2-ob’ekt. JOM’E MASJIDI
Masjid peshtoqi. Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan hozir ko‘hna Xivaning
Ichan Qal’a qismida joylashgan Jome’ masjidi qarshisida turibmiz. Ming yildan
ziyod tarixga ega bo‘lgan Jom’e masjidi o‘ziga xos qurilishi va hajmi bilan ajralib
turadi. Bu bino Ichan-qal’aning sharqiy va g‘arbiy darvozalarini birlashtiruvchi
yo‘l o‘rtasida joylashgan bo‘lib, bir qavatli tekis tomli qilib qurilgan. Masjidga
to‘rt tomondan ham kirish eshiklari o‘rnatilgan bo‘lib, uning bosh eshigi shimolga
qaratilgan ikki tavaqali darvozadir. Bu darvoza tavaqalariga arab tili, suls xatida
quyidagi hadis yozilgan:
Amallarning yaxshisi najot beruvchisidir,
Mol-mulkning yaxshisi kifoyat qiluvchisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |