MALAKAVIY O’QUV AMALIYOTNI O’TKAZISHGA QO’YILADIGAN ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALAR
Malakaviy o’quv amaliyotining maqsad va vazifalari. O’quv amaliyoti talabalarning ixtisoslik fanlari bo’yicha olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llay olish malaka va ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda, ularning axboriy madaniyatini rivojlantirishda ham muhim rol o’ynaydi.
Malakaviy o‘quv amaliyotini o‘tkazishdan maqsad – talabalarda elektron o‘quv materiallarini yaratishda foydalaniladigan dasturlarga oid olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
O‘quv amaliyotinining vazifalari:
bo‘lajak mutaxassislarda avvalgi bosqichlarda egallagan nazariy bilimlar asosida amaliy masalalar yechish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
elektron o‘quv materiallari yaratishda foydalaniladigan dasturlarda ishlash, bu dasturlardan foydalanib, elektron o‘quv materiallari yaratish malaka va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash;
informatikaning dasturiy vositalari imkoniyatlarini va ulardan foydalanib turli o‘quv materiallari yaratishni o‘rgatishdan iborat.
Talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar:
Malakaviy o‘quv amaliyotni o‘tkazish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- ta’limda axborot texnologiyalari imkoniyatlari, elektron axborot resurslari tushunchalari va ularni yaratish haqida, ta’lim jarayonida foydalaniladigan elektron o‘quv materiallarga oid asosiy tushunchalar, elektron adabiyot turlari, elektron pedagogikaning dasturiy ta’minoti, uning ahamiyati va o‘rni, dasturiy vositalardan foydalangan holda elektron o‘quv materiallar yaratish usullari, shakllarini, tamoyillarini bilishlari kerak;
- ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning dasturiy ta’minotining ishlash va faoliyat ko‘rsatish tamoyilarini, ularning turlarini ajrata bilishni, elektron o‘quv materiallari yaratishda foydalaniladigan dasturlar bilan, jumladan, uslubiy materiallar tayyorlashda qo‘llaniluvchi dasturlar bilan, mulьtimediali o‘quv resurslar yaratishda foydalaniluvchi dasturlar bilan, elektron nazorat testlarini yaratuvchi dasturlar bilan, elektron o‘quv adabiyotlari yaratuvchi dasturlar bilan ishlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari kerak;
- kasbiy faoliyatida zarur bo‘lgan zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, elektron o‘quv materiallari yaratishda foydalaniladigan dasturlar bilan, jumladan, uslubiy materillar tayyorlashda qo‘llaniluvchi dasturlar bilan, multimediali o‘quv resurslar yaratisda foydalaniluvchi dasturlar bilan, elektron nazorat testlarini yaratuvchi dasturlar bilan, elektron o‘quv adabiyotlar yaratuvchi dasturlar bilan ishlash malakalariga ega bo‘lishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |