O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/229
Sana01.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#305560
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

noekvivalentlik 

xarakteriga

  ega.Har  bir  soliq  to’lovchi  tomonidan  to’langan  soliq  summasi 

to’lovchining  shaxsan  o’ziga  to’liq  qaytib  kelmaydi,  ular  mamlakat  miqyosida 

butun  jamiyatga qaytib keladi.  Soliq to’lovchiga  nisbatan  bu to’lov  ekvivalentsiz 

pul  to’lovidir.  Masalan,  soliq  to’lovchi  muayyan  bir  davrda  davlatning  sog’liqni 

saqlash  va  maorif  xizmatlaridan  hech  foydalanmagan  bo’lishi  mumkin.  Lekin 

bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  hamma  soliq  to’lovchilarning  to’lagan  soliq  va 

yig’imlari davlatning ularga ko’rsatgan xilma-xil xizmatlari (mudofaa, xavfsizlikni 

ta’minlash,  tartib-intizomni  saqlash  va  boshqa  ijtimoiy-zaruriy  xizmatlar)  orqali 

o’zlariga qaytib keladi. Demak, soliq to’lovchilar nuqtai nazaridan olganda hamma 

soliqlar  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  davlatning  ko’rsatgan  ijtimoiy  xizmatlari 

uchun to’lanadigan haq(to’lov)dir.  

Soliqlar  davlat budjetiga  va  davlat pul  fondlariga  kelib  tushadigan, majburiy 

xarakterga  ega  bo’lgan  pul  munosabatlaridir.  Shuningdek,  soliqlar  iqtisodiy 

kategoriya  bo’lganligi  uchun  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlari,  shu  jumladan, 

moliyaviy  munosabatlar  tarkibiga  kiradi.  Bozor  iqtisodiyoti  erkin  iqtisodiyotdir, 

ya’ni har bir huquqiy shaxs, tadbirkor o’z tovariga erkin baho belgilashi, mahsulot 

yetkazib beruvchini ixtiyoriy topishi va o’zi iste’molchini topib, unga mahsulotini 

sotish  huquqiga  ega.  Shuning  uchun  davlat  ular  daromadlarining  bir  qismini 

taqsimlab, budjetga oddiy ajratma sifatida ololmaydi. Soliq shaklida daromadlarni 

undirish  uchun  qonun  chiqaruvchi  organ  (Oliy  Majlis)ning  qarori  zarur,  ya’ni 

qonuniy  asosda  undirilgan  to’lov  budjetga  o’tadi.  Erkin  iqtisodiyot  sharoitida 

soliqlar ham erkin, ochiq, aniq bo’ladi, demokratik to’lovga aylanadi.  

Soliqlar  iqtisodiy  kategoriya  bo’lganligidan  to’lovchilar  va  davlat  o’rtasida 

daromadlar  taqsimlanayotganda  tomonlarning  iqtisodiy  manfaatini  albatta 

e’tiborga olish  zarur.  Davlat soliq to’lovchilar  daromadini  istaganicha  ololmaydi, 

soliqlarni  budjetga  undirishning  ma’lum  chegarasi  mavjud.  Bu  chegarani  davlat, 

soliq  to’lovchilarning  mahsulot  ishlab  chiqarish  va  foyda  olishdagi  faoliyatini 




 

 

146 



      

 

hisobga  olib  belgilaydi.  Ikkinchi  tomondan,  soliqlardan  makrodarajada 



iqtisodiyotni  rivojlantirish, bozor  infratuzilmasini  yaratish  va  boshqa umumdavlat 

maqsadlari  uchun  yetarli  moliyaviy  resurslar  to’plash  uchun  foydalaniladi. 

Soliqlarning  mohiyati  soliq  to’lovchilar  bilan  davlat  o’rtasidagi  doimiy,  uzoq 

muddatli munosabatlarda o’z ifodasini topadi.  

Budjet  tizimi  bo’g’inlari  daromadlarini  shakllantirishiga  ko’ra  soliqlarning 


Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish