O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


 Baholash obyekti to„g„risidagi axborot tizimi. Baholovchi



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

7.2. Baholash obyekti to„g„risidagi axborot tizimi. Baholovchi 
tashkilotning transparentligi (shaffofligi) 
 
Baholovchi tashkilotlar transparentligi deganda ko‗chmas mulk 
bozori 
va 
uning 
barcha 
qatnashchilari 
faoliyati 
to‗g‗risidagi 
informatsiyalarni (ma‘lumot va hisobotlarni) ochiqligi, oshkoraligi, 
aniqligi, to‗liqligi, o‗z vaqtida (belgilangan muddatlarda) berilishi va 
to‗g‗riligi, umuman olganda 
informatsion shaffofliligi
tushuniladi. 
Ma‘lumot va hisobotlarni ixtiyoriy (zarurat asosida) va majburiy 
ravishda transparentlilikning ma‘lum sifat darajasida berilishi mumkin 
bo‗lganlari mavjud.
Ko‗chmas 
mulk 
bozorida 
baholovchi 
tashkilotlarning 
transparentligining 
bosh 
maqsadi 
mulkdorlarning 
huquqlarini 
himoyalash va qonuniy manfaatlarini hamda risklarini pasaytirilishini 
ta‘minlashga qaratilgan bo‗lib, o‗z ichiga sifatli ochib berilishi majburiy 
va ixtiyoriy bo‗lgan informatsiyalar hamda ularga qo‗yilgan qonuniy 
sifat talablari tizimini oladi. Transparentlikning bosh vazifasi ko‗chmas 
mulk bozorida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan har turdagi risklar, 
tovlamachiliklar va qonunbuzarliklarni informatsiyalar tizimi orqali 
oldini olish va pasaytirish.


181 
Transparentlik usullari va shakllari ko‗chmas mulk bozoriga oid 
qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
Axborotni ochib berish shakllari turli bo‗lishi mumkin, masalan, 
ko‗chmas mulk bozori qatnashchilari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar va 
informatsiyalarning standart shakllari. Bunday standart shakllarda 
tuzilgan va to‗ldirilgan hisobot va informatsiyalar qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq belgilangan sifat darajasida, muddatlarda, 
hajmlarda va tartibda ochib berilishi va taqdim etilishi talab qilinadi.
Transparentlilikni 
ta‘minlash 
borasida 
administrativ 
va 
jamoatchilik chora-tadbirlariga asoslangan usullar qo‗llaniladi, ya‘ni, 
informatsiyani ochib berishlik mos ravishda davlatning qonunchilik 
hujjatlari va jamoatchilik (o‗zini o‗zi tartiblashtiruvchi tashkilotlar) 
me‘yorlari asosida amalga oshiriladi. Ammo, bu usullarning ichida eng 
ustuvori va zaruri administrativ usul hisoblanadi, chunki jamoatchilik 
me‘yorlari davlat qonunlariga to‗liq asoslanadi.
Informatsion shaffoflikni ta‘minlashga asoslangan tartiblashtirish 
konsepsiyasiga 
binoan 
ko‗chmas 
mulk 
bozorining 
barcha 
qatnashchilarini har qanday faoliyati va natijalari sifat darajasida 
oshkora qilinishi zarur.
Shu munosabat bilan tranparentlilikning sifat mezonini ko‗chmas 
mulk bozorining barcha qatnashchilariga nisbatan qo‗llash mumkin, 
ya‘ni baholovchilarning transparentlilik darajasi uning barcha 
operatsiyalari va ularga oid informatsiyalar sonining bir-biriga tengligi, 
o‗zaro adekvatliligi (to‗g‗riligi, aniqligi, o‗z vaqtidaliligi, ishonchliligi) 
bilan belgilanadi.
Bunda informatsiyaning sifat miqdori qatnashchining ko‗chmas 
mulk bozoridagi imijini tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi 
iqtisodiy (moliyaviy), korporativ boshqaruvi, moliyaviy instrumentlari 
va boshqa ko‗rsatkichlari asosida baholanishi mumkin bo‗lgan reytingi 
yordamida ifodalanadi. Informatsiyalar soni esa baholovchi tomonidan 
berilishi lozim bo‗lgan hisobotlar va ma‘lumotlar miqdoridan kelib 
chiqadi. 
Informatsion transparentlilikni ta‘minlashning jahon amaliyotidan 
kelib chiqqan holda aytish mumkinki, informatsiyani ochib berilishi 


182 
samaradorliligini oshirish uchun ikki pog‗onali transparentlilikka 
erishish maqsadga muvofiq. Birinchi pog‗onasida (quyi) har bir 
qatnashchi to‗g‗risida majburiy va ixtiyoriy (lekin ular uchun zaruriy) 
hisobot va informatsiyalar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan 
tarzda, usullarda, shakllarda, sifat darajasida ochib beriladi. Ikkinchi 
pog‗onada esa bozor holati va tendensiyalari, indekslar, muhim 
makroindikatorlar to‗g‗risidagi iformatsiya ochib beriladi. Bunda har 
ikkala pog‗onada ochib berilgan informatsiyalar o‗zaro ekvivalent 
bo‗lishiga intilish lozim.
Jahon va O‗zbekiston amaliyoti bo‗yicha ko‗chmas mulk 
bozoridagi hisobotlar va informatsiyalar mexanizmi va tizimi to‗g‗risida 
batafsil ma‘lumotlarni tegishli mavjud o‗quv adabiyotlardan o‗rganish 
tavsiya etiladi. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish