Mahsulot siyosati - bozorda yangi mahsulot yoki
mahsulotlar guruhini chiqarish (innovatsiya), bozorda allaqachon
mavjud bo‘lgan mahsulotlarni modernizatsiya qilish (o‘zgartirish)
yoki ishlab chiqarilgan mahsulotni ishlab chiqarish dasturidan
chiqarish (yo‘q qilish), tadbirkorlik maqsadlarini belgilash va
unga erishish uchun yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va strategiyalar,
shuningdek, assortiment siyosati.
Maqsadli bozor - ma’lum bir mahsulot yoki xizmatni sotish
bozorini o‘rganish natijasida tanlangan, minimal marketing
xarajatlari bilan ajralib turadigan va kompaniyaga o‘z faoliyati
natijasining asosiy ulushini taqdim etadigan bozor (mahsulot yoki
xizmatni bozorga olib chiqish maqsadida foyda yoki boshqa
mezonlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |