Likvidatsion qiymat
- mulkning iqtisodiy hayot muddati
so‗nggida taxmin qilingan qiymati.
Likvidlilik
- aktiv pulga o‗tkazilishi mumkin bo‗lgan yengillik.
Mablag„ qaytishining samarali me‟yori
- diskontning umumiy
koeffitsiyenti va qo‗yilmasi o‗rtasidagi farq. Yemirilish oqibatida
yo‗qoluvchi qiymatning ulushiga ko‗ra o‗lchangan mablag‗
qaytarilishining har yilgi me‘yori.
Mahalliy
sharoitlar
uchun
tuzatish
koeffitsiyenti
-
respublikaning turli shaharlarida qurilish bahosidagi farqlarni hisobga
olish uchun qo‗llanuvchi koeffitsiyent.
Ma‟naviy yemirilish
- binolar (inshootlar) ning baholash vaqtida
ko‗rsatilgan me‘yoriy, hajmli-rejali, me‘moriy-konstruktiv, sanitar-
gigiyenik va texnologik talablarga mos kelmasligi.
Majburiyat -
biror bir shaxs mulk sotib olganida va shaxsiy
javobgarlikni qabul qilmasdan ipoteka to‗lovlari bo‗yicha majburiyatni
o‗z zimmasiga olganida vujudga keluvchi majburiyat. Shaxsiy
javobgarlikni birinchi qarz beruvchi o‗z zimmasiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |