3.Bolalar yuragining yoshga oid xususiyatlari Ma’lumki, yurak odamda qonni tomirlarga
xaydab beradigan va tinimsiz ravishda avtomamik tarzda urib turadigan organ hisoblanadi.
Yurak to’rt kamerali hisoblanadi ya’ni ikkita o’ng va chap bo’lmachalar xamda o’ng va chap
qorinchalardan iboratdir.Chaqaloq yuragining og’irligi 16-24 gr ga teng bo’lib,tana og’irligining
0,68-0,89 % ini tashkil qiladi. Katta yoshdagi odamlarda yurak erkaklarda 220-300 gr ga,
ayollarda 180-220 ga teng bo’lib,tana og’irligining 0,48-0,52 % ini tashkil etadi. Katta
odamlarda yurak bir daqiqada 70-72 marta ursa, chaqaloqlarda ancha yuqori ya’ni 120-140
martani tashkil etadi.Bolalarda yurakning o’sishi ikki yoshgacha ancha tez bo’ladi, ikki yoshdan
keyin esa sekinlashadi. Bolalar yurak qon- tomir tizimi o’sish va rivojlanish davrida
neyrogumoral tizim tomonidan boshqarilib boriladi.Puls- Yurakning qisqarish chastotasi ya’ni
puls chaqaloq tug’ilgan kunida bir daqiqada 140 marta, 2-3 oyligidan boshlab, 127 marta, bir
yoshdan boshlab, 2 yoshgacha 120 marta, 2-4 yoshgacha 115 marta, 5 yoshda-100 marta, 7-10
yoshda 85-75 marta va nixoyat 14 yoshdan boshlab esa kattalarnikiga tenglashadi ya’ni 70-72
martaga etadi.
4.Qon aylanish tizimi Yurak va qon tomirlari faoliyatlari tufayli qonning aylanishi bajariladi.
Tomirlar tizimi ikkita katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat bo’ladi. Kata qon aylanish
doirasi yurakning chap qorinchasidan,qonni eng yirik qon tomiri-aortaga chiqarilishi bilan
boshlanadi.Qon aortadan chiqib juda mayda kapillyar qon tomirlariga aylanib yurakning o’ng
bo’lmachasiga kelib qo’yilishi katta qon aylanish doirasi deyiladi. Katta qon aylanish
doirasining vazifasi burun bo’shlig’i orqali tashqi muhitdan qabul qilingan xavoqon orqali
barcha organ va to’qimalarga tashilib, etkazilib beriladi ya’ni to’qima va hujayralar kislorod
bilan ta’minlanadi.O’z navbatida to’qima va organlardagi moddalar almashinuvi natijasida
hosil bo’lgan zaharli,qoldiq gazlar katta qon aylanish doirasi orqali yurakning o’ng bo’lmasiga
olib kelinadi.
Kichik qon aylanish doirasi –yurakning o’ng qorinchasidan boshlanib,o’pka arteriyasi deb
nomlanadigan qon tomiri orqali ikkala o’pkaga boradi.O’pkada mayda qon tomirlari orqali
zaxarli gazlar tashqariga chiqarib yuboriladi va kislorodga to’yingan toza qon tomirlarga
o’tadi.O’pkada toza qonga aylangan qon o’pka venalari nomli qon tomirlari orqali yurakning
chap bo’lmasiga kelib quyiladi va shu tariqa qon aylanish tizimi tinimsiz ravishda tanada
aylanib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |