O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat сhet tillar instituti



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/119
Sana27.02.2021
Hajmi1,62 Mb.
#60492
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119
Bog'liq
yosh fiziologiyasi fanidan maruzalar matni

Retikulyar formasiya. Orqa miyaning yuqorigi uchidan boshlab ko’rish burtakchalari  va 

gipotalamus  bilan  birgalikda  bir-biri  bilan  qalin  tolalar  o’rimi,  turli  tomonlarga  yo’nalgan 

miyaning  butun  tanasi  bo’ylab  turli  tip  va  shakldagi  neyronlardan  iborat  hosilalar  joylashgan. 

Mikroskop  ostida  bularning  hammasi  to’r  shaklida  ko’rinadi,  shu  sababdan  bu  hosilalarning 

hammasi  turli  yoki  retikulyar  formasiya  degan  nom  olgan.  Hozirda  odamlar  miyasi  tanasining 

retikulyar  formasiyasida  48  dan  ortiq  alohida-alohida  yadrolar  va  hujayralar  guruhi  aniqlanib, 

bajaradigan  vazifalari  qayd  qilingan.  Retikulyar  formasiyaning  tuzilmalari  qo’zg’atilganida 

hyech qanaqa ko’rinarli reaksiya kuzatilmaydi, faqat markaziy asab tizimining turli qismlaridagi 

qo’zg’aluvchanlik almashinadi. 

Retikulyar  formasiya  orqali  yuqoriga  ko’tariluvchi  markazga  intiluvchi  ham  pastga 

tushuvchi markazdan qochuvchi  yo’llar o’tadi. Ana shu joyda markaziy asab tizimining barcha 

qismlarini qo’zg’aluvchanligi boshqariladi va ularning o’zaro aloqasi ta’minlanadi. 

Retikulyar    formasiyaning  turli  qismlarini  jarohatlash  yoki  mikroelektrodlar  yordamida 

qo’zg’atishda va undan  chiqib ketayotgan nerv  yo’llarini kesish hisobiga  retikulyar formasiya 

pastga  tushuvchi  retikulo-spinal  yo’llar    bilan  orqa  miyaning  harakat  reaksiyalariga 

yengillashtiruvchi  yoki tormozlovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin ekanligini ko’rsatish imkoniyati 

tug’ildi.  Uning  faollashtiruvchi  va  tormozlovchi  samarasi  qo’zg’atuvchilarning  jadalligi  va 

davomiyligiga  bog’liq.  Dastlab  I.M.Sechenov  (1862)  baqaning    ko’rish  burtaklarini  ta’sirlash 

bilan,  so’ngra  Megun  (1946,1950)  miya  tanasining  retikulyar  formasiyasini  turli  qismlarini 

qo’zg’atish  hisobiga  ko’plab  orqa  miya  reflekslarini  tormozlanishini  ko’rsatdilar.  Retikulyar  

formasiyaning faollashtiruvchi ta’siri orqa miyaning yoyuvchi reflekslarini tezlashishi va skelet 

muskullarining qisqarishi bilan namoyon bo’ladi. 

Retikulyar formasiya yuqoriga ko’tariluvchi yo’llar bilan katta yarim sharlar po’stlog’iga, 

faollashtiruvchi  ta’sir  ko’rsatib,  uning  doimiy  hushyorligini  ta’minlaydi.  Juda  ko’plab  tadqiqot 

ishlari bilan miya tanasidagi retikulyar neyronlarning aksonlari, katta yarim sharlar po’stlog’iga 

yetib  boradi,  bundan  tashqari  bu  tolalarning  ko’pchiligi  po’stloqga  borish  yo’lida  -  talamusda 

uziladi,  ko’pchiligi  yuqoriga  ko’tariluvchi  retikulyar  faollashtiruvchi  tizim  hosil  qilib  to’g’ri 

po’stloqga  boradi.  O’z  navbatida  miya  tanasining  retikulyar  formasiyasi  katta    yarim  sharlar 

po’stlog’idan  keluvchi  tolalarni  oladi  va  undan  keluvchi  impulslar  retikulyar  formasiya 

faoliyatini boshqaradi. 




 

21 


Agar hayvon uxlayotgan yoki tinch holatda bo’lsa, retikulyar formasiya elektr toki bilan 

qo’zg’atilsa  unda  faollashuv  yuz  beradi  va  u  uyg’onadi.  Bu  paytda  elektroensefalogrammada 

past amplitudali tez-tez takrorlanuvchi ritmlar qayd qilinadi (chastotasi 13 Gs va yuqori). Agarda 

yuqoriga  ko’tariluvchi  retikulyar  yo’llar  shikastlansa,  faol  yoki  tinchlik  holatidagi  hayvonlarda 

elektrofaollikni  pasayishi  kuzatiladi,  hayvonlar  esa  chuqur  uyquga  ketadi.  Bunday  hayvonning 

elektroensefalogrammasida     chastotasi 4 Gs dan past bo’lgan ritmlar yuzaga keladi. 

Retikulyar  formasiya  adrenalin  va  asetilxolin  kabi  fiziologik  faol  moddalarga  yuqori 

sezuvchanlikga ega. 




Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish