4
1-MAVZU.
O’ZBEKISTONDA AVTOMOBILSOZLIK SANOATINING
RIVOJLANISHI
Dars o’quv maqsadi:
Talabalarni avtomobil transportining respublikamizning iqtisodiyotdagi
o’rni, mamlakatimizning bu soxadagi erishgan yutuqlari va transport va avtomobil sanoati
istiqbollari.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Transport, avtomobil, ekologiya, engil avtomobil,
avtobus, GM O’zbekistonyuk avtobil
Reja
1.Mamlakatimiz transport tizimi va unda avtomobil transportining o`rni
2.Avtomobilsozlikning rivojlanishi.
3.Avtomobil va atrof-muhitni muhofazasi.
4.Avtomobillar tasnifi.
1.1.
Mamlakatimiz transport tizimi va unda avtomobil transportining o`rni
«UzDEUavto» qo’shma korxonasining asosiy konvеyеridan 1996 yilning 26 mart kuni
birinchi o’zbеk avtomobili «Damas» chiqdi va O’zbеkiston 28-bo’lib dunyodagi avtomobil
ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga qo’shildi. UzDEUavto zavodining samarali ishlashi uchun
uni ehtiyot qismlar bilan muntazam ravishda ta'minlab turish uchun bir nеchta qo’shma
korxonalar ishga tushirildi.
1996 yilning 8 mayida Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand
shahrida “SamKochAvto” qo’shma korxonasini tashkil etish to’g’risida bitim imzolandi. Ushbu
qo’shma korxona 1999 yili mart oyida ishga tushdi va avtobuslar hamda yuk avtomobillari
ishlab chiqara boshlandi.
2007 yildan boshlab Yaponiyaning “Isuzu” kompaniyasi bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi va
Isuzu avtobus va yuk avtomobillari, 2008 yilda “General Motors” kontserni bilan hamkorlikda
“GM Uzbekiston” kompaniyasi tashkil etildi, Chevrolet brendida engil avtomobillar, 2009 yilga
“JV MAN Avto-Uzbekistan” qo`shma korxonasi Samarqand shahrida ishga tushrilib, MAN
brendida yuk tashish avtomobillari va avtobuslarini, 2014 yilda Xorazmda Damas va Orlando,
2015 yilda Labo avtomobillari ishlab chiqarila boshlandi.
Toshkent shahrida silindrlari ish hajmi 1,2 va 1,5 litr bo’lgan dvigatellar ishlab chiqarila
boshlandi.
2015 yilda UzDaewooAvto va GM-Uzbekistan kompaniyalari o’rniga O’zbekistan milliy
avtomobilsozlik kompaniyasi –Ravon tashkil etildi. Engil avtomobillar Ravon brendi ostida
ishlab chiqarila boshlandi. Ravon R2 (Spark), Ravon R3 (Nexsiya) va Ravon R4 (Cobalt)
avtomobillarining prezentatsiyasi bo’lib o’tdi.
Mamlakatimizda avtomobillar uchun bamperlar, peshoyna va o’tirgichlar, yonilg’i baklari, fara
va yoritish priborlari, elektr simlari, akkumulyatorlar, g’ildirak disklari, yonilg’i nasoslari,
generatorlar, kompressorlar va boshqa butjamlovchi qismlar ishlab chiqaradigan ko’plab
korxonalar ishga tushirildi.
Transport vositalari asosan bеsh turga bo`linadi: havo transporti, tеmir yo`l transporti,
daryo transporti, quvur transporti va avtomobil transporti. Vatanimizning gеografik
joylashishi yuk va yo`lovchi tashishni ta'minlashning asosiy qismini avtomobil transportida
bajarilishini taqoza etadi. Rеspublikamiz xalq xo`jaligining barcha sohalaridagi iqtisodiy
o`zgarishlarda avtomobil transportining ahamiyati muhim. Avtomobil transporti korxonalarining
bajarayotgan ish hajmi oshmoqda va uning sifati tubdan yaxshilanmoqda.
O’ZBEKISTONDA ABTOMOBILSOZLIK SANOATINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
MUSTAQIL MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOT YO‘LIDAN SOBIT BORMOQDA. BU
YO‘LDAGI ILK G‘ALABALARIMIZDAN BIRI–MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTIDA
YANGI TARMOQ–AVTOMOBIL SANOATINING YARATILISHI BO‘LDI
ISLOM KARIMOV
5
Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 5 noyabrdagi 509-sonli qarori bilan O’zbekistonda Janubiy
Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda Andijon viloyatining
Asaka shahridagi avtomobil ishlab chiqaruvchi “O’zDEUavto” (hozirgi “Jeneral
motors–O’zbekiston”) qo’shma korxona tashkil etildi
Do'stlaringiz bilan baham: |