sib boruvchi annuitet - davriy to‗lovning tartibli ko‗payishini
va‘da qiluvchi yoki talab etuvchi daromadlar oqimi.
O„rtacha ulushli qo„yilma - turli sarmoyadorlarning sotib olingan
mablag‗dagi ulushlarini va ularga muvofiq daromadning tavakkalli
qo‗yilmalarini
hisobga
oladigan
kapitallashtirishning
umumiy
koeffitsiyenti.
O„rtacha qo„yilma - daromad qo‗yilmasini baholash uchun
foydalaniladigan texnika. Mazkur qo‗yilma hisoblangan vaqtda
investitsiyalar
yig‗indisi
investitsiyalardan
tushgan
kirimlar
yig‗indisidan chiqarib tashlanadi. Natija esa egalik qilish yillari soniga
va so‗ngra investitsiyalarning umumiy yig‗indisiga bo‗linadi.