Orqa miyaning rivojlanishi. Orqa miya boshqa miyalardan oldin rivojlanadi. Embrionda
bosh miya hali miya puffaklari bosqichida bo’lganida, orqa miya esa o’sha paytdayoq jiddiy
o’lchamlarga ega bo’ladi. Homila rivojlanishining turli bosqichlaridayoq orqa miya umurtqa
pog’onasining kanalini butunicha to’ldiradi. So’ngra, umurtqa pog’onasining ustuni o’sish
bo’yicha orqa miyaning o’sishidan ortib ketadi va tug’ilish paytida u bel umurtqalarining 3-
segmentida tamom bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolalarda orqa miyaning uzunligi 14-16 sm.ni
tashqari qilsa, 10 yoshga kelib esa u ikki marta uzayadi. Orqa miyaning yo’g’onlashishi juda
sekin amalga oshadi. Bolalar orqa miyasining ko’ndalang kesimida oldingi shoxlar keyingi
shoxlarga nisbatan ko’proq bo’ladi. Bolalarning orqa miyasidagi nerv hujayralarining ko’payishi
maktab yoshidagi bolalarda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |