O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Auditorlik dalillarni olish manbalari



Download 6,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/362
Sana11.12.2022
Hajmi6,62 Mb.
#883579
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   362
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

2. Auditorlik dalillarni olish manbalari 
Auditorlik dalillar hujjatlarni tekshirish jarayonida; xo’jalik yurituvchi subekt xodimlari va 
uchinchi shaxslardan yozma va og’zaki so’rov o’tkazish yo’li bilan; hisob jarayonlarining 
bajarilishi va xo’jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita kuzatishi chog’ida olinishi mumkin.
Auditorlik dalillar bevosita olinadigan manbalarga quyidagilar kiradi: mijoz korxona va 
uchinchi shaxslarning dastlabki hujjatlari; mijoz korxona buxgalteriya hisobi registrlari va uning 
moliya xo’jalik faoliyatining tahlil natijalari; mijoz korxona xodimlari va uchinchi shaxslarning 
og’zaki bildirishlari; mijoz korxonaning bir hujjatlarini boshqalari bilan solishtirish, hamda uning 
hujjatlarini uchinchi shaxslarning hujjatlari bilan taqqoslash; mijoz korxona aktivlari va passivlarini 
inventarizatsiya qilish natijalari hamda uning moliyaviy hisobotlari.
Olingan dalillarning sifati ularning manbalariga bog’liq. Auditorning bevosita kuzatishi va 
moliya xo’jalik muomalalarini o’rganishi natijasida olingan dalillar eng ishonchli hisoblanadi. 
Shuningdek, mustaqil manbalardan olingan, hujjatlarga asoslangan ma’lumotlar ham ishonchli 
hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborotlarga ishlov berish tizimidan to’planganiga qaramasdan, 
to’plangan ma’lumotlarga asosan auditor tomonidan olingan va ishlov berilgan ma’lumotlarning 
dalil kuchi kamroq hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborot tizimida tuzilgan, ishlov berilgan va 
saqlanayotgan hujjatlardagi axborotlarning dalil kuchi past hisoblanadi. Bunda ichki nazorat 
tizimining baholanishini inobatga olish zarur. Agar ushbu tizim samarali bo’lsa, undan olingan 
axborotdan dalil sifatida foydalanish mumkin.
Har xil manbalardan olingan va turli shakldagi auditorlik dalillar auditorlik riskini 
pasaytiradi. Ko’p hollarda bitta holat bo’yicha har xil manbalardan to’plangan dalillar bir-birlariga 
zid bo’lib chiqadi. Bu holda auditor vujudga kelgan ziddiyatni hal etish va to’plangan dalillarning 
ishonchliligi hamda xulosalarning asosliligiga ishonch hosil qilishi uchun qo’shimcha axborotlar 
to’plashi zarur. Agar auditor qandaydir muammo bo’yicha etarli dalillar to’plash imkoniga ega 
bo’lmasa, buni o’zining hisobotida aks ettirishi lozim.
Agar mijoz korxona auditorga to’laqonli tekshiruv uchun zarur hajmdagi hujjatlarni takdim 
kilmasa yoki agar auditor zarur auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, uning oldida 
katta muammolar vujudga kelishi mumkin. №50 «Auditorlik dalillar» nomli AFMSda 
ta’kidlanishicha: «Agar auditorlik tashkilotiga xo’jalik yurituvchi subekt tomonidan mavjud 
hujjatlar to’la hajmda taqdim etilmasa va u qaysidir schet va (yoki) muomala bo’yicha etarli 
auditorlik dalillarini to’plash imkoniga ega bo’lmasa, auditorlik tashkiloti bu vaziyatni o’zining 
hisobotida aks ettirishi lozim va salbiy auditorlik xulosasi tuzish to’g’risidagi masalani o’rtaga 
qo’yishi mumkin. Demak, etishmayotgan auditorlik dalillari jiddiy hisoblangan buxgalteriya 


hisoboti moddalariga taalluqli bo’lsa, auditor auditorlik xulosasi tuzishdan rasmiy ravishda bosh 
tortishi va bu holni tegishli tarzda rasmiylashtirishi lozim.
Shunday qilib, hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to’g’risida o’z fikrlarini 
shakllantirishda, auditor auditorlik dalillar olinadigan turli manbalardan foydalanib, auditorlik 
riskini pasaytirishni ko’zlaydi.

Download 6,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish