1-rasm. Budjetlararo munosabatlar modellari
Budjetlararo munosabatlar modellari
Markazlashtirishdan
chiqarilgan
Kooperativ
198
Budjetlararo munosabatlarning markazlashtirilgan modeli quyidagi
tamoyillarga asoslanadi:
1. Mahalliy hokimiyat organlarining o‘z budjetlarini shakllantirishga doir
huquqlarini cheklash.
2. Davlat boshqaruvi bo‘g‘inlari o‘rtasida funktsional majburiyatlar
taqsimotining yo‘qligi yoki rasmiyligi.
3. Hududiy manfaatlarning milliy ehtiyojlarga bo‘ysunishi.
4. Soliq vakolatlarini davlat tomonidan taqsimlash va mahalliy
hokimiyat organlariga moliyaviy yordam berishning avtoritar usuli amal
qilishi.
5. Davlat tuzilishi shakliga bog‘liqlik.
Markazlashtirilgan modelda mahalliy budjetlarni shakllantirish
markaziy budjet bilan uzviy bog‘liqlikda konsolidatsiyalashgan budjet rejasi
doirasida amalga oshiriladi.
Budjetlararo munosabatlarni tashkil etishning ushbu modelining
afzalliklari quyidagilarda ya‘ni, boshqarishni tashkil etishning yagonaligi, budjet
tizimining tashkilotchilik qobiliyatini oshirish, belgilangan maqsadlarga jadal
erishishga moliyaviy resurslarni yo‘naltirish, mahalliy hokimiyat organlarining
xarajatlar vakolatlarini nazoratini yaxshilash va muvofiqlashtirish, mahalliy
hokimiyat organlari tomonidan ularga berilgan vakolatlar doirasida
mablag‘lar ni taqsimlash borasida xato qarorlar qabul qilish havfini
pasaytirish, hududlarda aholi turmush darajasini nazorat qilish va
tenglashtirishda namoyon bo‘ladi.
Mazkur modelning kamchiliklari esa quyidagilarda ya‘ni, markaziy
hokimiyat organlarining ish hajmi ko‘payib ketganligi sababli faoliyati
samaradorligining pasayishi, hududlarning moliyaviy ta‘minoti va moliyaviy
bazasini rivojlantirishning zaiflashishi, mahalliy hokimiyat organlarining
199
boqimandalik kayfiyati, ular har qanday holatda hududlar budjetlari
balanslashtirilishiga ishonchlari komilligida namoyon bo‘ladi.
Budjetlararo
munosabatlarning
markazlashtirishdan
chiqarilgan
modeli
iqtisodiy rivojlangan federativ davlat tuzilmasiga ega mamlakatlarga xos
bo‘lib, ular hududiy va mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlarining
budjet huquqlari kengayishini ta‘minlaydi, bu esa o‘z navbatida, umumiy davlat
xarajatlarida mahalliy budjetlarning ulushi oshib borishiga olib keladi.
Mazkur modelning kamchiliklari quyidagilarda namoyon bo‘ladi ya‘ni,
budjetlararo munosabatlarning markazlashtirishdan chiqarilgan modelida
hukumatning makroiqtisodiy maqsadlarga erishish va davlatda moliyaviy
imkoniyatlar muvozanatini ta‘minlash faoliyatini muvofiqlashtirish
murakkablashadi, markazlashtirishdan chiqarilgan tartibda budjetlararo
munosabatlarni boshqarish ko‘p hajmda axborot talab qiladi va qarorlar qabul
qilishning tezkorligi pasayadi, qarorlar qabul qilishda mahalliy hokimiyat
organlari ko‘pincha o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy siyosati manfaatlaridan kelib
chiqadi va davlat ahamiyatiga molik maqsadlarni doim ham hisobga
olavermaydi.
Markazlashtirishdan chiqarilgan model
quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Markaziy hukumat munitsipalitetlar va mintaqalarning budjet jarayoniga aralashmaydi.
2. Xarajatlarga oid vakolatlar boshqaruvning turli darajalari o‘rtasida qonun yo‘li bilan aniq
belgilab qo‘yiladi.
3. Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarishning moliyaviy mustaqilligini rivojlantirish izchil amalga oshiriladi
4. Daromadlar manbalarini taqsimlash budjet kelishuvlariga muvofiq amalga oshiriladi
5. Markazlashtirishdan chiqarilgan budjet davlat tuzilishi shakliga bog‘liq bo‘lmaydi
200
Budjetlararo munosabatlar - moliya oqimlarini maqbullashtirish
jarayonining shartli uchta asosiy yunalishini ko’rsatish mumkin:
• xarajatlar bo’yicha vakolatlarning chegaralanishi;
• bo’g’inlararo budjet tizimi daromadlarining chegaralanishi;
• budjet bo’g’inlari o’rtasida mablag’larning qayta taqsimlanishi
Budjetlararo munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika
budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning
viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti, tumanlar, shaharlar
budjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari o‘rtasidagi
Budjet kodeksi bilan tegishli budjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga
oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli budjetlarni moliyaviy resurslar bilan
ta‘minlashga doir munosabatlardir.
Bu
djet
lar
ar
o
mu
nos
abat
larni
ng
k
oope
ra
ti
v
mode
li
qu
yi
dag
i t
amo
yi
llar
ga
as
oslanad
i:
1. Milliy daromadni qayta taqsimlash va makroiqtisodiy
barqarorlikka erishishda hududiy hokimiyatlarning kengroq
qatnashishi, bu o‘z navbatida, hududiy va markaziy davlat
tuzilmalarining budjet sohasidagi hamkorligi kengayib borishiga
ko‘maklashadi.
2. Soliqqa oid daromadlarni taqsimlash tizimida hududiy
hokimiyatlar rolini oshirish.
3. Gorizontal budjet tenglashuvining faol siyosati, hududiy davlat
moliyasining holati, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
darajasi uchun markazning ma‘suliyatini oshirish, bu esa o‘z
navbatida, markaz tomonidan nazoratning kuchayishiga olib keladi
va hududiy hokimiyatlarning mustaqilligini ma‘lum darajada
chegaralaydi (bu boshqaruvning yuqori darajada markazlashuvida
hamda hududiy hokimiyatlar markaziy tuzilmalarning agentlariga
aylanishida namoyon bo‘ladi).
201
Budjet kodeksi O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini
shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat
tomonidan mablag‘ jalb qilish va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Budjet
kodeksida turli darajadagi budjetlarning vakolatlari chegaralanib, budjetlararo
munosabatlar tizimi takomillashtirilgan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining “Budjetlararo
munosabatlar” nomli 20-bobida budjetlararo munosabatlar tushunchasi,
budjetlarning darajalari o‘rtasida daromadlar va xarajatlarni o‘tkazish,
budjetlararo transfertlarning shakllari, subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan
daromadlar, dotatsiya, budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar, budjetlararo
transfertlarni o‘tkazish tartibi, budjet ssudasi shaklidagi budjetlararo transfert,
aylanma kassa mablag‘lar i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar
va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qo‘llaniladigan cheklovlarga to‘xtalib
o‘tilgan.
Shunday qilib, budjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta‘rif berishimiz
mumkin: “Budjetlararo munosabatlar - davlat budjet mexanizmining muhim
ajralmas elementi bo‘lib, mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari
sub‘ektlari o‘rtasida markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy
oqimlarni taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta‘minlaydi va bundan
tashqari, markaziy hukumatning aniq funktsiyalarini davlat boshqaruvining turli
darajalarida huquq va majburiyatlarni o‘zaro taqsimlab olish orqali bajarish
uchun davlat budjetida jamlangan pul mablag‘lar ining ushbu sub‘ektlar
o‘rtasida qayta taqsimlanishini o‘z ichiga oluvchi munosabatlar yig‘indisidir”.
202
Daromadlarni kompensatsiya qilish yoki xarajatlarni qoplash Davlat budjetini
ijro etish jarayonida quyi turuvchi budjetlarning daromadlarini va (yoki)
xarajatlarini kamaytirishga yoxud ko’paytirishga olib keladigan hollarda o’zaro
hisob-kitoblar bo’yicha mablag’larni ajratish yoki olib qo’yish orqali majburiy
tartibda amalga oshiriladi.
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblar moliya yili mobaynida budjetlar
parametrlari o‘zgarganda yuqori va quyi turuvchi budjetlar o‘rtasida yuzaga
keladigan
o‘zaro
pul
munosabatlaridir:
Kooperati
a
rkazlashtirishdan chiqarilganativ
-
Do'stlaringiz bilan baham: |