Tadqiqotning ob’ekti va predmeti sifatida Samarqand shahri tibbiyot muassasalarida yig’ilgan chiqindilarini o’rganish va baholash olingan .
Tadqiqotning maqsadi –Samarqand shahrida tibbiyot chiqindilarini atrof-muhitga ta’sirini o’rganish.
Tadqiqot vazifasi – tadqiqotning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni o’rganish qo’yildi :
- tibbiyot chiqindilari haqida umumiy ma’lumotlarga ega bo’lish ;
- tibbiyot chiqindilari guruhlarini aniqlash ;
- atrof-muhit ifloslanishining oldini olish ;
- tadqiqot o’tiladigan vaqtini va material yig’iladigan hududlari, hamda tibbiyot xonalarda bemorlar sonini aniqlash ;
- qayta ishlangan , zararsiz, zararli va yuqumli chiqindilarning umumiy hajmini va o’tkir inventarizatsiya uskunalarining og’irligini aniqlash .
Tadqiqot usullari Tadqiqot jarayonida nazariy, muammoga oid ilmiy, amaliy adabiyotlarni o’rganish, tibbiyot muassasalarda qiyosiy tahlil qilish usullaridan foydalanish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi – Ilk bor Samarqand shahrida viloyatning yerik kasalxonalari misolida tibbiyot chiqindilarining hosil bo’lishi va ularning atrof-muhitga ta’siri o’rganilgan.
Shaharda tibbiyot chiqindilarni hosil bo’lishi hajmi bo’yicha : birinchi o’rinda viloyat ko’p tarmoqli bolalar kasalxonasi, ikkinchi – viloyat zotiljam kasalxonasi va uchinchi – viloyat infeksion kasalxonasi ekanligi aniqlangan. Tibbiyot chiqindilarining atrof-muhitga va inson salomatligiga ta’sirini kamaytirish bo’yicha tavsiyalar berilgan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari
Samarqand shahridagi asosiy tibbiyot muassasalaridan chiqadigan chiqindilarni yig’ish va atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish choralarini ishlab chiqish.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati
Dissertatsiya Samarqand shahrida tibbiy chiqindilarning miqdorini o’rganish natijasida, eng ko’p chiqindi Samarqand shahridagi Viloyat ko’p tarmoqli bolalar shifoxonasi, zotiljamga qarshi kurashish bo’yicha viloyat kasalxonasi, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Viloyat ortopediya va jarohatlar shifoxonasi, Viloyat kardiologiya dispanseri va OITS mintaqaviy markazlaridan yig’ilgan tibbiyot chiqindilari hajmini ilk bor o’rgangan, ularning atrof-muhitga ta’sirini tahlil qilgan.
Tibbiy chiqindilarning miqdori yillar aro (2019-2022) oshib borganligini aniqlagan. 2020-yil 13-iyul Yevroittifoq va Fransiya taraqqiyot agentligi Samarqandda tibbiyot chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish loyihasi uchun 1,5 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratib, bu muammoga o’z hissasini qo’shgan.
Izlanuvchi tibbiyot muassasalarida, ko’p hosil bo’ladigan tibbiy chiqindilar hajmini o’rganish natijasida Samarqand viloyati va Samarqand shahrini ilk bor rayonlashtirgan.
Dissertant tomonidan tabiatda to’plangan tibbiy chiqindilarning qoldiqlarini atrof-muhitga va xususan inson salomatligiga ta’siri haqida olingan ma’lumotlar ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, epidemiologiya, sanitariya va gigiyena fanlaridan talaba va magistrlarga ma’ruza, amaliyot va seminar mashg’ulotlaridan saboq berishda foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |