O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida udk 51.(076). 62. Suropov Bahodir Maydonovichning korxona hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishni avtomatlashtirishda axborot- kommunikatsiya


III.BOB. DASTURDAN FOYDALANISHDA OLINGAN NATIJALAR TAHLILI



Download 3,91 Mb.
bet22/31
Sana10.07.2021
Hajmi3,91 Mb.
#114299
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
korxona hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishni avtomatlashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish (3)

III.BOB. DASTURDAN FOYDALANISHDA OLINGAN NATIJALAR TAHLILI

3.1.Dasturdan foydalanib tayyorlangan hisobotlarni tahlili
Soliq to‘lovchi - soliq hisobotini jo‘natuvchi; yuridik shaxslardir.
Soliq hisobotini qabul qiluvchi - Soliq hisobotini qabul qiluvchi va ularga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlarning inspektorlari.
Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etish soliq to‘lovchining xoxishiga ko‘ra va unda zarur apparat vositalari, shuningdek mos keladigan dasturiy ta’minot mavjud bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin.

 Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etmaydigan soliq to‘lovchilar uchun soliq hisobotini qog‘ozda taqdim etish tartibi saqlanib qoladi. Bunda soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etayotgan soliq to‘lovchi, soliq organlariga ushbu hisobotining nusxasini qog‘ozda taqdim etmasdan, keyingi nazorat uchun qog‘ozdagi nusxalarini tayyorlashi va o‘zida tikib qo‘yishi shart.

Qog‘oz ko‘rinishdagi soliq hisobotlariga imzo chekuvchi vakolatli shaxs, elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotlariga ham imzo chekish vakolatiga ega bo‘lib, shu shaxs ERI kalitining egasi hisoblanadi.

Vakolatli shaxs tomonidan imzo chekilmagan elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotlari qabul qilinishi mumkin emas.

Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etishda apparat vositalar, shuningdek unga mos dasturiy ta’minot:


  • soliq to‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati organiga jo‘natish uchun soliq hisobotini elektron ko‘rinishda shakllantirish;
    axborotni kriptografik muxofaza qilish vositalaridan foydalangan holda soliq hisobotini elektron ko‘rinishda jo‘natishda shifrlash va qabul qilib olishda shifrdan yechish;

  • axborotni uzatishda elektron raqamli imzoni shakllantirish va uni qabul qilib olishda elektron raqamli imzo vositalari yordamida tekshirish;

  • elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotini magnit (elektron, optik) manbalarda hamda telekommunikatsiya kanallari orqali jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etishga:
soliq hisobotining majburiy rekvizitlari mavjud bo‘lganda;

  • elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotlarida elektron raqamli imzo mavjud bo‘lganda;

  • soliq hisobotidagi ma’lumotlarda xatoliklar mavjud bo‘lmaganda ruxsat beriladi.

Elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotidagi axborotlarni muhofaza qilish maqsadida, axborotni uzatishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari axborotni kriptografik muxofaza qilish vositalarini qo‘llaydilar.

Soliq to‘lovchilar soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etganda davlat soliq xizmati organlarining dasturiy-apparat vositalari soliq hisobotini avtomatik tarzda qabul qilinishini yoki soliq hisoboti noto‘g‘ri tuzilganligi yoki unda xatoliklar mavjudligi sababli qaytarilishini ta’minlaydi.

Soliq hisobotining noto‘g‘ri tuzilganligi yoki unda xatoliklar mavjudligi sababli qaytirilgan holatda soliq organlari soliq to‘lovchiga bu haqda elektron ko‘rinishda xabar beradi.

Soliq to‘lovchilar belgilangan tartibda soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etganda, soliq to‘lovchi va davlat soliq xizmati organlari qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda elektron ko‘rinishda saqlanishini ta’minlaydilar.

Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda saqlash vaqtida elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan soliq hisobotining qog‘oz nusxalarini berish va ulardan foydalana olish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.

Soliq hisobotining elektron ko‘rinishda saqlanish muddatlari qog‘ozdagi hisobotlar uchun o‘rnatilgan muddatlardan kam bo‘lmasligi lozim.

Elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining soliq hisobotini
taqdim etishdagi o‘zaro munosabatlari

Soliq to‘lovchi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq hisobotini elektron ko‘rinishda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadi.

Elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotini qabul qilib olish vaqtida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining dasturiy-apparat vositalari mazkur hisobotni qabul qilib olganligi to‘g‘risida, qabul qilib olingan sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda, avtomatik tarzda tasdiqlanishni ta’minlaydi.

Soliq hisoboti almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda taqdim etilgan holatda, soliq organlari soliq hisobotini qabul qilib olganligini tasdiqlovchi hujjatni qog‘ozda taqdim etishadi.

Elektron ko‘rinishdagi soliq hisoboti, agar u bevosita soliq to‘lovchi tomonidan jo‘natilgan bo‘lsa, jo‘natilgan deb hisoblanadi.

Elektron ko‘rinishdagi soliq hisoboti jo‘natuvchisining elektron manzilidan jo‘natish sanasi va vaqti soliq hisobotini qabul qilib oluvchisining elektron manzilidan qabul olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma kelganda soliq hisobotini taqdim etish sanasi va vaqti hisoblanadi.

Elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotini qabul qilib oluvchisining elektron manziliga soliq hisoboti kelib tushgan sana va vaqt elektron ko‘rinishdagi soliq hisoboti qabul qilib olingan sana va vaqt hisoblanadi.

Elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotini jo‘natish va qabul qilib olish sanasi va vaqti O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining dasturiy-apparat vositalari orqali avtomatik tarzda qayd qilinadi.

Elektron ko‘rinishdagi soliq hisoboti almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda taqdim etilgan holatda, soliq hisobotini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbadan qabul qilib oluvchining elektron manziliga o‘tkazish sanasi va vaqti soliq hisobotini qabul qilib olish sanasi va vaqti hisoblanadi.
Soliq hisobotini jo‘natishda axborotni kriptografik muxofaza qilish vositasi va elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari

Elektron raqamli imzo vositalari va axborotni kriptografik muxofaza qilish vositalarini tarqatish va hisobga olish O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda, Ro‘yxatga olish markazi litsenziyasiga amal qilish shartlariga hamda elektron raqamli imzo vositalari va axborotni kriptografik muxofaza qilish vositalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar texnik hujjatlari talablaridan kelib chiqib, Ro‘yxatga olish markazi yoki uning joylardagi hamkorlari (agentlari) tomonidan tashkil etiladi.

Axborotni kriptografik muxofaza qilish vositalarini olish, uzatish va foydalanishga faqat elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining egasiga ruxsat beriladi.

Elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining javobgarligi


Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etuvchi soliq to‘lovchi soliq hisobotidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida, to‘la va ishonchli taqdim etilishiga javobgar hisoblanadi.

Soliq hisobotini qabul qiluvchi va unga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari keyingi foydalanish uchun qabul qilinib olinayotgan axborotga o‘z vaqtida ishlov berilishiga shaxsan javobgardirlar.

Shunday qilib soliq hisobotini jo‘natishda axborotni kriptografik muxofazasi ta’minlashda elektron raqamli imzodan foydalaniladi va elektron xujjat aylanishi tashkil yetiladi.


  1. “Iqbol Porloq Trans” kichik korxonasida quyidagicha soliq turlarini to‘lash majburiy hisoblanadi. Ular:

  2. Yuridik shaxslardan korxonada jismoniy shaxslarni mexnatidan foydalanganlik uchun (15%) li yagona ijtimoiy to‘lov (YAIT) ning Davlat soliq idoralariga hisoboti quyidagicha amalga oshiriladi.

  3. Kichik korxona uchun yuridik shaxslardan tomonidan 6 % yagona soliq.

  4. Oylik maosh uchun daromad solig’i va b.

3.3.1-расм. hisobot.soliq.uz (otchet.uz) saytini ko‘rish.




  1. Qadam . INN deb yozilgan maydonga korxonaning INN raqami yoziladi. Bu raqam 9 ta raqamdan iborat bo‘ladi.

  2. Qadam. Parol deb yozilgan maydonga korxonaning maxfiy paroli yoziladi misol uchun “trans”, “hisobchi” .

“INN” va “Parol” maydonlari yozilgandan so‘ng “Voyti” tugmasi bosiladi. Soliq xisobotlarini topshirish oynasi aks etadi.

3.1.2-расм. Soliq xisobotlarini topshirish oynasi

Endi biz menyular qatoridagi buyruqlar nima vazifalarni bajarishini ko‘rib chiqamiz.


  • “Главная (asosiy)” – e-hisobot.soliq.uz saytining asosiy oynasi hisoblanib, dasturga kirish va ish boshlash shu joydan boshlanadi.

  • “Информация (ma’lumot)” – bu menyu orqali shaxsiy hisob varaqa, kordinatsion reja jadvali, solishtirma dalolatnoma, va imtiyozlar haqida ma’lumot olish mumkin.

  • “ЭФО (elektron hisobot)” – hisobot shakllari va hisobotlarni ro‘yhaiga olish haqida ma’lumotlar mavjud.

  • “Сервис (hizmatlar)” – bu bandda foydalanuvchi rekvizitlarini o‘zgartirish, parolni o‘zartirish, elektron manzil berish kabi amallarni bajaradi.

  • “Korxonaning INN raqami” – Homaki hisobotlar, qancha xisobotlar jo‘natilgani, rad etilgani, tasdiqlanmagan hisobotlar, jo‘natilgan hisobotlar, va qabul qilingan hisobotlar haqida bilib olish mumkin.

  • “Платежки (TT ro‘yhati)” – Homaki TT, ma’lumotlarni yangilash kabi amallar bajariladi.

  • “Свединя о Контрагенте (O‘zaro shartnoma tuzgan tomonlarning har biri xakida ma’lumot)” – Agentning ma’lumotlarini ko‘rish mumkin.

  • “Инструкция (Qo‘llanma)” – ushbu bandda elektron hisobotlarni jo‘natish algoritm ketma-ketligi haqida ma’lumot olish mumkin.

Biz hisobot jo‘natishimiz uchun “ЭФО (elektron hisobot)” dan hisobot shakllari bandini tanlaymiz.

3.1.3-расм. Hisobotlarni jo‘natish sohasiga kirish.



3.1.4-расм. Soliq hisobotlarini topshirishning asosiy bandi.


Bu bandni tanlaganimizdan so‘ng qanday hisoblarni topshirish kerakligi va qaysi hisobotni tanlash kerakligini tanlasak kifoya.

3.1.5-расм. Soliq hisobotlarining ko‘rinishi.

Bu yerda quyidagi soliq hisobotlari mavjud.


  1. Qo’shilgan qiymat soligi

  2. Yagona soliq to’lovi

  3. Foyda soligi

  4. Mol-mulk soligi

  5. Yer solig’i

  6. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun solik hisob – kitobi

  7. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun solik

  8. Aksiz solig’i

  9. Trans-t vositalariga benzin,diz yokilgisi va gaz ishlatganlik uchun solik

  10. Davlat boji tushumlari bo‘yicha

  11. Faoliyatning ayrim turlari b-n shugullanuvchi kat’iy belgilangan soliq to‘lov

  12. Yuqori daromad uchun soliq

  13. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

  14. Soliqlar, bojhona va byudjetga majburiy to’lovlardan ozod etish.

Biz o‘rganayotgan kichik korxona yagona soliq hisobotlarini topshirishi kerakligi uchun avvalo “Yagona soliq to’lovi” bandini tanlaymiz.

3.1.6-rasm. Yagona soliq to‘lovi hisob-kitobi (choraklik xisoblanadi) bandi


Bu bandni tanlaganimizdan so‘ng, bizga tayyor bug‘alteriya hisobotini yurituvchi blankalar ekranda aks etadi.

3.1.7-rasm. Buxgalteriya hisobotini yurituvchi blankasi.

Foydalanuvchi bu blankalarni to‘ldirib chiqadi. Bu blankalar MS Excel tuzilgan bo‘lib, raqamlarni kiritish jarayonida, uzi avtomatik ravishda hisob –kitob qilib chiqaradi.

3.1.8-rasm. To‘ldirilgan blanka


Blankalar to‘ldirilgach, “Saqlash” , yoki “Jo‘natishga tayyorlash” tugmasi bosiladi, agar “Saqlash” tugmasini bossak, foydalanuvchi to‘ldirgan blanka “Homaki hisobotlar” to‘planadigan ba’zaga borib tushadi (9-rasm). Bu ba’zaga borib tushgan homaki hisobotlarni foydalanuvchi o‘zgartirishi, nusxa olishi va o‘chirib tashlashi mumkin.

Agar to‘ldirilgan blankalar to‘g‘riligiga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng “Jo‘natishga tayyorlash” tugmasini bosamiz va jo‘natib yuboramiz.



3.1.9-rasm. “Homaki hisobotlar” to‘planadigan ba’za


To‘ldirilgan blankalar Davlat soliq inspeksiyalari ma’lumotlar ba’zasiga borib tushadi va ular mavjud dastur bilan solishtirilib, tayyorlangan hisobotga xatolik mavjud bo‘lsa, xatolik haqida xabar keladi. Buning uchun hisobot jo‘natgan mas’ul shaxs “Rad etilgan hisobotlar” bandini ochib ko‘radi (10-rasm).

3.1.10- rasm. “Rad etilgan hisobotlar” oynasi.

Tayyorlangan hisobotlar qayta ko‘rib chiqiladi, xatoliklar to‘g‘rilanadi va yana qaytadan jo‘natiladi, toki “Rad etilgan hisobotlar” ba’zasiga kelib tushmaguncha.

Tayyorlanib jo‘natilgan hisobotlar, DSI ma’lumotlar ba’zasi bilan solishtirilganda to‘g‘ri ekpnligi tasdiqlansa, “Qabul qilingan hisobotlar” ba’zasida aks etib turadi.



3.1.11-rasm. “Qabul qilingan hisobotlar” oynasi.



Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish