nafas oldirish bilan birga yurakni tashqi yopiq massaj qilish zarur. Shikastlangan kishiga qattiq o‘ringa
(pol, stol, kushetka) ga chalqancha yotqiziladi. Chap qo‘l kafti pasti qovurg‘alar uchrashgan nuqtadan
ikki enlik, o‘ng qo‘l kafti birinchisining ustiga perpendikulyar holda qo‘yiladi, qo‘llar tirsak
bo‘g‘imlarida yozilgan bo‘lishi kerak. Yordam beruvchi bor kuchi bilan ko‘krak qafasini ezadi. Bu
harakat minutiga 50-60 martadan qilinadi. To’sh suyagini bosilganda u 3-4 sm ga umurtqa pog‘onasi
tomon eziladi. Bunda yurak qisiladi va qonni arteriya-larga haydaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: