O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti


Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasidir



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/229
Sana01.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#305560
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasidir

Mazkur  jamg’arma 



iqtisodiyotning  yetakchi,  eng  avvalo  bazaviy  tarmoqlarini  modernizatsiyalash  va 

texnikaviy  qayta  qurollantirish  loyihalari  amalga  oshirilishini  ta’minlash, 

mamlakatni  muttasil,  barqaror  va  mutanosib  ravishda  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirishga  erishish,  shuningdek  samarali  tarkibiy  va  investitsiyaviy  siyosatni 

amalga oshirish maqsadida tuzilgan. 

O’zbekiston  Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi huzuridagi  moliyaviy  muassasadir 

va  u  ustuvor  investitsiya  loyihalarini  hamda  iqtisodiyotning  bazaviy  tarmoqlarini 

modernizatsiya  qilish  va  texnik  jihatdan  qayta  jihozlashga,  mamlakatni  muttasil, 

barqaror  va  mutanosib  ravishda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  erishilishiga, 

shuningdek  samarali  tarkibiy  va  investitsiya  siyosati  amalga  oshirilishiga  doir 

loyihalarni moliyalashtirish uchun belgilangan mablag’larni jamlaydi. 

O’zbekiston  Respublikasining  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasini 

boshqarish  Kengashi  O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot 

jamg’armasining  yuqori  boshqaruv  organi  bo’lib,  uning  tarkibi  O’zbekiston 

Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasining  ijro 

etuvchi  direktsiyasi  O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot 

jamg’armasining ijro etuvchi organi va mablag’larini taqsimlovchidir.  

O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  fondi  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  16  maydagi  PQ-350-sonli  qarori  bilan 

Tasdiqlangan Nizom asosida o’z faoliyatini olib boradi. Ushbu Nizomga muvofiq, 




 

 

139 



      

 

Jamg’arma  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  moliyaviy  muassasa  bo’lib, 



faoliyatining  asosiy  maqsadi  iqtisodiyotning  yetakchi,  eng  avvalo  bazaviy 

tarmoqlarini  modernizatsiyalash  va  texnikaviy  qayta  qurollantirish  bo’yicha 

loyihalarning  amalga  oshirilishini  ta’minlash,  shuningdek  mamlakatni  muttasil, 

barqaror  va  mutanosib  ravishda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishga  erishish  hamda 

samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. 

Jamg’arma 

o’z 

faoliyatini 

O’zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasi,O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisi  palatalari  Qarorlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Farmonlari, 

Qarorlari  va  farmoyishlari,  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  qaror 

va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasining boshka qonun hujjatlariga muvofiq 

amalga oshiradi.  

Jamg’arma  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  tashkil 

etilib,  yuridik  shaxs  huquqlariga,  o’zining  mustaqil  balansiga,  O’zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  bankida  hisobvaraq,  shu  jumladan  xorijiy  valyutadagi 

hisobvarag’iga,  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  gerbi  tushirilgan  muhriga  ega 

bo’ladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Hukumati  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  timsolida  Jamg’arma  muassisi  hisoblanadi.  Tijorat  banklari,  xorijiy 

jamg’armalar,  investorlar  va  boshka  manfaatdor  tuzilmalar  ham  Jamg’arma 

muassislari bo’lishlari mumkin. 

Nima uchun hukumat ushbu keng qamrovli munozaraning sub’yekti bo`ldi. 

Asosiy ikkita sababdan bittasi shuki, davlat jamiyat talablariga “javobgar”. 1880-

yilda  taklif  etilgan  Vagner  qonuniga  ko`ra,  iqtisodiy  taraqqiyot  hukumat  o`zi 

yolg`iz  ijro  eta  oladigan  yangi  faoliyatlar  uchun  imkoniyatlar  yaratadi.  Ikkinchi 

sabab  hukumatda  o`sish  uchun  tahminiy  tendensiya  mavjuddir.  Bunda  hukumat 

siyosiy  rahbarlarning  qo`llab-quvvatlashi  natijasida  o`sib  boradi.  Hukumat 

tomonidan  rag`batlantiruvchi  javob  sifatida  ko`plab  omillar  qatorida  quyidagilar 

taklif etiladi: 

 



Umumiy  mahsulotlar  uchun  ehtiyoj

.  Mudofaa,  Milliy  xavfsizlik,  tabiiy 




 

 

140 



      

 

ofatlar va fuqarolar uchun foydali yana boshqa dasturlar xususiy sektor tomonidan 



nazorat  qilinmaydi,  balki  hukumat  tomonidan  qamrab  olinadi.  Urush  boshlansa, 

hukumat  o`z  xarajatlarini  oshiradi.  Muammodan  so`ng,  urushdan  oldingi  vaqtga 

qaraganda kattaroq tendensiyaga  ega bo`lishadi. Ta’lim  yana  bir muhim umumiy 

mahsulotdir. Ta’lim olgan insonlar ko`proq samarali o`sishga va jamiyat umumiy 

boyligining oshishiga olib keladi, xususiy sektor maqbul davlat ta’limi ta’minotiga 

ishonib qolmasligi kerak. 

 

Demografik  o`zgarishlar



.  Umumiy  aholi  hamda  yangi  tug`ilganlar  va 

katta  yoshdagi  aholining  o`sishi  davlat  dasturlarining  yaratilishini  va 

kengaytirilishini rag`batlantiradi.  

 



Yashash tarzining o`zgarishi

. Odamlarning qishloq joylardan shaharlarga, 

keyinchalik  shaharlardan  shahar  tashqarisiga  ko`chib  o`tishlari  natijasida  davlat 

xizmatlariga  bo`lgan  talab  ham  shunga  mos  tarzda  ergashadi.  Hukumat  yanada 

ko`proq maktablar, yo`llar, kommunal xizmat ko`rsatishni va jamoat xavfsizligini 

ta’minlashi shart bo`ladi. 

 

Tashqi ta’sirlar.



  Asosiy  foyda keltiruvchi  sanoat  firmalari  havo va suvni 

ifloslantirishi  mumkin.  Hukumat  ushbu  holatlardan  vujudga  keluvchi  zararlarni 

nazoratda tutishiga to`g`ri keladi. 

 



Iqtisodiy  qiyinchiliklar.

  Depressiya  va  boshqa  salbiy  iqtisodiy  vaziyatlar 

davlatning o`sishini rag`batlantiradi. 

 



Yuqori  riskli  vaziyatlar.

  Risk  yuqori  bo`lganda  xususiy  sektor  ko`p 

miqdorda  resurslarni  investitsiya  qiladi,  shuning  uchun  hukumat  dasturlarni 

moliyalashtirishga  e’tibor  qaratadi.  Misol  uchun  elektr  quvvati  manbasi  sifatida 

yadro  energiyasini  rivojlantirish  va  fazo  dasturini  yaratishni  o`z  ichiga  oladi. 

Dastlab fazo faoliyati ma’lum jihatlarining risklari hukumat aralashuvining natijasi 

sifatida,  fazo  tadqiqoti  bilan  shug`ullanuvchi  tijorat  manfaatlari  hamda  xususiy 

transportlar  va  sun’iy  yo`ldoshlarni  uchirishga  o`tilganlikni  boshqara  oladigan 

bo`lib bormoqda. 

 



Texnik o`zgarish

. Yangi texnologiyaning paydo bo`lishi bilan hukumatga 

yordam  ta’minlandi,  misol  uchun  temir  yo`llar  va  aeroportlar,  yuqori 



 

 

141 



      

 

texnologiyalar turlari va axborotlar oqimi bilan ta’minlash, misol uchun internet va 



temiryo`llar, radio va televidenya asosidagi yangi sanoatlarni boshqarish. 

Ushbu  sabablar  nega  hukumat  zarur  va  nega  yillar  davomida  kengaytirilganligini 

tushuntirishda asosli hisoblanadi. 

 

Nazorat savollari: 

1.

 

O’zbekiston Respublikasi budjet tizimi nechta bo’g’indan iborat? 



2.

 

O’zbekiston respublikasida qanday byedjetdan tashqari maqsadli 



jamg’armalar bor va ularning soni nechta? 

3.

 



Budjet tashkilotlarinig budjetdan tashqari jamg’armalariga misol keltiring? 

4.

 



Respublika budjetining daromadlari manbalarini sanang? 

5.

 



Respublika budjeti daromadlari qanday xarajatlarni moliyalashtirishga 

sarflanadi? 

6.

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar budjetlarining daromadlariga 



qaysilar kiradi? 

7.

 



Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat 

budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan qanday xarajatlar 

amalga oshiriladi? 

8.

 



O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga qaysi 

budjetlar kiradi? 

9.

 

O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi o’z 



faoliyatini qaysi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi? 

10.


 

O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti kim  tomonidan 

va qanday muddatlarda tuziladi? 

 

 



 

 

 




 

 

142 



      

 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish