­­O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 133,35 Kb.
bet7/9
Sana04.10.2022
Hajmi133,35 Kb.
#851365
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi Prognozlashtirish (2) (2)

viloyatlar:
















Andijon

37 488,7




110,3

11 639,6

108,1

Jizzax

16 957,8




111,1

11 884,4

108,7

Qashqadaryo

37 461,7




111,0

11 110,0

108,9

Navoiy

22 446,0




112,0

21 926,3

110,0

Samarqand

46 156,0




112,0

11 569,4

109,9

Surxondaryo

29 357,1




113,4

10 824,9

111,0

Sirdaryo

10 016,3




107,3

11 515,7

105,3

Toshkent

42 846,1




110,6

14 689,4

111,9

Farg‘ona

38 217,6




113,9

9 905,6

111,8

Xorazm

26 701,0




115,7

13 989,1

113,9

Toshkent sh.

75 517,0




111,9

26 784,8

104,9

Ta'kidlash joizki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmining o‘tgan yilga nisbatan keskin o‘sishi asosan neft xom-ashyosi va tabiiy gaz qazib olish, qurilish materiallari va yengil sanoat tarmoqlariga yo‘naltirilgan bo‘lsa, yuqori eksport salohiyatiga ega bo‘lgan mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo va farmasevtika kabi sanoat tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish nisbatan past darajada bo‘ldi. Shuningdek, neft va gaz, elektr energiya va havo transporti kabi bazaviy tarmoqlarda boshlangan tarkibiy o‘zgartirishlar hali yakuniga yetkazilmadi. Tariflarni oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilamaydi balki, sohaga qo‘shimcha investisiyalar jalb qilishni ta'minlovchi neft-gaz va elektr energiya tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlarga qaratilgan chora-tadbirlarni kechiktirmasdan o‘z vaqtida amalga oshirishni talab qiladi. Iqtisodiyotda sanoatning diversifikasiya jarayoni past darajada saqlanib qolmoqda, bundan kelib chiqib, holatni yaxshilash uchun sanoat tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan 13 ta tarmoq dasturlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozim.


1-jadval ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yil yakunlariga ko'ra, YaIM tarkibida katta bo'lmagan o'zgarishlar kuzatildi. YaIM (YaQQ) tarkibida sanoatning ulushi 29,3 % dan 28,5 % ga kamaydi. Shu bilan birga, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligining ulushi 28,0 % dan 28,2 % ga, qurilish tarmog'ining ulushi 6,6 % dan 7,0 % ga hamda xizmatlar sohasining ulushi 36,1 % dan 36,3 % ga oshdi. 2019 yilda 2018 yil bilan taqqoslaganda, YaIM tarkibida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi ulushining 28,0 % gacha pasayishi (2018 yilda – 31,5 %) va sanoat tarmog'i ulushining 29,3 % gacha oshishi (2018 yilda – 26,5 %) bilan bog'liq sezilarli o'zgarishlar kuzatilgan.
2020 yilda sanoat tarmog'i qo'shilgan qiymatida taqqoslama narxlarda 0,7 % ga o'sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo'shilgan qiymati 7,1 % (2019 yilda - 6,6 %, 2018 yilda - 7,9 %)ga o'sishi hisobiga ta'minlandi. Elektr, gaz, bug' bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash tarmog'ida ham 12,5 % ga ijobiy (2019 yilda 5,1 % ga va 2018 yilda 3,1 % ga) o'sish qayd etildi. Tog'-kon sanoati korxonalarida qo'shilgan qiymat 21,9 foizga kamaydi (2019 yilda - 0,6 foizga pasaygan, 2018 yilda - 26,5 foizga o'sgan). Shu bilan birga, ushbu soha qo'shilgan qiymatining pasayishiga, asosan, tabiiy gaz qazib olish hajmining 17,8 % ga va gaz kondensatining 33,5 % ga kamayishi ta'sir ko'rsatdi. Shuningdek, suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig'ish va utilizatsiya qilish tarmog'i qo'shilgan qiymatida 7,9 % ga pasayish (2019 yilda 2,2 % ga o'sish, 2018 yilda 11,3 % ga o'sish) kuzatildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha ko'rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlari eng katta ulushga ega. Shunday qilib, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida ularning ulushi 25,8 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, transport (24,6 %), moliyaviy (20,9 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,9 %) bo'yicha yuqori o'sish ko'rsatkichlari qayd etilgan. Sog'liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmida biroz o'sish qayd etilib, ularning ulushi atigi 1,5 % ga etgan. Shuningdek, kompyuterlar va uy-ro'zg'or buyumlarini ta'mirlash bo'yicha xizmatlar (1,5 %), ijara xizmatlari (1,9 %), me'morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar, shuningdek, yakka tartibdagi xizmatlar hajmi ulushining nisbatan past sur'atlarda o'sishi qayd etilgan (2,3%).

Tashqi iqtisodiy faoliyat Sanoat o‘sishining rag‘batlantiruvchi muhim omillaridan biri tashqi talab bo‘lib, u eksportning o‘sishi bilan ifodalanadi. 2019 yilning 11 oyi natijalariga ko‘ra, tovarlar va xizmatlar eksporti (qimmatbaho metallar va tabiiy gazdan tashqari) 122,7 foizga va eksportyor korxonalar soni 1138 taga oshdi.
Shu bilan birga, umumiy eksport tarkibida xom-ashyoga yo‘naltirilganlik darajasi saqlanib qolmoqda (57,2 foiz), yoki tovarlar eksportida ushbu ko‘rsatkich 70,8 foizni tashkil etmoqda. Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tomonidan tovarlar va xizmatlar eksporti 2,3 mlrd.dollarni (umumiy eksportning 14,1 foiz), shundan xizmatlar eksporti 54,1 mln.dollarni tashkil etdi. Eksportning xom-ashyoga yo‘naltirilishining asosiy sabablari:
- tayyor mahsulot tannarxining yuqoriligi natijasida raqobatbardosh emasligi (masalan qo‘shni davlatlardan maishiy elektr texnikalarini import qilish, bojxona to‘lovlari va transport xarajatini inobatga olgan holda ham mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan arzonga tushadi);
- milliy sifat standartlarini xalqaro satandartlarga nomuvofiqligi yoki ularni ko‘plab xorijiy mamlakatlarda tan olinmasligi hisoblanadi. Meva va sabzavotlar ulushi jami eksportda 7 foizni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 137,9 foizga o‘sdi. Bunda asosiy ulushni sabzavotlar(38,7 foiz) egalladi. Ushbu mahsulotlarni eksport qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi omillar: mazkur mahsulotlarning sifati import qiluvchi mamlakatning fitosanitar talablariga mos kelmasligi; saqlash quvvatlarining yetarli emasligi; xorijiy ulgurji va chakana savdo tarmoqlari bilan aloqalarning yo‘qligi hisoblanadi.
Qayta ishlash tarmoqlarida eksportning eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi to‘qimachilik mahsulotlariga (124,6 foiz) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, ushbu mahsulotlar eksportida ip kalava eksportining yuqori ulushi saqlanib qolinmoqda. Bunda, tarmoqda GSP+ tizimiga qo‘shilish jarayonlari yakunlanmaganligi, aralash gazlamaning yo‘qligi tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirishga to‘sqinlik qilmoqda. Shuningdek, metallurgiya, charm-poyabzal sanoatida ishlab chiqarish hajmlari o‘sishiga qaramay, ushbu tarmoqlar bo‘yicha eksport hajmi pastligicha qolmoqda. 2019 yilning yanvar-noyabr oylarida eksportdan tushgan valyuta tushumi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga o‘sib, tabiiy gaz eksporti bilan birga 8,4 mlrd.dollarga yetdi. Bunda, 2019 yilning 1 dekabr holatiga eksport amaliyotlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi 501,7 mln.dollarni tashkil etdi. 2019 yilning 11 oyida tovarlar importi hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,5 mlrd.dollarga o‘sib, 19,8 mlrd. dollarni tashkil etdi.Uning tarkibida asosiy ulushni mashina va uskunalar, shu jumladan butlovchi va ehtiyot qismlar (44,1 foiz), kimyo va undan tayyorlanganmahsulotlar (13 foiz), shuningdek oziq ovqat mahsulotlari (7,6 foiz) egalladi. 2019 yilning yanvar-noyabr oylarida import to‘lovlarining summasi 18,6 mlrd.dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 32 foizga o‘sgan. Bunda, 2019 yilning 1 dekabr holatiga import amaliyotlari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzi 490,8 mln.dollarni tashkil etdi.
Aholi farovonligini ifodalashda jami aholining, oilalarning, alohida shaxslarning umumiy daromadlari muhim ahamiyatga ega. Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2021- yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 515,7 trln. so‘mni tashkil etdi. Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksidan (INI) foydalaniladi. Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real o‘sish sur’ati 112,1 % ni tashkil etdi.


1-rasm.O‘zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sish sur’atlari7.


Aholi umumiy daromadlarini hisoblashda Davlat statistika hisoboti ma’lumotlaridan, shuningdek, muntazam ravishda statistika organlari tomonidan o‘tkazib boriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklarining iqtisodiy faoliyati bo‘yicha hamda uy xo‘jaliklari daromadlari va xarajatlarini o‘rganish bo‘yicha tanlanma kuzatuv ma’lumotlaridan, bundan tashqari Moliya vazirligi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Markaziy Bank, Xalq Banki, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan aholiga hisoblangan daromadlar, ijtimoiy to‘lovlar va soliq to‘lovlari to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlardan foydalaniladi.




Download 133,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish