tekin
tomoshabinlar
ham kiradi. Biroq ularning hozir bo‘lishi ommaviylikni oshiradi,
olomon stixiyasining odamlar xatti-harakatiga ta’sirini kuchaytiradi.
Demak, yuqorida ta’kidlanganidek, olomonning tasodifiy tarkibi – uning o‘ziga
xos psixologik xususiyatlaridan biri bo‘lib, buni guruhiy tartibbuzarliklarga qarshi
kurash choralarini ko‘rishda inobatga olmaslik mumkin emas.
Olomonning keyingi xususiyati odamlar
xatti-harakatining bir xilligini
belgilovchi
sotsial-psixologik hodisalarning o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi.
Ma’lumki, jamoada bir xildagi xatti-harakat ongli ravishda qo‘yilgan va barcha
e’tirof etgan hamda ijobiy sotsial ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarning umumiyligi
bilan ta’minlanadi. Olomon esa asosan odamlarning bunday umumiyligini norozilik
ob’yektiga qarshi qo‘yish evaziga yaratiladi. B.F.Porshnev ta’kidlaganidek, olomonni
uning «qarshiligi», «ularga» qarshiligi umumiylikka aylantiradi.
Olomonning keyingi xususiyati – bu
hissiy rezonans
deb atash mumkin
bo‘lgan o‘ziga xos sotsial psixologik hodisaning amal qilishi sanaladi. Guruhiy
tartibbuzarlikda ishtirok etuvchi odamlar nafaqat oddiygina bir-biri bilan yonma-yon
135
keladi, balki atrofdagilarni qo‘zg‘atadilar va o‘zlari ham ulardan ta’sirlanadilar. Bir
kishining olgan qo‘zg‘alishi, boshqasining idrok etish ob’yektiga aylanib, uning
qo‘zg‘alishini yanada kuchaytiradi va bu hol ong tomonidan nazorat qilinishi qiyin
bo‘lgan hissiy portlashgacha borishi mumkin.
Olomon sodir bo‘lgan voqea va hodisaga qarab,
quyidagi turlarga
bo‘linadi:
1)
to‘satdan yuzaga kelgan olomon;
2)
ekspressiv olomon;
3)
konvensial olomon;
4)
harakatdagi olomon.
To‘satdan yuzaga kelgan olomon
birdan to‘planadi, voqea-hodisaning
mohiyatini tushunishni xohlaydi.
Ekpressiv olomonga
to‘y-hasham, xudoyi va janozalardagi olomon, xalq kiradi.
Konvensial
olomonga
ommaviy
sport
tadbirlari,
masalan,
futbol
uchrashuvlariga yig‘ilgan odamlar kiradi. Ushbu toifadagi olomonning o‘ziga xosligi
shundaki, ko‘p hollarda ularning axloqi ma’lum qolipdan chiqib ketadi. Bu ularning
baqiriqlari, qayg‘urishlari, quvonganlarida ko‘rinadi.
Harakatdagi olomon
ko‘pincha qo‘zg‘olonchi-ashaddiy olomon deb ataladi.
Chunki olomon qo‘zg‘olon orqali o‘z niyatini amalga oshiradi. Ashaddiy olomon
hamma yoqni buzadi, sindiradi, o‘t yoqadi, bu bilan olomonning o‘zi ham vahimaga
tushadi. Bunga Donbasdagi shaxtyorlar harakatini, Bryansk va Brestdagi
o‘qituvchilar harakatini misol qilishimiz mumkin.
Olomon ham o‘z tarkibiga ega, masalan:
1)
adashib qo‘shilib qolgan shaxslar;
2)
ashaddiy harakatdagi tajovuzkor (fanatik) shaxslar;
3)
olomon harakatini qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslar;
4)
boshlovchilar (ya’ni, o‘t yoquvchilar).
Adashib qo‘shilib qolgan shaxslar,
ya’ni bunda ayrim shaxslar o‘zlari
bilmagan holda shu oqimga qo‘shilib ketadilar va olomonni to‘ldiradi.
Olomon tarkibidagi eng qo‘rqinchli shaxslar
ashaddiy harakatdagi tajovuzkor
(fanatik)
shaxslar bo‘lib, ular o‘z axloqini ko‘z-ko‘z qiladilar.
136
Olomon harakatini qo‘llab-quvvatlaydigan shaxslarning
olomon tarkibida
bevosita ishtiroki deyarli kamdan kam hollarda bo‘ladi.
Boshlovchilar (ya’ni, o‘t yoquvchilar)
olomonning axloqiy xatti-harakatini
izdan chiqaradi va bir yo‘nalishga qaratadi. Bunday shaxslar o‘zlari hech qanday
ishni amalga oshirmaydi, ishni boshlab keyin olomon orasidan qochadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |